Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
LexUZ sharhi
483-moddaning o‘ttiz birinchi — o‘ttiz uchinchi qismlari 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi: bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa; poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa. Belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflov materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. LexUZ sharhi 483-modda o‘ttiz to‘rtinchi va o‘ttiz beshinchi qismlarining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarning reyestriga kiritilgan hududlarda xodimlarining umumiy soni 10 nafardan kam bo‘lmagan hamda u erda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan kichik tadbirkorlik subyektlari o‘zida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi. (483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuniga asosan yigirmanchi — o‘ttiz oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022- y., 03/22/785/0679-son — ushbu moddaning o‘ttiz oltinchi qismi 2022-yil 1-sentabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.) Oldingi tahrirga qarang. Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan ijtimoiy soliq mustasno. (483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan o‘ttiz yettinchi va o‘ttiz sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) 2023-yil 1- yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda: foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi; ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘laydi. Agar soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘ttiz to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga qo‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling