Umumiy qoidalar


XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/34
Sana18.10.2020
Hajmi1.96 Mb.
#134244
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi


XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
175-modda. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Naf  keltirmasligi  ayon  bo‘lgan  bitimni  tuzish,  shu  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  ilgari
foydalanilgan,  jisman  ishlatib  bo‘lingan,  ma’naviy  eskirgan  yoki  zamon  talablariga  javob  bermaydigan  asbob-
2

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
88/183
uskunani  yoxud  texnologiyalarni  olib  kirishga,  shuningdek  ularni  o‘rnatish  va  joriy  etishga  olib  kelgan  bitimni
tuzish,  respublika  manfaatlariga  ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazgan  bo‘lsa,  xuddi  shuningdek  bunday  bitim
tuzilishiga  sabab  bo‘lgan  ekspert  xulosasini  yoki  boshqa  hujjatni  vakolatli  davlat  organining  yoki  boshqa
tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  uch  yuz  baravaridan  besh  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki
muayyan  huquqdan  mahrum  etilgan  holda  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  uch  yildan  besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(175-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod etiladi.
(175-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda  —
O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining
171 -moddasi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-
sonli  “Iqtisodiyot  sohasidagi  jinoiy  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyotida  yuzaga  kelgan  ayrim  masalalar  to‘g‘risida”gi
qarorining  11-bandi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2004-yil  21-maydagi  4-sonli  “Jazolarni
liberallashtirish  to‘g‘risidagi  qonunni  iqtisodiyot  sohasidagi  jinoyatlarga  nisbatan  qo‘llashning  ayrim  masalalari
haqida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish
(176-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda  —  Oliy
Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘tkazish  maqsadida  qalbaki  bank  biletlari  (banknotlar),  metall  tangalar,  aksiz  markalar,  shuningdek,
qimmatli  qog‘ozlar  yoxud  chet  el  valyutasi  yoki  chet  el  valyutasidagi  qimmatli  qog‘ozlar  yasash  yoki  ularni
o‘tkazish —
(176-modda  birinchi  qismining  dispozitsiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  1998-yil  29-avgustdagi  681-I-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ikki  yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  besh  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan
jazolanadi.
(176-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
89/183
(176-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda  uchinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-
sonli  “Iqtisodiyot  sohasidagi  jinoiy  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyotida  yuzaga  kelgan  ayrim  masalalar  to‘g‘risida”gi
qarorining  10-bandi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2000-yil  28-apreldagi  8-sonli  “Valyuta
qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
12-bandi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2017-yil  11-oktabrdagi  35-sonli  “Firibgarlikka  oid  ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 24-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
177-modda. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini olishi yoki o‘tkazishi shunday harakatlar
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yildan  uch  yilgacha  axloq  tuzatish  ishlari  yoxud  bir  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoki  bir  yilgacha  ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan
uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(177-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yildan  besh  yilgacha  ozodlikni  cheklash  yoxud  uch  yildan  besh  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan
jazolanadi.
(177-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik  ko‘rilayotgan  yoki  sodir  etilayotgan  jinoyat  haqida  o‘z  ixtiyori  bilan  arz  qilgan  va  uni
ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
(177-modda  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  15-yanvardagi  O‘RQ-516-sonli  Qonuni  tahririda  —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
178-modda. Chet el valyutasini yashirish

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
90/183
Korxonalar,  muassasalar  yoki  tashkilotlarda  valyuta  operatsiyalarini  amalga  oshiruvchi  xodimlar
tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasining  vakolat  berilgan  banklari  hisobiga  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan  chet  el
valyutasining qasddan yashirib qolinishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) g‘arazgo‘ylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda  uchinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2001-yil  29-avgustdagi  254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni
birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan
chet  el  valyutasini  O‘zbekiston  Respublikasining  vakolat  berilgan  banklari  hisobiga  ixtiyoriy  ravishda
o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(178-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2016-yil  29-dekabrdagi  O‘RQ-418-sonli  Qonuniga  asosan  to‘rtinchi
qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
179-modda. Soxta tadbirkorlik
Soxta  tadbirkorlik,  ya’ni  ustavida  ko‘rsatilgan  faoliyatni  amalga  oshirish  maqsadini  ko‘zlamasdan
ssudalar,  kreditlar  olish,  foydani  (daromadni)  soliqlardan  ozod  qilish  (soliqlarni  kamaytirish)  yoki  boshqacha
mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  yuz  baravaridan  ikki  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(179-moddaning  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli  Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-
sonli  “Iqtisodiyot  sohasidagi  jinoiy  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyotida  yuzaga  kelgan  ayrim  masalalar  to‘g‘risida”gi
qarorining 14-bandi.
180-modda. Soxta bankrotlik
Soxta  bankrotlik,  ya’ni  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  o‘z  majburiyatlarini  iqtisodiy  jihatdan  bajara
olmasligi  haqida  bila  turib,  haqiqatga  to‘g‘ri  kelmaydigan  e’lon  berishi  kreditorlarga  ko‘p  miqdorda  zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
91/183
bazaviy  hisoblash  miqdorining  bir  yuz  ellik  baravaridan  ikki  yuz  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(180-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “Bankrotlik  to‘g‘risida”gi  Qonuni,
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2013-yil  14-avgustdagi  224-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Soxta
bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(180-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2015-yil  20-avgustdagi  O‘RQ-391-sonli  Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2004-yil  21-maydagi  4-
sonli  “Jazolarni  liberallashtirish  to‘g‘risidagi  qonunni  iqtisodiyot  sohasidagi  jinoyatlarga  nisbatan  qo‘llashning  ayrim
masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi  marta  jinoyat  sodir  etgan  shaxs,  agar  u  jinoyat  aniqlangan  kundan  e’tiboran  o‘ttiz  kunlik
muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(180-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2016-yil  29-dekabrdagi  O‘RQ-418-sonli  Qonuniga  asosan  uchinchi
qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
181-modda. Bankrotlikni yashirish
Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  haqiqatga  to‘g‘ri  kelmaydigan  ma’lumot  va  hujjatlarni  taqdim  etish,
buxgalterlik  hisobotlarini  buzib  ko‘rsatish  yo‘li  bilan  iqtisodiy  jihatdan  o‘zining  to‘lovga  qodirligining
yo‘qotganligini yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  bir  yuz  ellik  baravaridan  ikki  yuz  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(181-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “Bankrotlik  to‘g‘risida”gi  Qonuni,
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2013-yil  14-avgustdagi  224-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Soxta
bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(181-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2015-yil  20-avgustdagi  O‘RQ-391-sonli  Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2004-yil  21-maydagi  4-
sonli  “Jazolarni  liberallashtirish  to‘g‘risidagi  qonunni  iqtisodiyot  sohasidagi  jinoyatlarga  nisbatan  qo‘llashning  ayrim
masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, ikkinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
92/183
Birinchi  marta  jinoyat  sodir  etgan  shaxs,  agar  u  jinoyat  aniqlangan  kundan  e’tiboran  o‘ttiz  kunlik
muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(181-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2016-yil  29-dekabrdagi  O‘RQ-418-sonli  Qonuniga  asosan  uchinchi
qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
181 -modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish
Yakka  tartibdagi  tadbirkor  tomonidan  yoki  yuridik  shaxs  mansabdor  shaxsi,  muassisi  (ishtirokchisi)
yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
sodir  etilgan  qasddan  bankrotlikka  olib  kelish,  ya’ni  to‘lovga  qobiliyatsizlikni  qasddan  yuzaga  keltirish  yoki
oshirish,  ushbu  yakka  tartibdagi  tadbirkorning  yoki  yuridik  shaxsning  barqaror  iqtisodiy  nochorligiga
(bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  bir  yuz  ellik  baravaridan  ikki  yuz  ellik  baravarigacha  miqdorda  jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(181 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining
179 -moddasi,  O‘zbekiston  Respublikasining  “Bankrotlik  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar
Mahkamasining  2013-yil  14-avgustdagi  224-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Soxta  bankrotlik,  bankrotlikni  yashirish  va
qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash” qoidalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(181 -modda  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2015-yil  10-avgustdagi  O‘RQ-389-sonli  Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(181 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan —
O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi  marta  jinoyat  sodir  etgan  shaxs,  agar  u  jinoyat  aniqlangan  kundan  e’tiboran  o‘ttiz  kunlik
muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(181 -modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2016-yil  29-dekabrdagi  O‘RQ-418-sonli  Qonuniga  asosan  uchinchi
qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
182-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga
o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga
yozilgan  deklaratsiyadan  foydalanib,  tovar  yoki  boshqa  qimmatliklarni  ko‘p  miqdorda  O‘zbekiston
Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
(182-modda  birinchi  qismining  dispozitsiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2003-yil  12-dekabrdagi  568-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to‘rt yuz sakson soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(182-modda  birinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
1
1
5
1
1
1

15.10.2020
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
93/183
Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining  227 ,  227 ,  227 ,
227 -moddalari, 227 -moddasining birinchi qismi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b)  chegarani  buzib  o‘tish,  ya’ni  bojxona  xizmatining  roziligini  olmasdan  turib,  tovar  yoki  boshqa
qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy  hisoblash  miqdorining  uch  yuz  baravaridan  olti  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  yoki  uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(182-modda  ikkinchi  qismining  sanksiyasi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  3-dekabrdagi  O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-
sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori
7-bandining ikkinchi xatboshisi.
(182-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling