Umumiy tabiiy geografiya
Landshaft qobig`idagi jarayonlarning davriylik xususiyati
Download 20.75 Kb.
|
Umumiy tabiiy geografiya11
Landshaft qobig`idagi jarayonlarning davriylik xususiyatiLandshaft qobig`idagi va har bir kichikroq geografik komplekslardagi tabiiy jarayonlar davriylik xususiyatiga ega. Davriylik deganda bir yo`nalishda rivojlanayotgan tabiiy hodisalar kompleksining vaqt davomida takrorlanib turishi tushuniladi. Tabiatdan foydalanishda, xususan qishloq xo`jaligi ishlarini to`g`ri amalga oshirishda, qurilish ishlarida tabiatdagi jarayonlarning bu xususiyatini doim nazarda tutish zarur. Chunki tabiat hodisalarini qisqa vaqt davomida o`rganishdan olingan ma`lumotlar tabiatda ro`y beradigan jarayonlarni to`la aks ettirmaydi. Tabiatda davriylikning ikki xil shakli mavjud: ritmiklik hamda sikllik. Odatda davriylik deyilganda bir xil vaqtda qaytalanib turadigan davriy jarayonlar tushuniladi. Masalan, Yerning o`z o`qi atrofida hamda kuyosh atrofida aylanishi va buning oqibatida ro`y beradigan jarayonlar. kaytalanib turish vaqti bir xil bo`lmagan jarayonlar sikllik deyiladi. Masalan, quyosh faolligining o`zgarishi sikli o`rta hisobda 11 yil 1,5 oy mobaynida qaytalanib turadi. Aslida esa quyosh faolligining eng kuchaygan ikki vaqt orasidagi davr 9 yildan 14 yilgacha davom etadi. Sikllikda tabiiy jarayonlarning har bir to`liq takrorlanishi davri bir xilda davom etmaydi. Inson o`z hayoti faoliyatda tabiatda mavjud bo`lgan ritmiklik xususiyati qonuniyatiga amal qilishi kerak. Chunki tabiiy jarayonlardagi ritmiklik daryolarning suv rejimida, ekinlar hosildorligida, termik resurslar ko`lamida, ayrim hashoratlarning keskin ko`payishi yoki kamayishida, ba`zi bir xil kasalliklar epidemiyasida yoki ularning kamayib ketishida va h.k. larda aks etishi mumkin. Geografik komplekslarning ayrim komponentlari tashqi ritmik jarayonlar ta`siriga turli darajada beriladi. Bularning oldindan bilish xo`jalik nuqtai nazardan ham, ilmiy jihatdan ham juda muhimdir. Landshaft qobig`idagi davriyliklarni takrorlanish vaqtiga qarab 4 katta guruhga bo`lish mumkin. 1. Sutkalik ritmika (ritmiklik), u yerning o`z o`qi atrofida sutkalik aylanishi natijasida tun bilan kunning almashinishida yuzaga keladi. Tog`li o`lkalarda esadigan tog`-vodiy shimoli sutka davomida o`z yo`nalishini 2 marta o`zgartiradi. Vodiylarda quriladigan sanoat korxonalarining tevarak-atrof havosiga ta`sirini kamaytirish uchun tog`-vodiy shamolining bunday esishini hisobga olish zarur. Nurash jarayonlarida ham, tuproq hosil bo`lishida ham sutkalik ritmika kuzatiladi. 2. Fasliy ritmika. Yerning quyosh atrofidagi yillik aylanishi va bu aylanish vaqtida yer o`qining ekliptika tekisligiga nisbatan 66,50 og`ishganligining o`zgarmasligi natijasida fasllarning davriy almashinib turishidan landshaft qobig`idagi fasliy ritmika vujudga keladi. Fasliy ritmika yer yuzi tabiatidagi barcha hodisalarda aks etadi. Lekin ba`zi hodisalarda keskinroq, boshqalarda zaifroq bo`ladi. Fasliy o`zgarishlarga aloqasi yo`qday ko`ringan ayrim tabiiy hodisalarda ham fasliy ritmikani kuzatish mumkin. Masalan, kuchli zilzilalar ko`pincha kuz va bahor oylarida ro`y beradi. Inson o`zining xo`jalik faoliyatida fasliy ritmik o`zgarishlarni nazarda tutishi kerak. Fasliy o`zgarishlarni fenologlar o`rganib kelgan. Lekin ular asosan organik dunyodagi o`zgarishlarni kuzatib borganlar. Aslida fasliy ritmik o`zgarishlar, yuqoridagi misollardan ko`rinib turibdiki, tabiatning barcha komponentlarida ro`y beradi. 3. Asriy (asr ichidagi) ritmika. Bunday ritmik jarayonlardan 1 yillik, 30-35 yillik, 90-110 yillik siklda takrorlanib turuvchi iqlimiy o`zgarishlarni ko`rsatish mumkin. 11-yillik davriylik ko`llarda loyqa to`planishida, daraxtlarning yillik xalqalarida, chigirtkalarning ko`payishida ayrim kasalliklar epidemiyasida aniqlangan. 4. Asr osha (ko`p asrli) va geologik ritmlar. Asr osha ritmlardan 1800-1900 yil davom etadigan iqlimiy ritm ancha yaxshi o`rganilgan. Tabiiy geografik jarayonlardagi davriylik, u qancha vaqtni o`z ichiga olganligidan qat`iy nazar, yopiq sistemani hosil qilmaydi. Chunki landshaft qobig`i to`xtovsiz rivojlanishda davom etadi. Shu sabali landshaftning holati biror ritmning boshlanishida qanday bo`lsa, ritm tugab qayta boshlanayotganda oldingidagidek holatda bo`lmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Put v geografii – Anna Battimer –Moskva :Progress, 1990 Inson va tabiat -_Gulomov P.N-Toshkent «O`kituvchi» ,1990 Geografiya va tabiatdan foydalanish – Toshkent «O`kituvchi» ,1991 Urta Osiyo tabiiy geografiyasi-Toshkent «O`kituvchi» 2001 Uzbekiston tabiiy geografiyasi- Toshkent «»O`kituvchi» 2002 www.ziyonet.uz Download 20.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling