Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari


-modda. Yerdan foydalanuvchilarning huquqlari va burchlari


Download 54.16 Kb.
bet12/17
Sana19.04.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1364324
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI

18-modda. Yerdan foydalanuvchilarning huquqlari va burchlari
Yerdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerni berish shartlariga muvofiq undan foydalanish;
2) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonlar, suv obyektlaridan belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
3) yer bergan o‘zini o‘zi boshqaruv idorasi va hokimiyat idorasining roziligi bilan uy-joy, ishlab chiqarish imoratlari, madaniy-maishiy binolar va boshqa inshootlar qurish;
(18-modda birinchi qismining uchinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
4) yerdan foydalanish to‘xtatilgan taqdirda yerni yaxshilash uchun o‘z hisobidan sarflangan mablag‘ni undirish;
5) qishloq xo‘jalik ekinzorlari, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni sotishdan kelgan daromadga egalik qilish;
6) Yer uchastkasini yoki uning bir qismini hokimiyat mahalliy idoralarining qaroriga binoan vaqtincha foydalanish uchun berish;
7) Qishloq xo‘jalik ekinlarini, daraxt va butalarni sug‘orish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish.
(18-moddaning 6 va 7-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)
Yerdan foydalanuvchilar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan uni berish chog‘ida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va shartlarga muvofiq foydalanishni ta’minlash;
2) o‘ziga berilgan yerdan samarali foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyasini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologiya vaziyati yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
3) ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turish;
5) yer egalarining, yerdan foydalanuvchi boshqa kishilarning, shu jumladan ijarachilarning huquqlarini buzmaslik;
6) foydali qazilma konlarini kavlash uchun, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xo‘jaligi, o‘rmon yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan, hollarda esa — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun o‘z hisobidan yaroqli holatga keltirish;
7) foydali qazilma konlarini kavlash chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan tashqarida qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini nazarda tutish va amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer egalari va yerdan foydalanuvchilar boshqa burchlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Davlat, xo‘jalik va boshqa idoralar hamda tashkilotlarning yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan hollar bundan mustasnodir.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquqlari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardagina tabiatni hamda injenerlik kommunikatsiyalarini muhofaza qilish va boshqa yer egalarining hamda yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning manfaatlarini, shuningdek fuqarolarning xavfsizligini ko‘zlabgina cheklanishi mumkin.
Yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish orqali yetkazilgan zarar to‘la hajmda qoplanishi kerak.
Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni, agar tomonlarning biri fuqaro bo‘lsa, — sud ko‘rib chiqadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni esa xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi.
(18-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)

Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling