Umumiy qoidalar Xodimlarga qo‘yiladigan talablar Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish tartibi


Download 140.45 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi140.45 Kb.
#1282733
1   2   3
Bog'liq
Reja Umumiy qoidalar Xodimlarga qo‘yiladigan talablar Tezkor xi-www.hozir.org

110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 m; 220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 m; 500 kV kuchlanishli HL uchun — 200 m gacha masofada, uzunligi bo‘yicha yoki ayrim uchastkalar bo‘ylab umumiy uzunligi 2 km dan kam bo‘lmagan masofada o‘tadigan HL va aloqa havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AHL); ish joyi — xodimlar ishlarni bajarish uchun ishga qo‘yiladigan elektr qurilmaning uchastkasi. Faqat naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar ko‘zda tutilgan ish joyiga taalluqli; ish joyini tayyorlash — ish xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun ish joyida bajariladigan texnik tadbirlar; ishlab turgan elektr qurilma — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsiya apparatlarini ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi; kommutatsiya apparati — elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparati (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar);

Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlar, asboblar va moslamalar belgilangan tartibda sinovdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Ular mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga, asbob va moslamalarga qo‘yilgan talablarga rioya etgan holda, shuningdek, ishlab chiqaruvchining yo‘riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart. 5. Ishlab turgan elektr qurilmalarida qurilish va montaj ishlari qurilish me’yorlari va Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — QMQ) talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi shart. 6. Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarida ushbu Qoidalar talablari inobatga olinishi shart.



Xodimlarga qo‘yiladigan talablar
8. Xodimlarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish tartibi elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
9. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi talablariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
10. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlariga yuklatilgan vazifalar doirasida ushbu Qoidalarni bilishlari va ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga mansub bo‘lishlari shart.
Qo‘yilgan talablarga javob beradigan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish vaqtida o‘zi bilan olib yurishi shart.
11. Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
balandlikda bajariladigan ishlar;
tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;
bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).
Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda to‘ldirilishi mumkin.
12. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.

Download 140.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling