Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyatga qarashli ulushlar


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

23-modda. Jamiyatga qarashli ulushlar

Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ovoz berish

natijalarini  aniqlash,  shuningdek  jamiyat  tugatilgan  taqdirda  uning  foydasi  va  mol-mulki

taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.

Jamiyatga  qarashli  ulush  u  jamiyatga  o‘tgan  kundan  e’tiboran  bir  yil  ichida  jamiyat

ishtirokchilari  umumiy  yig‘ilishining  qaroriga  binoan  jamiyatning  barcha  ishtirokchilari




o‘rtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda

taqsimlanishi  yoxud  jamiyatning  barcha  yoki  ayrim  ishtirokchilariga  va  (yoki),  agar  bu

jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi hamda to‘liq to‘lanishi

kerak.  Ulushning  taqsimlanmagan  yoki  sotilmagan  qismining  haqi  jamiyatning  ustav  fondini

(ustav  kapitalini)  tegishlicha  kamaytirgan  holda  to‘lanishi  kerak.  Ulushni  jamiyat

ishtirokchilarining  ulushlari  miqdorlari  o‘zgaradigan  tarzda  jamiyat  ishtirokchilariga  sotish,

ulushni  uchinchi  shaxslarga  sotish,  shuningdek  ulushni  sotish  bilan  bog‘liq  o‘zgartishlarni

jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning

barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.

Ushbu  moddada  nazarda  tutilgan,  jamiyatning  ta’sis  hujjatlariga  kiritilgan

o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda esa, jamiyat

tomonidan sotilgan ulushning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ham yuridik shaxslarni

davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazuvchi  organga  jamiyat  ishtirokchilari  ulushlarining  haqini  to‘lash

yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida

qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida taqdim etilishi shart.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling