Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)
4.11 Ijtimoiy-Iqtisodiyot
Ushbu Loyiha O’zbekiston respublikasi energetika sektori uchun qo'shimcha, yanada barqaror ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga ko'maklashadi, hamda turli ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltiradi. Bundan tashqari, Loyiha bevosita ish o'rinlarini yaratish kabi turli xil ijobiy ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarni keltirib chiqaradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotni yanada rag'batlantiradi. f, Qurilish jarayonida yaratilgan ish o’rinlari bevosita moddiy rag’batlantirishdan tashqari, mahalliy ishchilarni qurilish ko'nikmalarini kengaytirishga yordam berishi mumkin. Loyihani amalga oshirishda jarayonida, hozirgi vaqtda yerni fermerlik xo’jalik maqsadida ishlatib kelayotgan fermerlarning ijara shartnomasi bekor qilinadi, . Bu esa aholini yashash sharoitini tiklash jarayonlari samarali amalga oshirilmasa, daromad yo'qotilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu masalalar Loyiha doirasida Aholini turmush darajasini tiklash rejasini qo’llash bilan amalga oshiriladi. Qurilish jarayonida mavjud bo’lgan sug’orish kanallari yonalishlari o’zgartirilmasa, Loyiha hududi atrofida joylashgan fermer xo’jaliklariga suv oqimlari vaqtincha to'xtatilish ehtimoli mavjud. Loyiha hududi mahsus to’siqlar bilan orlganidan so’ng, mahalliy aholi va fermerlar manzillariga yetib boorish uchun uzoq masofani bosb o’tishga majbur bo’ladilar. Biroq, bu ta'sir mavjud yonalishlarni butunlay yo'q qilinishga olib kelmasligi kutilmoqda, chunki obyekt atrofida boshqa kirish nuqtalari ham mavjud bo'ladi. ACWA Power va Air Products & Chemicals O'zbekiston Energetika Vazirligi bilan bir yoki bir nechta kollejlarda, shu jumladan, Shirin shahridagi Energetika Kollejida (Loyiha uchun mahalliy bo'lgan) talabalar va mutaxassislarning texnik malakasini oshirish uchun o'quv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha anglashuv memorandumini imzoladi. Tavsiya etilgan o'quv dasturi bitiruvchilarni O'zbekistonning kommunal va kimyoviy tarmoqlari uchun mahalliy ta'minot zanjirini qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlar bilan ta’minlashga qaratilgan. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling