“Umumiy tarix” kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil ozbekistonda sanoat sohasida islohotlar ozgarishlar natijalari va istiqboli navoiy viloyati misolida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori 2009-2010 YILLARDA NAVOIY VILOYATINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURI TO‘G‘RISIDA (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 7-son, 70- modda; 2010 y., 23-son, 182-modda) Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yanada takomillashtirish, mavjud tabiiy resurslardan va iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, zamonaviy bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, aholining bandligini, turmush darajasini barqaror va izchil oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2009-2010 yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni va maqsadli parametrlarni nazarda tutadi: - mavjud tabiiy resurslarni kompleks va samarali o‘zlashtirish, har bir tumanning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish, shuningdek xorijiy investitsiyalar hajmlarini ko‘paytirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulotning 2009 yilda 7,7 foizga, 2010 yilda 8 foizga o‘sishini ta’minlaydigan mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror yuqori sur’atlarda o‘stirish; - zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashni davom ettirish, birinchi navbatda, aholining bandlik darajasi past va dotatsiyada bo‘lgan tumanlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulot hajmida sanoat korxonalari ulushini 2,2 baravarga yetkazish; 63 - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa qishloq joylarda jadal rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 29,8 foizgacha yetkazish hamda shu asosda doimiy ish o‘rinlari va barqaror daromad manbalari yaratish hisobiga aholi bandligi muammolarini hal etish; - xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida, ayniqsa qishloq joylarda tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,uning yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini 30,9 foizgacha yetkazish; - qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, ichimlik suv va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash. 2. 2009-2010 yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. * 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan. 3. Dasturning maqsadli parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida 2009-2010 yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin: - Dasturning maqsadli parametrlariga erishish yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish va shu maqsadda vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek Navoiy viloyati hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirish; - vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining, shuningdek Navoiy viloyati hokimligining paydo bo‘ladigan muammolarni hal etish uchun chora-tadbirlar ko‘rgan holda hisobotlarini eshitib borish; - Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va loyihalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hisobiga amalga oshirish uchun moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilashga ko‘maklashish; 64 - mavjud resurslardan va moliyaviy manbalardan, shu jumladan xalqaro grantlar va kreditlardan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda Dasturning maqsadli parametrlariga tuzatishlar kiritish va ularni aniqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. 4. Quyidagilarga: - Navoiy viloyati hokimiga, shaharlar va tumanlar hokimlariga – tasdiqlangan Dasturning prognoz parametrlari to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan; - vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga – tegishli tadbirlarning va Dasturga kiritilgan tarmoq loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin. 5. Navoiy viloyati hokimi (E. Turdimov) har bir tuman va shahar bo‘yicha Dasturning bajarilishini har chorakda tanqidiy ko‘rib chiqsin, maqsadli dasturlarga erishish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rsin, bunda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga va ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi: Dasturning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin, hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning erishilgan darajasi tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlasin, mintaqa iqtisodiyotidagi eng dolzarb va muhim muammolarni hal etish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin; monitoring natijalari bo‘yicha har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan materiallar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga faol jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda 65 unga Dasturda nazarda tutilgan eng muhim investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling