Umumlashtiruvchi dars Maqsad


Download 21.36 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi21.36 Kb.

Umumlashtiruvchi dars

Maqsad –

a) Tarbiyaviy  maqsad:  o’quvchilarga  vatanparvarlik  ruhini  singdirish,

mehr-oqibat, insof, adolat, kattalarga hurmat tushunchalarini o’rgatish;

b) Ilmiy  maqsad:  so’zlarning  munosabat  ksakllari,  yordamchi  so’z

turkumlari bo’yicha o’rganilgan mavzularni takrorlash umumlashtirish;

c) Rivojlantiruvchi  maqsad:  o’quvchilarning  olgan  bilim,  ko’nikma,

malakalarini sinash, iqtidor va salohiyatlarini ko’rsatishga undash.

Darsning jihozi:

Jadvallar, tarqatmalar, test savollari, rangli suratlar.



Darsning borishi:

I.

Tashkiliy  qism:  guruhlarga  bo’lingan  o’quvchilar  o’z  guruhlarini,

guruh sardorlarini tanishtirishadi.

1-guruh – “Sifat”       – Gaffurova Nozila

2-guruh – “Son”        – Nurmaxmadov Muso

3-guruh – “Olmosh” – Qudratova Aziza

Darsning rejasi:

1. “Topqirlar” bellashuvi

2. “Bilimdonlik” sinovi

3. “Klaster” usuli

4. “Yordam bering” o’yini

5. “Tez aytishni tez-tez ayt”

6. Rasm asosida matn yaratish.

7. Boshqotirma.

8. Dars yakuni: o’quvchilarni baholab, uy ishini berish.

1. “Topqirlar”  bellashuvi.  Hamma  guruhga  shart  bir  xil:  nuqtalar  o’rniga

tushirib, qoldirilgan unlilarni yozing. (topshiriqda berilgan gaplar tayyor

holda tarqatiladi).

1. Shirin  uyqidan  voz  kechib,  kitoblarga  oshno  bo’lgan  inson  kamolotga

erishadi.

2. Xalq  uchun  o’z  umrini  baxshida  etgan  insonning  nomi  hech  qachon

unutilmaydi.



2.”Bilimdonlik” sinovi. (og’zaki).

 

O’tilgan mavzular bo’yicha savollarga og’zaki javob berib balla to’plash



lozim.

1. Qadimda  so’zlar  qanday  guruhlarga  bo’lingan?  –  ismlar,  fe’llar,

yordamchilar.

2. Ismlar  deganda  qaysi  so’z  turkumlari  tushuniladi?  –  ot,  sifat,  son,

olmosh.

3. Egalik  qo’shimchalari  deb  qanday  qo’shimchalarga  aytiladi?  –  Ismlarga



qo’shilib,  asos  qismda  ifodalangan  narsa,  belgi  –  xususiyat,

harakat-holatlarni  uch  shaxsdan  biriga  tegishliligini  bildirgan

qo’shimchalar egalik qo’shimchalari hisoblanadi.

4. O’zbek tilida nechta kelishik bor? – 6 ta

5. Turlanish nima? - ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda

hamda kelishik qo’shimchalarini olib o’zgarishi turlanish deyiladi.

6. Bosh  kelishik  shakli  qanday  so’roqlarga  javob  bo’ladi?  –  kim?,  nima?,

qayer?.


7. Ismlarni  kesimga  xoslovchi  shakllar  qaysilar;  -  man,  -  san,  -  dir,

qo’shimchalari,  bo’moq,  sanalmoq,  ekan,  emish,  emas,  kerak,  lozim,

shart so’zlari.

8. Ko’makchi,  bog’lovchi  va  yuklamalar  qanday  so’zlar?  –  yordamchi

so’zlar.

9. Mustaqil so’z turkumlari nechta? – 6 ta

10.

“Vatan”  so’zi  qaysi  tildan  olingan,  ma’nosini  ayting  arab  tilidan



“ona yurt” degan ma’noni bildiradi.

3. “Klaster” usuli.

“Klaster”  usulida  berilgan  topshiriq  o’rganilgan  mavzular  asosida

tayyorlangan.



4. “Yordam bering”. o’yini.

Dilnoza  dugonasinikiga  borsa,  eshikda  qog’ozchada  shunday  yozuv  bor

ekan. Uni o’qishda yordam bera olasizmi?

  Midtuk  gnidamlek,  agtolug’sham  midtek.  (Kutdim  kelmading,

mashg’ulotga ketdim.)

5. “Tez aytishni tez-tez ayt”.

1. Uchta usta ishga tushdimi?

Usta uchda ishga tushdimi?

2. Sharif Sharofatni sharaflab she’r o’qidi.

3. Qayiqqa ayiq chiqdimi, qayiq qirg’oqqa chiqdimi?

Boshqotirmani ro’g’ri yechsangiz, kalit so’zni topasiz.



8. Dars yakuni:

 

Guruh  o’quvchilarining  to’plagan  ballari  umumlashtiriladi,  g’olib  guruh



aniqlanadi. O’quvchilar baholanadi.

9. Uyga vazifa:

Takrorlash.

 

Har bir to’g’ri javob “5” ball tizimida baholanadi.



6. Rasm asosida matn yaratish.

3  guruhga  ham  rangli  suratlar  beriladi.  Ular  kelishik  qo’shimchalari,  egalik

qo’shinchalari, olmoshlarni ishtirok etkazib matn yaratadilar.

1-guruh 


2-guruh 

3-guruh


“Sifat”                             

  “Son” 


 “Olmosh”

7.Boshingni qotir – dadilroq gapir!

1. O’xshatish, qiyoslash ma’nosini bildiruvchi ko’makchi.

2. Fikr mavzusi ma’nosini ifodolovchi ko’makchi.

3. Chegara ma’nosini bildiruvchi ko’makchi.

4. Chegara ma’nosini ifodolovchi ko’makchi.

i

b



a

k

a



d

i

s



i

r

g’



o’

t

n



o

m

o



t

r

a



d

a

q



a

r

o’



k

i

r



a

s

n



u

ch

u



5. Vazifadosh ko’makchi.

6. Sabab, maqsad ma’nosini ifodolovchi ko’makchi.

7. Yo’nalish ma’nosini ifodolovchi ko’makchi.

Samarqand shahar

66-umumta’lim maktab

Ona tili va adabiyot o’qituvchisi

Raximova Adolatning

7-“A” sinfida II-chorak bo’yicha

ona tili fanidan umumlashtiruvchi

ochiq hisobot dars ishlanmasi




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling