Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

127-modda. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
Hisobga olishda har bir soliq to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasining butun hududida
yagona bo‘lgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob ma’lumotlari
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 126-moddasining 
to‘rtinchi qismida
 ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy
identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi.
(127-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Soliq to‘lovchiga identifikatsiya raqamini berish, qo‘llash hamda uni o‘zgartirish tartibi va
shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida 
nizom
.
Soliq organi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha
hujjatlarda ko‘rsatadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Har bir soliq to‘lovchi o‘zining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini soliq
hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar
ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qonunchilikda nazarda tutilgan
boshqa hollarda ko‘rsatadi.
(127-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy ko‘rsatiladi:
faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarda;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va
mehnat shartnomalarida;
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini
belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv
hujjatlarida;
pul, hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.
(127-modda beshinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling