Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ovoz berish
natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki
taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga o‘tgan kundan e’tiboran bir yil ichida jamiyat
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha ishtirokchilari
o‘rtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda
taqsimlanishi yoxud jamiyatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu
jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi hamda to‘liq to‘lanishi
kerak. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondini
(ustav kapitalini) tegishlicha kamaytirgan holda to‘lanishi kerak. Ulushni jamiyat
ishtirokchilarining ulushlari miqdorlari o‘zgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish,
ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bog‘liq o‘zgartishlarni
jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning
barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan, jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan
o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda esa, jamiyat
tomonidan sotilgan ulushning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ham yuridik shaxslarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga jamiyat ishtirokchilari ulushlarining haqini to‘lash
yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida taqdim etilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: