Umumiy tilshunoslik
Download 21.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqUMUMIY TILSHUNOSLIK fanidan yakuniy nazorat savollari. (1)
Arab tilshunosligida tilshunoslik sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Hind-Yevropa tillarini qiyosiy-tarixiy o‘rganish jarayoni necha davrni tashkil etadi? Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiy tilshunoslikda qaysi yo‘nalish( metod) asoschilari hisoblanadi? Arab leksikografiyasida lug‘atlar mazmunan necha guruhga bo‘linadi? Arab tilshunosligida ilk arab lug‘ati kim tomonidan yaratildi va qanday nomlandi? Naturalizm va psixologizm oqimi vakillari tilga qanday hodisa sifatida qaraydi? Yosh grammatikachilar maktabi vakillari tilshunoslik sohasida qanday ishlarni amalga oshiradi? Yevropada uyg‘onish davri tilshunosligida qaysi olimlar tilshunoslik sohasida tadqiqot ishi olib borgan? Asarlaridan misollar keltiring. XV- XVIII asrlarda til haqida nazariy fikrlar keltirgan faylasuflar kimlar? “Nemis grammatikasi”, “Nemis tili tarixi”, “Nemis lug‘ati” asarlari muallifi kim? Qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishida xizmatlari yuqori bo‘lgan olimlar kimlar? Beruniy qaysi asari asosida tilshunoslikka hissa qo‘shgan? “Kitob al milh fin-nahv”, “Kitob lisonul arab”, “Asbobi xudut al xuruf” asarlari muallifi kim? Umumiy ratsional grammatika yaratilishi xususida ma’lumot bering. “Vatan tilini o‘qitish haqida” asari qaysi rus olimiga tegishli? Asar mazmuni haqida ma’lumot bering. Rim tilshunosligiga hissa qo‘shgan olimlar kimlar? Xitoy tilshunosligida fonetika sohasida qanday ishlar amalga oshirilgan? Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon tilshunoslikning qaysi davrida faoliyat oborgan faylasuflar hisoblanadi? Ibn Sino fonetika sohasida qanday ishlarni amalga oshiradi? Zamaxshariyning Qu’ron Karim tafsiriga bag‘ishlangan asari haqida ma’lumot bering. ”Fanlar tasnifi”, “Al Kashshof”, “Saydana” asarlari muallifi kimlar? M.V. Lomonosovning tilshunoslikdagi o‘rni va yozgan qanday asarlarini bilasiz? Komparativistika nima? Arab yozuvidagi 18 harfni yettitasi ustiga maxsus qo‘shimcha belgi qo‘yish orqali 25taga yetkazgan olim kim? Xitoy tilshunosligiga hissa qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot bering. A.A. Potebnya haqida ma’lumot bering. Rus tilshunosligiga hissa qo‘shgan tilshunos olimlar haqida ma’lumot bering! “Elementlar va murakkab belgilar haqida” asari bilan Xitoy tilshunosligida yozuv nazariyasining asoslarini yaratgan olim kim? “Predmet va uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqa kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan. Agar bu tasodifiylik bo‘lmaganda, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan bo‘lar edi.” Keltirilgan ma’lumot qaysi falsafiy oqim vakillariga tegishli? Arab tilshunoslari tovushning yozuvdagi ko‘rinishini ya’ni harflarni qaysi termin bilan ifodalagan? Frans Boppning komparativistikaga yo‘nalishida qanday ishlarni amalga oshirgan? Y. Grimning tilshunoslik tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan asarlarini qaysilar? Qozon tilshunoslik maktabi qachon shakillandi va uning asoschisi kimlar? Shajara daraxti sxemasini yaratgan olim kim? Praga maktabi ta’limotining asosiy g‘oyalari haqida ma’lumot bering! Kopеngagеn strukturalizm maktabi namoyondasi kim? Bu maktabning asosiy g‘oyasi nimada? Aleksandr Xristoforovich Vostokovning qiyosiy- tarixiy metodning aoschilaridan biri sifatida e’tirof etilishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? Tilning paydo bo‘lishidagi qanday nazariyalarni bilasiz? Umumiy Ratsional grammatikaning yaratilishi xususida ma’lumot bering! Avgust Shlеyxеr ta’limoti. Naturalizm g‘oyasi haqida tushuncha bering. Tilga ruhiy hodisa deb fikr bergan olimlar kimlar? A. Shleyxer ta’limotiga professor S.Usmonov qanday fikr keltirgan? Yevropada uyg‘onish davri tilshunosligida o‘z asarlari bilan tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar haqida ma’lumot bering. O‘rta Osiyo tilshunosligida qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirma metod asosida tadqiqot ishlarini olib borgan allomalar haqida ma’lumot bering. V.fon. Gumboldtning qanday antinomiyalarini bilasiz? Til sistemasi va strukturasi xususida tushuncha bering. Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari haqida qanday ma’lumotga egasiz? Til sathlari va ularning birliklari yuzasidan ma’lumot bering. F. de Sossyur fikricha til nutqdan qaysi belgilariga ko‘ra farqlanadi? Tabiiy belgilar va Sun’iy belgilar haqida nimalarni bilasiz? Misollar asosida izohlang! Ferdinand de Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida til haqida qanday fikrlar ifodalangan? Ichki va tashqi lingvistika haqida F. de Sossyur qanday fikr yuritgan? Semiotika va lingvosemiotika qanday soha hisoblanadi? Paralingvistika haqida ma’lumot bering! Til birliklari va nutq birliklari haqida ma’lumot bering. Paradigmatik va sintagmatik munosabat haqida nimalarni bilasiz? Lingvokulturologiya tilshunoslikning qanday tarmog‘i hisoblanadi? Psixolingvistika haqida qanday ma’lumotga egasiz? Psixologizm yo‘nalishida tadqiqot olib borgan olimlar kimlar? Sinxron va diaxron lingvistika xususida tushuncha bering. Lingvistikaning qanday turlari mavjud? Sotsiolingvistika va etnolingvistika qanday masalalar bilan shug‘illanadi? Qiyosiy-tarixiy metod qanday metod? Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va chog‘ishtirma tilshunoslik haqida tushuncha bering! Transformatsion tahlil metodi qanday metod hisoblanadi? Metod va metodika tushunchalari haqida ma’lumot bering! Komponent tahlil metodini izohlang! Kompyuter lingvistikasining bugungi kundagi ahamiyati nimada? Mentalingvistika tilshunoslikning qanday yo‘nalishi hisoblanadi? Neyrolingvistika haqida qanday tushunchaga egasiz? Ferdinand de Sossyur tilshunoslikni ikki guruhga ajratadi. Bular qaysilar? Ferdinand de Sossyurni dunyoga tanitgan, hozirgi kunda tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega asari haqida ma’lumot bering! Praga strukturalizm maktabi ta’limotining asosiy g‘oyalari nimalardan iborat? Lingvistik tipologiya nimalarni tadqiq qiladi? Qadimgi hind tilshunosi Guru morfologiyasi necha bo‘limdan iborat? Dinamik va statik lingvistika haqida ma’lumot bering! Tilshunoslikning qanday tadqiqot metodlari mavjud? Diaxron va sinxron tadqiqot metodlari haqida ma’lumot bering! Umumiy va xususiy tilshunoslik haqida nimalarni bilasiz? Komparativistika va kontrastiv lingvistikaning o‘xshash va farqli jihatlarini izohlang! Diaxron tadqiqot metodlari o’z ichiga qaysi metod turlarini oladi? Kompyuter lingvistikasining bugungi kundagi ahamiyati nimada? Semiotikada ikki turdagi, ikki tipdagi belgilar farqlanadi. Bu qanday belgilar? Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari haqida ma’lumot bering! Kopengagen strukturalizmi asoschisi kim? Bu maktab boshqalaridan qaysi xususiyati bilan farqlanadi? Kommunikativ lingvistika qanday masalalarni o‘rganadi? Makrolingvistika va mikrolingvistika haqida tushuncha bering! Amerika deskriptiv maktabi asoschisi kim. Bu maktabda qanday ishlar amalga oshirilgan? Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlarni izohlang! Til sathlari o‘rtasida izomorflik deganda nimani tushunasiz? Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari haqida nimalarni bilasiz? Tillarni tipologik o‘rganishning qanday yondashuvlari mavjud? Etnolingvistika va sotsiolingvistika haqida ma’lumot bering. Lingvistikaning qanday yo‘nalishlari mavjud? Eksperimental-fonetik tahlil metodi qanday metod hisoblanadi? Download 21.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling