Omega-tarmoqli ko’pprotsessorli tizim
Kaskadli ulagichlardan foydalanish
Har bir ishlatilgan kommutator har qanday ikkita kirishni istalgan ikkita chiqishga ulashi mumkin. Ushbu xususiyat va ishlatilgan kommutatsiya sxemasi hisoblash tizimining har qanday protsessoriga har qanday xotira modulidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Umumiy holda, n protsessorni n xotira moduli bilan ulash uchun har birida n/2 kommutatorlarning log2n kaskadlari, ya’ni jami (nlog2n)/2 kommutatorlar talab etiladi.
Muammo:
kechikishlar
Aniq hisoblash tizimidagi protsessorlarning ulanishn topologiyasini tanlash turli sabablarga ko’ra shartli bo’lishi mumkin.
Bular xarajatlar, texnologik maqsadga muvofiqlik, yig'ish va dasturlash qulayligi, ishonchlilik, tugunlar orasidagi minimal o'rtacha yo'l uzunligi, tugunlar orasidagi minimal maksimal masofa va boshqalar bo'lishi mumkin.
NUMA
Non Uniform Memory Access
Giperkub juda ko’p foydali xususiyatlarga ega.
Masalan, har bir protsessor uchun uning barcha qo’shnilarini aniqlash juda oson: ular undan har qanday хi koordinataning bitta qiymati bilan farqlanadi. n-o’lchovli giperkubning har bir “yuzi” n-1 o’lchamli giperkub hisoblanadi. n-o’lchovli giperkubning chuqqilari orasidagi maksimal masofa n ga teng. Giperkub o’z tugunlariga nisbatan simmetrikdir: har bir tugundan tizim bir xil ko’rinadi va maxsus ishlov berishni talab qiladigan tugunlar mavjud emas.
n-o’lchovli fazoda tizim protsessorlari birlik n-o’lchovli kub tepalarida joylashgan, ya’ni barcha koordinatlari хi 0 yoki 1 bo’lishi mumkin bo’lgan (x1, x2, …, хn) nuqtalar. Har bir protsessorni har bir n-o'lchov bo'ylab eng yaqin qo'shni bilan bog'laymiz. Natijada N = 2n protsessorlarda iborat tizim uchun n-o’lchovli kub hosil bo’ladi. Ikki o’lchovli kub oddiy kvadratga to’g’ri keladi, to’rt o’lchovli variant esa an’anaviy ravishda rasmda ko’rsatilgan. Giberkupda har bir protsessor, to’liq ulanish holatida bo’lgani kabi N bilan emas, faqat log2N qo’shnilari bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |