Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari


Bir jinsli jismlar og‘irlik markazining koordinatalari


Download 422 Kb.
bet8/21
Sana14.08.2023
Hajmi422 Kb.
#1667104
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari

28.Bir jinsli jismlar og‘irlik markazining koordinatalari.
Bir jinsli jism biror bo’lagining og’irligi uning hajmiga proporsional bo’lsin. Bu holda: Gv = γ·Vv (7.7)
bunda γ - bir birlik hajm og’irligi; Vv - jism ν-bo’lagining hajmi.

Koordinatalari formula bilan aniqlanadigan nuqta jism hajmining og’irlik markazi deyiladi..


Jism yuzasi og’irlik markazining koordinatalarini aniqlash formulasi quyidagicha;


29.Oddiy jismlarning og‘irlik markazini hisoblash usullari.
Jism og’irlik markazining koordinatalarini aniqlash usullari quyidagilardan iborat:
1.Simmetriya usuli. Agar jism simmetriya tekisligiga, simmetriya o’qiga, simmetriya markaziga ega bo’lsa, uning og’irlik markazi mos ravishda simmetriya tekisligida, o’qida, markazida yotadi.
2.Ajratish usuli. Agar jismni og’irlik markazi ma’lum bo’lgan chekli Bo’laklarga ajratish mumkin bo’lsa, formulalardan foydalanib jism og’irlik markazining koordinatalari aniqlanadi.
3. To’ldirish usuli. Bu holda jismni og’irlik markazi ma’lum bo’lgan chekli Bo’laklar bilan to’ldiriladi, so’ngra formulalar yordamida jism og’irlik markazining koordinatalari topiladi.
4. Integrallash usuli. Agar yuqoridagi usullarni qo’llash mumkin bo’lmasa, jismdan elementar bo’lakcha ajratib olinadi. Bu holda (7.8) quyidagi ko’rinishni
oladi:

30.Kinemtika haqida tushunchalar. Nuqta harakatining berilish usullari.
Nazariy mexanikaning kinematika bo‘limida jismlaming harakati bu harakatni vujudga keltiruvchi kucblarni nazarda tutilmay, faqat geometrik nuqtayi nazardan tekshiriladi. Kinematika so‘zi grekcha «kinema» so'zidan olingan bo'lib, harakat degan m a ’noni anglatadi. Kinematikada harakatning aniqlanish usullari, harakatni kinematik xarakterlaydigan kattaliklar (trayektoriya, tezlik va tezlanishlar) aniqlanadi. Jismning harakatini kinematik usulda aniqlash texnikada turli mäshina va mexanizmlär qismlarining harakatini o‘rganish uchun nazariy baza bo‘lib xizmat qiladi. XIX asrboshlarida texnikaning tez taraqqiy etishi va shu jumladan, mashinasozlikning rivojlanishi, jism harakatini geometrik tekshirish masalasini ilgari surdi. Shu davrdan boshlab kinematika nazariy mexanikaning mustaqil qismi bo‘lib ajraldi.
Mоddiy nuqtаhаrаkаti 4 tа usuldа berilаdi: 1) vektоr; 2) kооrdinаtа; 3) tаbiiy; 4) qutb

Download 422 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling