Umumiy tushunchalar
Download 55 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dasturiy ta’minot turlari.
- 2. Amaliy dasturiy ta’minot.
- MS Office 2003 Windows Vista MS Office 2007 Windows 7 MS Office 2010 Windows 8.1 MS Office 2013
3-MAVZU. NEFT VA GAZ ISHI SOHASIDA FOYDALANILADIGAN DASTURIY MAHSULOTLAR Reja: 1. Dasturiy ta’minot turlari. 2. Amaliy dasturiy ta’minot. 3. Uskunaviy dasturiy ta’minot. UMUMIY TUSHUNCHALAR Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to‘plami tushuniladi. O‘z o‘rnida dasturiy ta’minot – kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Aniq kompyuterni qo‘llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dastur – bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo‘ladi. Kompyuterning birorta ham qurilmasi yo‘qki, dastursiz ishlaydigan. Kompyuterning har bir qurilmasi uchun maxsus dasturlar yoziladi. Demak, kompyuter kompyuterdek faoliyat ko‘rsatishi uchun unda zarur qurilmalar mavjud bo‘lishi hamda bu qurilmalarga mos dastur bo‘lishi lozim ekan. Kompyuterning barcha qurilmalar to‘plamini bir so‘z bilan “texnik qism” yoki “texnik ta’minot” deb ataymiz. Kompyuter qurilmalari va bizning amaliy ish qilishimiz uchun oldindan yozib qo‘yilgan hamda kompyuterga tatbiq etilgan dasturlar to‘plamini biz “dasturiy qism” yoki “dasturiy ta’minot” deb ataymiz. Kompyuterning texnik ta’minoti (Hardware, техническое обеспечение); Kompyuterning dasturiy ta’minoti (Software, программное обеспечение). Kompyuterning texnik ta’minotiga quyidagilar kiradi: 1) kompyuterning asosiy qurilmalari; 2) kompyuterga qo‘shimcha ulanadigan qurilmalar. 1. Dasturiy ta’minot turlari. Kompyuterning dasturiy ta’minotiga quyidagilar kiradi: 1) tizimli dasturiy ta’minot; 2) amaliy dasturiy ta’minot; 3) uskunaviy dasturiy ta’minot Tizimli dasturiy ta’minot, ya’ni tizimli dasturlar kompyuterning ish faoliyatini avtomatik boshqarib turadi va nazoratda ushlab turadi. Ya’ni, kompyuterni ishga tushiradi, ish jarayonini tekshirib turadi, xatolik yuzaga kelsa, foydalanuvchiga xabar beradi, axborotlarni tashqi xotiraga saqlab beradi, qolaversa, kompyuterni xavfsiz o‘chiradi. Tizimli dasturiy ta’minotning o‘zi ham ikkiga bo‘linadi: 1) boshqaruvchi tizimli dasturiy ta’minot; 2) xizmat ko‘rsatuvchi tizimli dasturiy ta’minot. Boshqaruvchi tizimli dasturiy ta’minotga OPERATSION SISTEMALARNI yaqqol misol qilib ko‘rsatish mumkin. Xizmat ko‘rsatuvchi tizimli dasturlarga esa drayverlar, servis dasturlar, operatsion qobiq dasturlar, utilitalar kiradi. Masalan, Windows operatsion sistemasi – bu boshqaruvchi tizimli dastur; Antivirus, arxivator, Total Commander, drayverlar – bular xizmat ko‘rsatuvchi tizimli dasturlardir. 2. Amaliy dasturiy ta’minot. Muayyan soha vakillari ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan dasturlar amaliy dasturlar deb ataladi. Masalan, matematiklar o‘zlarining hisob-kitoblarini Windows kalkulatori, MS Excel yoki boshqa amaliy dasturlar orqali amalga oshirishlari mumkin. Nashriyot xodimlari esa PageMaker, MS Word, Bloknot va shunga o‘xshash matn muharrirlaridan foydalanishlari mumkin. Foto-reklamachilar uchun MS Paint, Corel Draw, Photoshop, MS PowerPoint kabi amaliy dasturlar yordamga keladi va hk. Lekin hech qaysi amaliy dastur tizimli dasturlarsiz, ya’ni operatsion sistemasiz ishlay olmaydi. Operatsion sistema o‘rnatilgandan keyingina amaliy dasturlarni o‘rnatish va undan foydalanish mumkin. Ba’zi amaliy dasturlar bir OS da ishlasa, boshqasida ishlamaydi, masalan, Windows uchun yozilgan biror amaliy dastur Android yoki Unix OSda ishlamasligi mumkin va aksincha. Windows 95 MS Office 97 Windows NT Windows 98 Windows 2000 MS Office 2000 Windows Me Windows XP MS Office XP Windows 2003 MS Office 2003 Windows Vista MS Office 2007 Windows 7 MS Office 2010 Windows 8.1 MS Office 2013 Windows 10 MS Office 2016 Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling