Umumiy tilshunoslik faninig maqsadi


Download 101.72 Kb.
bet24/31
Sana17.02.2023
Hajmi101.72 Kb.
#1208037
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
2 5240342443127218090

Qozon lingvistik maktabi. Bu maktabning asoschisi Boduen de Kurtene (1845-1929) hisoblanadi. Uning fikrlash qobiliyati haqida L.V.Shcherba shunday yozadi: u bir qolipga tushmagan pozitsiyada turib ish olib boradi. Uning tilshunoslik sohasidagi asosiy qarashlari quyidagilardan iborat:
1. Boduen de Kurtene yosh grammatikachilar va Moskva tilshunoslik maktabining tarixiylik mezonini qabul qildi. U o‘zining «Tilshunoslikning vazifalari» kitobida tilni o‘rganishning asosiy mezoni tarixiylik deb hisoblaydi.
2. Boduen de Kurtene F. de Sossyurning til o‘rganishdagi sinxronik va diaxronik aspektdagi uslubini dialektik mazmun bilan boyitdi.
3. Tilshunoslik tarixida ilk bor yaratilgan fonema nazariyasi Boduen de Kurtenega tegishlidir. Tilshunoslik tarixida birinchi marta fonemalarning psixologik va morfologik izohini berdi. Ushbu izohlar zaminida keyinchalik Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vujudga keldi.
4. Tilshunoslikka fonema, morfema, sintagma, leksema, grafema, kinema, akusma, kinaksema atamalarini birinchi bor kiritgan kishi Boduen de Kurtenedir.
Boduen de Kurtene tilshunoslikda ko‘plab shogirdlar yetkazdi. Uning shogirdlaridan biri N.V.Krushevskiy (1851-1887)dir.
N.V.Krushevskiy ko‘proq umumiy tilshunoslik masalalari bilan shug‘ullandi. Tilshunoslarning asosiy vazifasi til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib berish, deb hisobladi. Krushevskiy so‘zning morfologik strukturasi va so‘z yasalish masalasiga ko‘proq e’tibor beradi.
I.A.Boduen de Kurtenening shogirlaridan yana biri prof. V.A.Bogoroditskiydir. U faqat umumiy tilshunoslik bilan qiziqmasdan, rus va turkiy tillar bilan ham shug‘ullandi. Ustozi kabi ko‘p qirrali olim bo‘ldi. «Tatar va turk tilshunosligidan etyudlar» (1933), «Tatar tilshunosligiga kirish» (1934), «Tatar tilshunosligining ilmiy vazifalari haqida» (1934) kabi turkologiyaga doir asarlar yozgan. U turkiy tillarni tasnif qilgan olimlardan biridir. V.A.Bogoroditskiy eksperimental fonetikaga asos soluvchilardan bo‘lib, Rossiyada birinchi marta fonetik laboratoriya tashkil qildi.
Xullas, Qozon tilshunoslik maktabi jahon va rus tillarini o‘rganishga hamda turkologiyaga katta hissa qo‘shdi.


Download 101.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling