Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni istisno etadigan holatlar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

98-modda. Soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirishni istisno etadigan holatlar
Agar manfaatdor shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi
bajarilayotgan bo‘lsa, soliqni to‘lash muddati o‘zgartirilishi mumkin emas:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) agar ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish
qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
(98-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) ushbu shaxs bunday o‘zgartirishdan soliq solinishi lozim bo‘lgan o‘z pul mablag‘larini
yoki boshqa mol-mulkini yashirish uchun foydalanishini yoki ushbu shaxs doimiy yashash uchun
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishini taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar
mavjud bo‘lsa;
3) ushbu shaxs soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bergan kundan oldingi
uch yil mobaynida ushbu Kodeksning 
99-moddasida
 ko‘rsatilgan organ tomonidan soliq to‘lash
muddatini tegishli o‘zgartirish shartlari buzilganligi munosabati bilan ilgari berilgan kechiktirish
yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
99-moddasi
.
4) bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
5) shaxs ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 
3 -bandi
bo‘yicha yuqori
darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan bo‘lsa.
(98-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli
Qonuniga 
asosan 5-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y.,
03/21/741/1219-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan shartlar ushbu Kodeks 99-moddasining
ikkinchi qismida
 nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq
to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin emas, qabul qilingan qaror
esa bekor qilinishi lozim.
Qabul qilingan qaror bekor qilingani to‘g‘risida manfaatdor shaxs va ushbu shaxs hisobda
turgan joydagi soliq organi uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi. Manfaatdor
shaxs bunday qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘iga nisbatan soliq
to‘lash muddatini o‘zgartirish amalga oshirilmaydi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling