Umumiy yo'riqnoma
Download 86.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy yo\'riqnoma - Mfaktor
Qiladigan vazifalari:
• Umumiy qoidalarga amal qilish; • Baza bilan to’g’ri ishlashi, datalarni saqlashda aniq sana va nom bilan ishlash (izlash, qayta ishlash va hisobotga qulaylik keltirishi uchun) • Har bir tayyorlangan dizaynni tasdiqlatish (dizayn feedback guruhi orqali); • Tayyorlangan dizaynni loyiha rahbari orqali kompaniya rahbariga imkon qadar tezroq tasdiqlatishini ta’minlash; • Doimiy ravishda dizaynga bog’liq yangiliklardan xabardor bo’lish va ularni o’rganish; • Ta’til yoki dam olish kunlari chiqadigan post dizaynlarini kamida 5 kun • TZ’larini so’rab olish va to’g’ri taqsimlash; • Keyingi kun rejasi va kun tartibini bir kun oldin google kalendarga joylash; • Deadline bilan to’g’ri ishlash, ya’ni berilgan vazifasini ehtimoliy barierlarini hisobga olgan holda oldindan bajarish, muammoni hal qilish uchun mas’ullarga o’z vaqtida yetkazishni ta’minlash; • Rahbariyat va mas’ullar tomonidan aytilgan vazifani o’z vaqtida bajarish; • Favqulotda ishga kela olmasa boshqaruv rahbarini avvaldan ogohlantirish; • Bo’limda kimdir ishga kela olamasa uning ASAP vazifasini boshqa dizaynerga yuklash; • Jamoadoshlar va mas’ullar tomonidan berilgan feedbacklarni to’g’ri qabul qilish; • Oldin qilingan xatolarni takrorlamaslik; • O’zidan keyingi kelgan xodimga jarayonni to’liq o’rgatish, xatolariga birdek javob berish; • Doimiy ravishda o’z ustida ishlash; • “Men aytgandim, qilib berishmadi”, “ogohlantirgandim”, “uzr” degan so’zlarni ishlatmaslik. Chunki, Bu sizning muammoingiz! Har qanday ehtimolni oldindan his qilish; • Rahbariyatni aralashuvisiz ishlash ya’ni mustaqil firklash va ziyrak bo’lish; • TZlar berilgandan so’ng 10 ish daqiqa ichida qabul qilish; • Kunlik hisobotni har kuni ishdan keyin bo’limdagilardan qabul qilish, haftalik hisobotni har hafta shanba kuni rahbariyat bilan birga qabul qilish; • Haftalik hisobotlarni to’plagan holda, oylik hisobot tuzib, xulosa va fikrlar yozish oy yakunida rahbariyatga taqdimot qilib yoki hisobot ko’rinishida berish; • Ishdan bo’shashga zarurat tug’ilsa (6oy) oldin ogohlantirish va o’rniga munosib o’rindosh (shogird) tayyorlab ketish. (Uning tayyorlik holatini jamoadagilar belgilaydi.) • Marketolog yoki loyiha rahbari tomonidan berilgan vazifalarni, ya’ni barcha dizayn ishlarini o’z vaqtida va professional tarzda tayyorlanishini ta’minlash; • Loyiha rahbari sizga raqobatchilarning ijtimoiy tarmog’ini ko’rsatganda, kompaniya raqobatchilarining posterlarini, dizaynlarini o’rganib, boshqacha usulda dizaynlar tayyorlash; • Har bitta ijtimoiy tarmoq uchun mos keluvchi posterlar va boshqa dizaynlarni tayyorlagan holda, obunachilarning kompaniya brendiga sodiqlikni oshirish, shunchaki rasmlar orqali kompaniya mijozlarida yaxshi fikr uyg’otish va kreativlikni ko’rsatib berish. • Nima muhimligini ajrata olgan holda, vaqtdan unumli foydalanish; • Bo’limda jamoani kimdir orqaga tortsa u bilan alohida shug’illanish va rahbariyatni ogohlantirish; • Xodimlar kamligi yoki yuklatilayotgan vazifalarning oz, ko’pligini nazorat qilish, imkon bo’lsa qo’shimcha vazifalar bilan ta’minlash; • Dizaynerlarning o’z ustida ishlashi uchun doimiy resurslar bilan ta’minlash; • Xodim olishga ehtiyoj bo’lsa rahbariyatga yoki HR bo’limiga kechikmasdan xabar berish, chunki, xodim darxol bozordan sotib olinadigan narsa emas; Download 86.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling