Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari


-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish


Download 54.16 Kb.
bet10/17
Sana19.04.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1364324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI

15-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv ishlari uchun foydalanish
Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bu ishlarni hamma yerlarda yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda amalga oshirishlari mumkin.
Sug‘oriladigan haydov yerlarda, bog‘larda, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlarda, tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, birinchi guruh o‘rmonlari bilan qoplangan yerlarda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, dam olish va tarix-madaniyat obyektlari bo‘lgan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomani tegishli suratda hokimiyatning viloyat idoralari, boshqa yerlarda esa hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari uzog‘i bilan bir yilga beradilar.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Qidiruv ishlarini olib boruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga o‘z hisoblaridan keltirishga va yer egalariga hamda yerdan foydalanuvchilarga topshirishga, yerlar, ekinlar, dov-daraxtlar, o‘rmonlar, suvlar va boshqa tabiat obyektlarining, suv va gaz quvurlari, kanalizatsiya, melioratsiya sistemalari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash uchun choralar ko‘rishga, shuningdek yerlarni vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga keltirilgan zararni, shu jumladan qo‘lga kirmay qolgan foydani xam to‘lashga majburdirlar.
16-modda. Yer solig‘i va yer uchun ijara haqi
O‘z mulkida, egaligida, foydalanishida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘laydilar, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. O‘zini o‘zi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat idoralari yerni ijaraga bergan hollarda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u yer solig‘i stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
(16-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadilar:
1) Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tarix va madaniyat yodgorliklari;
2) buzilgan yoki qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni egalikka yoki foydalanishga olgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kollektivlar va fuqarolar besh yil mobaynida;
(16-modda to‘rtinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
3) Dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida;
4) qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yo‘llar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport muassasalari,dam olish va sog‘lomlashtirish inshootlari, gidrometeorologiya stansiyalari va postlari egaligidagi hamda foydalanishidagi yerlar — bu tashkilotlarga yordamchi qishloq xo‘jalik ishlari olib borish uchun berib qo‘yilgan yerlardan tashqari
5) kam sonli xalqlar va etnik guruhlar istiqomat qiladigan va xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan joylardagi an’anaviy kasblar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
6) suv manbalari, kanallar va kollektorlardan foydalanuvchi suv xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;
7) Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaxslar, I va II darajadagi mehnat nogironlari, I va II darajaga oid ko‘zi ojiz nogironlar va harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan ishlab turgan nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar, bolaligidan nogironlar;
8) boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan hollarda.
Yer uchun to‘lovlar qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tegishli tuman va shahar idoralari budjetlariga tushadi. To‘lovlarning bir qismi respublika ( avtonom respublika) tadbirlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi budjetida markazlashtiriladi.
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yer uchun to‘lovlar birinchi navbatda yerlarni muhofaza qilishga, ularning sifatini oshirishga, yer egalarini va yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni ana shu tadbirlarni amalga oshirganlik uchun moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek yer tuzish ishlariga va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.
Soliq solish tartibi va miqdori, umumiy summadagi to‘lovlarning markazlashtiriladigan ulushi, yer uchun haq undirib olishdagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.

Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling