Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lash tartibi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

448-modda. Soliq to‘lash tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘laydi, bundan
qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali


amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar,
shuningdek dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki)
daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk
obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno.
(448-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining
20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan
e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq
organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan
soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi
to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida
yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati
yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
(448-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismiga
 muvofiq hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni
tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar
mustasno) — har oyning 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir
qismi miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni
tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar,
shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining
to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
Soliq davri davomida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgarganda, soliq to‘lovchi soliq
summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining
qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish
kiritiladi.
Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda soliqni to‘lash soliq to‘lovchilar
tomonidan, bundan dehqon xo‘jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida,
soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi
lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq
organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda
qaytadan hisob-kitob qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni to‘lash quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1-oktabrga qadar — soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va
(yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk
obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq
davridan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(448-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuniga 
asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.



Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling