Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq
Download 312.94 Kb.
|
391 13.05.2019
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; (1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganishni ta’minlasin. O‘rganish yakunlariga ko‘ra: 2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — Toshkent shahri davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha; 2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: 2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi; 2019-yil 1-sentabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 13-may, 391-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 1-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida NIZOM (1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkiloti — umumiy turdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilot; Oldingi tahrirga qarang. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; (2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar. 3. Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega. 8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘lishi mumkin. 2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari 9. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi: bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash; bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash; umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash. 10. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi: bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish; bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash; bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash; ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish. 3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi 11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi. 12. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. 13. Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. 14. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas. Oldingi tahrirga qarang. 15. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash 16. Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin beriladi. 17. Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi. 5-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 18. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish; maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish; bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish; maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 19. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi; maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi; bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi; bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi; maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. (19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 20. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi: bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi; bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi; bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda tayyorlash sifati; ta’lim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini ta’minlash; ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish. Oldingi tahrirga qarang. 21. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilikka zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 23. Pedagog xodimlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar. 6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish 24. Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. 25. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi. 26. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi. Oldingi tahrirga qarang. 27. Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonunchilikka muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi. (27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash texnologiyalari, usullari va shakllari ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, o‘ziga xos imkoniyatlari va sog‘lig‘i holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy xodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 28. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o‘yin hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilanadi. (28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 29. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda o‘qishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u erdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat); to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat); bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar. Maktabgacha ta’lim tashkilotining: bolalar kuniga 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin; bolalar kuniga 9 — 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak; bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida — to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi. (29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 30. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bo‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. 31. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi. 32. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 33. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi. 7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish 34. Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi: bola qonuniy vakilining arizasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun); bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi. (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 35. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar keyingi o‘quv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi. (35-bandning ikkinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son) 36. Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. 37. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi va chiqariladi. (37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda bo‘ladi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat bo‘lganda yil davomida Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yoxud maslahat olish uchun zarur ixtisoslikdagi mutaxassislarga yuborilishi mumkin. (38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 71-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etish 391. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan, shu jumladan nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi. Mashg‘ulotlar maxsus pedagogika sohasida oliy ma’lumotga yoki pedagogika bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va maxsus pedagogika sohasida kasbiy qayta tayyorlovdan o‘tgan defektolog tomonidan o‘tkaziladi. 392. Defektolog bilan mashg‘ulotlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi: 3 — 7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar; 5 — 7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) bo‘lgan tarbiyalanuvchilar. 393. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida defektolog bilan mashg‘ulotlarga jalb qilinadi. Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasi logopedining korreksion-pedagogik ishlarni o‘tkazish tavsiya qilinayotgan muddat belgilangan holda, ushbu davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi asosida defektolog bilan bo‘lgan mashg‘ulotlariga jalb qilinadi. 394. Defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkaziladi. 395. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar aniqlanganda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi logopedining ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi. 396. Maktabgacha ta’lim tashkilotining defektolog tomonidan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari va 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi. Nutqida nuqsonlari tasdiqlanganda logopedning davolash-profilaktika muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi. 397. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatishdir. 398. Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat: nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish; rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat-e’tiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish; tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash; rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv ta’lim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish. 399. Defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi. 3910. Umum rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladigan yakka tartibdagi, kichik guruhdagi yoki frontal mashg‘ulotlar korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. 3911. Defektolog maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashg‘ulotlarni borib ko‘radi, pedagog xodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat beradi. 3912. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida belgilangan muddatgacha o‘tkaziladi. Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshiriladi. Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari bo‘lsa, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi to‘g‘risidagi logopedning xulosasi beriladi. 3913. Xulosada ko‘rsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bartaraf etilsa, defektolog tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar to‘xtatiladi. 3914. Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni nazorat qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi. (71-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 8-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish 40. Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi. 41. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi bo‘yicha to‘ldiriladi. (41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 42. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi: 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola; bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola; turli yoshdagi guruhlarda — ko‘pi bilan 25 nafar bola; bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola. Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. 3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. (43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 44. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi. 9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish Oldingi tahrirga qarang. 45. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 46. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi. 10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini asrash Oldingi tahrirga qarang. 47. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog‘liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi. (47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 48. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi. 49. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi. 50. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Oldingi tahrirga qarang. 51. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonunchilikka muvofiq beriladi. (51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 52. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. 11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. 53. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. (53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 54. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. (54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 55. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi 56. Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun to‘lovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. 58. Bolalarni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi. 59. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. (12-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish Oldingi tahrirga qarang. 60. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikda, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi. (60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 61. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi. (61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 62. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 63. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi. (63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 64. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi. 65. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi: Oldingi tahrirga qarang. Pedagogik kengash; (65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Kuzatuv kengashi. Oldingi tahrirga qarang. 66. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengash: (66-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi; maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi; maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi; maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi; maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. (66-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va o‘qitishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi. 67. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi: maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. (67-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. 68. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonunchilikda, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. (68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 69. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. 14-bob. Yakunlovchi qoidalar 70. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi. 71. Xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 2-ILOVA Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi. 3. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan bolalarning to‘laqonli kamol topishini ta’minlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun mo‘ljallangan. Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning bo‘lishi uchun to‘lov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha belgilanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 2-bob. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari va vazifalari 6. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha ta’limga to‘liq jalb etilishini va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat. 7. Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash; bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash; bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish; bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlash. 3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni to‘ldirish tartibi 8. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar bo‘lganda tashkil etiladi. 9. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi. 10. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi: bolaning qonuniy vakili arizasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma; bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma. 11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiradi. 12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar o‘z faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. 13. Bitta xonada ko‘pi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. 14. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi. 15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. 16. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. 17. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin. 18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va: bola qonuniy vakilining arizasi bo‘yicha; tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha; bola maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yo‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart. 19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. 20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin: rivojlantirish guruhi; inklyuziv guruh; kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh. Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi. Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonunchilikka muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin. (20-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 21. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi: bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi; ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari. 22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi: bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sog‘lig‘i mustahkamlanishini tashkil etish; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi; bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda tayyorlash sifati; umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlamaslik. 4-bob. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 23. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab beriladi. 24. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 25. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini — ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi. 26. Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi. 27. Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim yuklamasi bir haftalik ta’lim yuklamasining eng ko‘p ruxsat etilgan hajmidan va mashg‘ulotlarning eng ko‘p ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak. 28. Uzluksiz ta’lim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi. 5-bob. Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. 29. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. (29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 30. Ta’lim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘lanadi. (30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 3-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida NIZOM (3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda o‘z ustaviga amalga qiladi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda o‘qishini va tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 5. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 6. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega. 7. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 8. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshiradi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning maqsadlari hamda vazifalari (2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot maqsadlari quyidagilardan iborat: (9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash; bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; bolalarning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini ta’minlash; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash. Oldingi tahrirga qarang. 10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat: (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yordam berilishini ta’minlash; bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, o‘ziga va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash; tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish; bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish; bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda ta’lim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash; bolalarni umumta’lim muassasalarida o‘qishga tayyorlash; o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish. Oldingi tahrirga qarang. 3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi (3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi. Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak: a) kamida 3 ta inklyuziv guruh; b) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh: eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun; ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun; psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun; aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun; tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 5 yoshga bo‘lgan bolalar kontingenti mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili yig‘ib boradi va bu ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 14. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 15. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lsa, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari sog‘liqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qiladi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga bo‘lib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar o‘sishini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 16. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 17. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, o‘zgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas. Oldingi tahrirga qarang. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi. (18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 4-bob. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash (4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 19. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi. (19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi (5-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 20. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega: (20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish; bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish; maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish. Oldingi tahrirga qarang. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar: (21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi; ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi; bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi; bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi; maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi; ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi; Oldingi tahrirga qarang. qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun mo‘ljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirishi shart; (21-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin. (21-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi: (22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; Oldingi tahrirga qarang. bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish; (22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish; bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish; umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash; ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish. Oldingi tahrirga qarang. 23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 24. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish (6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi. (25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish: tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lmagan bolalar: (25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bola qonuniy vakilining arizasi; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti uchun); (25-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarga, shuningdek qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi: (25-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bola qonuniy vakilining arizasi; tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. 26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan hamda inklyuziv guruhlarda bo‘lish davri, korreksion ishlari muddati tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. (26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi: (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik; shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari; tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar; turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari; asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik; yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi. Oldingi tahrirga qarang. 271. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlardan quyidagilar asosida chiqariladi: bolani qonuniy vakillarining arizasi; sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari; maktabgacha ta’lim tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi; maktabgacha ta’lim tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi; Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugashi; maktab yoshiga yetishi (7 yosh). (271-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish (7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan belgilangan davlat talablariga muvofiq bolalar ta’lim olishi, tarbiyalanishi, parvarishlanishi va sog‘lomlashtirilishini ta’minlaydi. (28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi. (29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi. Oldingi tahrirga qarang. 31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot qonunchilikka hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi. (31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 32. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yo‘nalish asosida bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi. (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 33. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi: (33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) ta’limning korreksion yo‘naltirilganligi; ijtimoiy moslashuvi; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish. Oldingi tahrirga qarang. 34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi. (34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 35. Bolalar tashkilotda bo‘lish vaqtiga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar: bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat); to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat); bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin. (35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning bo‘lish vaqti uning ustavida va muassis qarorida belgilanadi. (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola ushbu tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. (37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus maktabgacha ta’lim bo‘yicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagog kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. (38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 39. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi. (39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish (8-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 40. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. (40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 41. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma asosida o‘tkaziladi. (41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 42. Tibbiyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi. 43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini o‘tkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olib yakka tartibda o‘tqaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda bolaning bo‘lish muddati tugaganidan so‘ng uning qonuniy vakillari yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan har bir bolaning tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi. (44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 45. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. (46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. (47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sog‘liqni saqlash organlarining muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. (48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda guruhlarni to‘ldirish (9-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 49. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi: (49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun; eshitishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun; ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun; psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun; Oldingi tahrirga qarang. aqli zaif bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun; (49-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun. 50. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi: kar tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; zaif eshituchi tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; ko‘zi ojiz tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; zaif ko‘ruvchi yaxshi ko‘rmaydigan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi; gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqliy zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi. Oldingi tahrirga qarang. 51. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar yoshi bo‘yicha to‘ldiriladi. (51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 52. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi: (52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan (zaif ko‘ruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan) 3 nafar bola; (52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan (ambliopiya bilan, ko‘zi g‘ilaylik, yoki nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola; (52-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan 3 nafar bola; kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, ko‘pi bilan psixik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola. Oldingi tahrirga qarang. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab to‘ldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi: (52-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) kar bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola; zaif eshituvchi bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola; ko‘zi ojiz bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola; zaif ko‘ruvchi bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola; tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda –kamida 15 nafar va ko‘pi bilan 18 nafar bola; gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar bola; bolalar tserebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar bola; Oldingi tahrirga qarang. yengil darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; o‘rta darajada aqli zaif bo‘lgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; (52-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi; psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va ko‘pi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va ko‘pi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi. 53. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. 10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish (10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 54. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi. (55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 11-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish (11-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi: (56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Oldingi tahrirga qarang. maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi; (56-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. (56-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 57. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi. (57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 58. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik ta’minlash muassis mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. (58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 59. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi qonunchilikda belgilangan miqdorda undiriladi. (59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 60. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlari o‘zi ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha to‘lanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 61. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalarning bolalarini parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlar asosida qonunchilikda belgilangan miqdorlarda olinadi. 62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar ro‘yxati qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi. (60 — 62-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi. Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi. (63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. (64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi. Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi. (64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot tegishli davlat organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi. (65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi. (66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son) Oldingi tahrirga qarang. 12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi (12-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish qonunchilikka, ushbu Nizomga va mazkur tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. (67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat: (68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Pedagogik kengashi; Kuzatuv kengashi; Oldingi tahrirga qarang. davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari. (68-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlar o‘z boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi. (68-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagogik kengashi: davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. (69-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi: davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi; davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. (70-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 71. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. (71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 72. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi. (72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 73. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning yoki qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari hisoblanadi. (73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 74. Direktor davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi (74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 75. Direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi. (75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonunchilikda, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. (76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilot rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. (77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda psixolog, tibbiyot va pedagog xodimlardan iborat tibbiy-psixologik-pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat ko‘rsatadi. (78-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi: bola qabul qilinganda uning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan individual yo‘nalishni ishlab chiqadi; individual yo‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat bo‘lsa, unga o‘zgartishlar kiritadi; korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi; Oldingi tahrirga qarang. bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda bo‘lgan muddat davomida uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqadi; (78-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bolaning bo‘lish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda bo‘lishini davom ettirish yuzasidan uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi. (78-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 13-bob. Yakunlovchi qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi. (79-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 80. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (80-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 4-ILOVA Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom (4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 2. Komissiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) huzurida tashkil etiladi. Komissiya o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 3. Komissiya quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi: Oldingi tahrirga qarang. rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni aniqlash; (3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik tekshiruv (keyingi o‘rinlarda tekshiruv deb ataladi) o‘tqazish va tekshiruv natijalari bo‘yicha ularga tibbiy-psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishga doir tavsiyalar tayyorlash, ularni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish; (3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) avval berilgan tavsiyalarni tasdiqlash, ularga aniqlik kiritish yoki ularni o‘zgartirish. 4. Komissiya o‘z faoliyatini xolislik, shaffoflik, oshkoralik va bamaslahat ishlash tamoyillari asosida amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. 5. Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish 6. Komissiya rais, rais o‘rinbosari, Komissiya a’zolari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi. 7. Komissiya tarkibi va ish jadvali maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 8. Komissiyaga rais — maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organining rahbari rahbarlik qiladi. Sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Komissiya raisi o‘rinbosari etib tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis Komissiya kotibi etib tayinlanadi. Komissiya tarkibiga pediatr, nevrolog, psixonevrolog, ortoped-travmatolog, oftalmolog, otolaringolog, defektolog, pedagog-psixolog, shuningdek maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mutaxassis kiradi. Zarurat bo‘lsa, raisning qarori bilan Komissiya tarkibiga boshqa mutaxassislar kiritiladi. 9. Komissiya raisi: ushbu Nizomga muvofiq Komissiya ishini tashkil etadi va faoliyatiga rahbarlik qiladi; Komissiya mutaxassislariga ijro etish majburiy bo‘lgan topshiriqlar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi; bolaning ota-onalarini yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) Komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, joylashgan joyi, Komissiya ish tartibi va jadvali haqida xabardor qiladi; Komissiya ishini tashkil etishni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi; Oldingi tahrirga qarang. davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan Komissiya tavsiyalari hisobga olinishi ustidan monitoring olib boradi. (9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Komissiya raisi quyidagilar uchun javob beradi: Komissiya faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish; vazifalarni bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan va bolalar hamda ularning qonuniy vakillari huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik; tekshiruv o‘tkazishda bolalar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash. Oldingi tahrirga qarang. 10. Komissiya yig‘ilishi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Komissiya yig‘ilishini o‘tkazish davriyligi murojaatlar soniga va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda bo‘sh joylar borligiga qarab, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ma’lumotlar bazasi tahlili asosida aniqlanadi. (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Komissiya yig‘ilishi unda Komissiya a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya kotibi Komissiya a’zolarini Komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana haqida kamida uch kun oldin xabardor qiladi. Komissiya sayyor yig‘ilishlar o‘tkazishga haqli. 11. Komissiya a’zolari Komissiya ishida qatnashadi va uning qarori qabul qilinishida ovoz beradi. Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovoz berish huquqiga ega. Ovozlar teng bo‘lib qolganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 12. Tekshiruv natijalari, shuningdek, Komissiyada bolalarni tekshirish bilan bog‘liq ma’lumot maxfiy hisoblanadi. Bolalarning qonuniy vakillari roziligisiz ushbu ma’lumotning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 13. Bolalarni tekshirish, ularning qonuniy vakillariga Komissiya mutaxassislari tomonidan maslahat berish bepul amalga oshiriladi. 14. Komissiya faoliyatini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari tomonidan tegishli jihozlar va inventar bilan jihozlangan alohida xona ajratiladi. 3-bob. Komissiyaning tekshiruvi va xulosasini berish tartibi 15. Bolani tekshiruvdan o‘tkazish uchun Komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) bolaning qonuniy vakili arizasi; b) bolaning qonuniy vakillari pasportining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi; v) bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi; g) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi; d) davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma, quyidagi mutaxassislarning xulosalari bilan birga: pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi; psixonevrologning xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun), unga psixonevrologik dispanserning gerb tushirilgan muhr bilan tasdiqlangan ma’lumotnomasi ilova qilinadi; otolaringologning xulosasi (faqat eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi, nutq va shivirlab aytilgan gapni qabul qilish haqidagi ma’lumotlar, audiogramma ma’lumotlari ilova qilinadi; oftalmologning xulosasi (faqat ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga tashxisning keng izohi bilan ko‘rish organlarining tavsifi ilova qilinadi; ortoped-travmatologning xulosasi (faqat tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga tashxisning keng izohi bilan rentgenologik tadqiqot ma’lumotlari ilova qilinadi; defektolog-logopedning xulosasi (faqat nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun), unga til tizimining har bir komponenti shakllanish darajasi ko‘rsatilgan holda nutq rivoji tavsifi ilova qilinadi. Komissiyaga taqdim etiladigan bolaning rivojlanishi tarixidan ko‘chirmaning ishonchliligi uchun davolash-profilaktika muassasasining uni tasdiqlagan bosh vrachi shaxsan javob beradi. Bolalar tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir oy davomida Komissiyadan o‘tadi. 16. Bolaning tibbiy kartasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida bolalar Komissiyaning har bir mutaxassisi tomonidan yakka tartibda yoki bir nechta mutaxassislar tomonidan bir vaqtda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 17. Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab etish taqiqlanadi. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 18. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra Komissiyaning yig‘ilishida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish bo‘yicha xulosa berish yoki buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 19. Komissiyaning xulosasi, agar Komissiyaning yig‘ilishida bolaning asosiy tashxisi bo‘yicha tegishli mutaxassis qatnashmagan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblanadi. 20. Komissiyaning xulosasida quyidagilar ko‘rsatiladi: bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ma’lumotlari; bola qonuniy vakillarining pasportiga oid ma’lumotlar; bolaning yashash manzili; xulosa, bolaga qo‘yilgan tashxisi bilan; Oldingi tahrirga qarang. bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish muddati; (20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) bola o‘qitiladigan til. Oldingi tahrirga qarang. Xulosa bolaning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonining og‘irlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi; (20-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Agarda bola joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lsa unga, belgilangan muddatlardan istisno holda, joriy o‘quv yili tugaguniga qadar (sentyabr — may) muddatiga beriladi. (20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. Bu muddat davomida bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi yo‘llanmasi yoki pedagogik kengashi tavsiyasi bo‘yicha Komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. Xulosada ko‘rsatilgan bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ushbu tashkilotda uning bo‘lish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy turdagi maktabgacha tashkilot (guruh)ga o‘tkazish masalasi Komissiya tomonidan belgilanadi. (20-bandning o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 21. Komissiyaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga ilovada ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi: (21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 3 yoshdan 7 yoshgacha; (21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) eshitishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha; tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha; nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha; psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha; aqli rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha. 22. Komissiyaning bayonnomalari va xulosasi tekshiruv o‘tkazilgan kun rasmiylashtiriladi, mutaxassislar va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. Oldingi tahrirga qarang. 23. Komissiyaning xulosasi asosida Komissiya kotibi bolani 1 ish kuni davomida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’lim axborot tizimining maxsus ishlab chiqilgan xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakiliga bola navbatga joylashtirilganligi yoki ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida Komissiya kotibi tomonidan xabar beriladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar olgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakili tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga 15 ish kuni ichida kelishi shart. Bolaning qonuniy vakili yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida kelmagan taqdirda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida ro‘yxatdan o‘tish qayta tiklash huquqisiz bekor bo‘ladi. (23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 24. Komissiyaning xulosasi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga, umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi inklyuziv guruhlariga rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lmagan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotga rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan yo‘llanmasi asos hisoblanadi. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 25. Komissiya xulosalari va ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yil davomida saqlanadi. (25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 4-bob. Yakunlovchi qoidalar 26. Komissiya faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. (27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi komissiya to‘g‘risidagi nizomga ILOVA Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar RO‘YXATI
Download 312.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling