Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz


 Arxeologiya va madaniy meros


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana01.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1736358
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)

4.8 Arxeologiya va madaniy meros 
Bugungi kunga qadar o'tkazilgan muzokaralar, konsultativ ishlar hamda joylarga tashriflar 
natijasida Loyiha hududida arxeologik ahamiyatga ega bo'lgan ob’yektlar topilmaganligini 
tasdiqlaydi. Bundan tashqari, mavjud bo'lgan qishloq xo'jaligi faoliyati shu paytgacha mavjud 
bo'lgan hech qanday yer osti arxeologiyasini aniqlamagan. Bugungi kunga qadar konsultativ 
ishlar yer yuzida yoki Loyihaga yaqin joyda nomoddiy merosning boshqa shakllarini 
aniqlamadi.
Juda past ehtimollik darajasiga qaramasdan, qazish ishlari davomida kashf etilmagan
arxeologik qoldiqlarni yoki artefaktlarni aniqlash imkoniyatini butunlay chiqarib bo'lmaydi va 
shuning uchun EITB "Tasodifiy topilma jarayoni" har qanday arxeologik yoki madaniy 
topilmalarni aniqlashning mumkin bo'lgan holatlarida tegishli boshqaruv bayonlari o'rnatish 
uchun tayyorlanishi kerakligini belgilaydi. 
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan o’tkazilgan muzokaralar natijasida eng yaqin 
madaniy obyekt Loyiha maydonidan 700 metr janubi-sharqida joylashgan Amir Temur haykali 
ekanligini ko'rsatdi. Loyiha obyektiga yaqin madaniy ahamiyatga ega bo'lgan boshqa 
obyektlar orasida Ona Haykali (1,6 km sharqda) va Alisher Navoiy Haykali (2 km shimoli-
g'arbda) mavjud. Loyihani ishga tushirilishi jarayonida ushbu yodgorliklarga hech qanday ta'sir 
ko'rsatilishi kutilmaydi. 
Loyihaning ishga tushirish bosqichida loyiha obyektlarida hech qanday qo'shimcha qazish 
ishlari amalga oshirilmaydi, shuning uchun bu bosqichda boshqa tarixiy topilmalarni aniqlash 


 
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi 
1-Jild – Notexnik Hisobot 
xavfi yo'q. Bundan tashqari, boshqa moddiy yoki nomoddiy madaniy qadriyatlar va merosga 
hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling