Umumiy tilshunoslik kursi predmeti, maqsadi va vazifalari Tayyorladi: Abdisattorov Davron
Download 301.15 Kb.
|
umumiy tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari
- Umumiy tilshunoslik
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MUSTAQIL ISH FAN: UMUMIY TILSHUNOSLIK MAVZU: Umumiy tilshunoslik kursi predmeti, maqsadi va vazifalari Tayyorladi: Abdisattorov Davron Tekshirdi: Niyazova Zilola Shahrisabz-2022 Mavzu: Umumiy tilshunoslik kursi predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Tilshunoslik fani haqida ma’lumot Tilshunoslik fanining o’rganish obyekti Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari Tillarning o’zaro munosabatlari Tilshunoslik (lingvistika: grekcha lingua — «til», logos - «fan») murakkab va ko‘p qirrali, tilni boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqadorlikda ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo bo‘lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlami, til va nutq xususiyatlarini tahlil etuvchi fandir. Til jamiyat uchun xizmat qiladi, jamiyat a’zolari muloqotini ta’- minlaydi. Til jamiyat tarixini o‘zida aks ettiruvchi vosita boiib, insonning ina’naviy va ma’rifly shakllanishi, rivojlanishida belgilovchi ahamiyatga ega. Til, uning amaliy ifodasi boigan nutq inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy kamoloti bilan bogiiqdir. Tilshunoslik fani umumiy va xususiy xarakterga egadir. Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator ko‘rinishlari mavjud boiib, til va nutqni turli aspektlarda talqin qiladi. Umumiy tilshunoslik jahon tillaridagi fonetik, fonologik, grammatik (morfologik va sintaktik), leksik-semantik, stilistik jihatlami ilmiy asosda o‘rganadi. Bu xususiyatlarning muayyan bir tildagi izohi (masalan, o‘zbek tili yoki boshqa tillarning belgilari)ni xususiy tilshunoslik o‘rganadi. Nazariy tilshunoslik sohaning nazariy masalalari, til va nutq birliklariga doir qarashlar, til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar haqida bahs yuritadi. Jamiyatning amaliy ehtivojlarini qondiradigan tilshunoslik sohasi amaliy tilshunoslik deb ataladi va til haqidagi fanning tarqalish doirasini kengaytiradi. Tilshunoslik fanining o‘rganish obyekti murakkab tuzilishga ega, biologik, fiziologik, ijtimoiy jarayonlar mahsuli bo‘lgan tildir. Tilni har tomonlama chuqur o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy va amaliyot uchun kerakli, ya’ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida baholash lozim. “Umumiy tilshunoslik ” fanining asosiy vazifalari quyidagi lardan iborat: - til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til va semiotika masalalarini, tilning semiotik tabiatini yoritish; - nutq va nutq faoliyati munosabatini o‘rganish; - dunyo tillarini tavsiflash, tasniflash, tillaming genetik asoslarini, eng qadimiy til, proto til (“bobo til”), uning boshqa tillar hamda shevalarga munosabatini tahlil etish; - tillaming kelib chiqishi va rivojlanishiga oid qarash lain i umumlashtirish, til va jamiyat taraqqiyoti uyg‘unligini asoslash; - dunyo tillari tipologiyasini, tillaming morfologik xususiyatlarini, morfem tarkibi, tuzilishini yoritish; - tilning hozirgi holati hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini sinxron va diaxron aspektda o'rganish; - yozuv va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslarini ko‘rsatib berish; tilning talaffuz me’yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini izohlash; - tilning asosiy sathlarini tavsiflash, fonetik-fonologik, leksik, grammatik sath mohiyatini yoritish, fonetika va fonologiya, morfologiya va sintaksis, leksika va semantika, stilistika masalalari! belgilash. Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari: “Tilshunoslikka kirish” fani tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi, tillarni tasniflash, uni tahlil etish usullari kabi umumiy masalalarni ham o‘rganadigan fandir. Shunga ko‘ra tilshunoslik umumiy tilshunoslik va xususiy tilshunoslikka bo‘linadi. Umumiy tilshunoslik til bilan tafakkur, tilning kelib chiqishi, jamiyatdagi o‘rni, taraqqiyot yo‘llarini, xususiy tilshunoslik esa ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishini o‘rganadi. O‘rganish sohasi nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki katta guruhga ajratiladi: Download 301.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling