19-modda. Yer uchastkalariga mulkdorlik va yerga egalik huquqining kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan yer uchastkalari ularning xohishiga ko‘ra hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari tomonidan avvalgi yeriga teng qiymatli yer uchastkalari ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yangi joyda olib qo‘yilayotganining o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlarni to‘la hajmda to‘laganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.
Kolxozlar, sovxozlar, qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot muassasalari va o‘quv xo‘jaliklarining, boshqa davlat, kooperativ, jamoat qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining yerlari ularning xohishiga ko‘ra olib qo‘yilgan imoratlar o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar to‘la hajmda to‘langanidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi yer uchastkalari bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mulkdorni kamida bir yil oldin ogoh etib, bozor narxida sotib olinishi mumkin.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING YERGA EGALIK QILIShI VA YERDAN FOYDALANIShI
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yerga egalik qilishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
shaxsiy yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun;
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun;
yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun;
kollektiv bog‘dorchilik va uzumchilik uchun;
an’anaviy xalq hunarmandchiligi uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan tarzda egalik qilish uchun yer uchastkasini olish va kim oshdi asosida sotib olish huquqiga egadirlar.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa maqsadlarda egalik qilish uchun ham yer uchastkalari berish ko‘zda tutilishi mumkin.
Uy-joyga, chorboqqa nisbatan egalik huquqi fuqaroga o‘tgan (sotib olingan, xususiylashtirilgan, hadya qilingan yoxud merosga qolgan) taqdirda ana shu imoratlarga bo‘lgan egalik huquqi bilan birga ushbu imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik huquqi ham unga o‘tadi.
(201-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |