Umumlashtiruvchi ochiq hisobot darsi Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 52.73 Kb.

Sana09.02.2017
Hajmi52.73 Kb.

Umumlashtiruvchi ochiq hisobot darsi

      Darsning maqsadi:

     Ta’limiy maqsad:

     O’quvchilarda o’tilgan mavzular haqida bilimlarni shakllantirish,

ularga mazkur mavzular bo’yicha misol va masalalar yechishni

o’rgatish.



     Tarbiyaviy maqsad:

     O’quvchilarni o’zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash,

bir-birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va

berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib

toptirish.

     Rivojlantiruvchi maqsad:

     O’quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga,

xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, firkini aniq ifodalashga

o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish.



     Darsning jihozi:

     Darslik, tarqatma materiallar, krasvordlar va test savollari yozilgan

varaqalar, rag’bat uchun kartochkalar.

     Dars tipi: aralash dars.

     Dars turi: noan’anaviy.

     Darsda qo’llaniladigan metodlar:

     “Kichik guruhlarda ishlash”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “

YETTI

MO’JIZALI 7X7”.



Darsning tashkil etilishi:

     O’quvchilar sinfga kirib tanlagan emblimalari orqali guruhlarga

bo’linib, stollarga o’tiradilar.

1- guruh: “Kvadratlar”.

2- guruh: “To’g’ri to’rtburchaklar”.

3- guruh: “Uchburchaklar”.

Darsning borishi:

     Tashkiliy qismdan so’ng o’quvchilar bilan birgalikda guruhlarda

ishlash uchun amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar ishlab chiqiladi.

     Intizom, vaqtga rioya qilish, asosli va mantiqli fikr bildirish, fikrni

takrorlamaslik, o’zaro hurmat, o’ng qo’l qoidasi, to’g’ri javob uchun

rag’bat.


     Rag’bat uchun 3 xil shakldan foydalaniladi.

Qizil kvadratchalar- “5” ball.

     Ko’k kvadratchalar- “4” ball.

     Sariq uchburchakchalar- “3” ball.

     Guruh a’zolari har bir olgan rag’bat kartochkasini stol ustidagi

maxsus yer maydonchasiga qo’yib boradilar. Dars so’ngida esa, rag’bat

kartochkalari orqali har bir guruh ballari guruh a’zolarining o’zlariga

hisoblantiriladi va hisoblaganlari teshiriladi.

     O’qituvchi: - Hurmatli o’quvchilar, sizlar bilan “Eng sodda

geometric shakllar”, “Kesma va uning xossalari”, “Perpendikulyar

to’g’ri chiziqlar”, “Uchburchaklar tengligining alomatlari”, “Siniq

chiziqlar”, “Aylana” kabi mavzular bilan tanishib chiqdik. O’tilgan

mavzular bo’yicha bilimingizni sinab ko’rish maqsadida “Yetti mo’jizali

7x7” mavzusidagi mustahkamlovchi ochiq dars shartlariga

javoblaringizni eshitamiz.



I shart – “Yetti mo’jizali 7x7” savollari.

     Bu shartda har bir guruhga ikkitadan savollar beriladi. Berilgan

savollarga guruh a’zolari to’g’ri va aniq javob berishlari kerak.

O’quvchi: Kamalakning yeti xil rangi ko’rsatiladi.

Yetti rangda jilolanib,

     Kamalakdek tovlanamiz.

       Do’stlarimiz bilan bu kun,

      Yetti shartda bellashamiz!

     I guruh uchun:

1- savol: dunyoning yeti mo’jizasi: (yeti mo’jiza sanab beriladi).

1. Misr ehromlari. 2. Bonil osman bog’lari. 3. Artimeda

ibodatxonasi. 4. Gilikarnosdagi dahma. 5. Zevs haykali. 6. Kolas

haykali. 7. Iskandariya mayog’i.

2- savol: moddaning yetti holati.

1. Qattiq. 2. Suyuq. 3. Gaz. 4. Plazma. 5. Neytron moddasi. 6.

Epiplazma holati. 7. Fizik vakum holati.

     II guruh uchun:

1- savol: Musiqaning yeti notasi.

Do- re- mi- fa- sol- lya- si.

2- savol: Insonning yeti avlodi.

III guruh uchun:

1- savol: Yetti xazina. (O’quvchilar sanab beradilar).

Sigir, asalari, ipak qurti, objuvoz, tegirmon, o’rmon, tovuq.

2- savol: Hafta kunlari. (Sanab o’tiladi).


Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba,

yakshanba.

II shart- “Matematika tarixiga nazar”.

     Bu shartda har bir guruh a’zolari bir- birlariga uchtadan

matematika tarixiga oid savollar berishadi.

I guruh uchun:

SAVOLLAR.

1. Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar qachon paydo bo’lgan?

2. Geometriyaning dastlabki teoremalarini isbotlagan olim kim?

3. Platon akademiyasining peshtoqiga qanday shior osib qo’yilgan?

4. Ahmad al- Farg’oniy tomonidan yaratilgan “Nilometr” asbobi

qachon va qayerda yaratilgan?



JAVOBLAR.

1. Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar, bundan 4- 5 ming

yil muqaddam qadimgi Misrda paydo bo’lgan.

2. Geometriyaning dastlabki teoremalarini isbotlagan olim bu-

qadimgi Yunonistonning 7 donishmandlaridan biri bo’lgan

Militlik Fales.

3. Platon akademiyasining peshtoqiga “Geometriyani

bilmaydiganlar uchun bu maktabga yo’l yo’q” degan shior

osib qo’yilgan.

4. Ahmad al- Farg’oniy tomonidan yaratilgan “Nilometr”

asbobi 861- yili Qohira shahri yaqinida Nil daryosidagi suv

sathini o’lchash uchun yaratilgan.



II guruh uchun:

SAVOLLAR.

1. Astrolyabiya (Asturlob)- qanday asbob, u qachon va kim

tomonidan yaratilgan?

2. Astrolyabiya asbobining radiusi qancha?

3. Astrolyabiya asbobi yordamida Ulug’bek qancha yulduzning

o’rnini aniqladi.

4. 2005- yilda Samarqanddagi Abdullaxon madrasasi gumbazidagi

koshin naqshlarni ko’zdan kechirgan Garvard universitetining

aspiranti Piter Lu nimani ko’rib hayratlandi?

JAVOBLAR.


1. Astrolyabiya (Asturlob)- burchak o’lchaydigan asbob bo’lib u

qadimgi yunon astronomiGipparx tomonidan eramizdan 180- 125 yil

avval kashf qilingan.

2. Astrolyabiya asbobining radiusi 42 metr bo’lgan.

3. Astrolyabiya asbobi yordamida Ulug’bek 1018 ta yulduzning

koinotdagi o’rnini aniqladi.

4. 2005- yilda Samarqanddagi Abdullaxon madrasasi gumbazidagi

koshin naqshlarni ko’zdan kechirgan Garvard universitetining

aspiranti Piter Lu hayratdan yoqasini ushlab qoldi. Uning ko’z

o’ngida 1970- yilda kashf qilingan deb hisoblangan, Penrouz

naqshlari deb nomlangan murakkab geometric shakllar turar edi.

Bizning me’mor ajdodlarimiz aqlu- zakovatda o’z davridan besh asr

ilgari ketib fanga yaqindagina kiritilgan murakkab geometric

shakllarni bilibgina qolmasdan, ulardan o’z ishlarida ijodiy

foydalangan ekanda!

III guruh uchun:

SAVOLLAR.

1. Miloddan avval V- VI asrlarda yashab ijod qilgan Fales ismli

faylasuf qanday xossalarning to’g’riligini mantiqiy

mushohida bilan asoslagan?

2. Aksiomalar deb nimaga aytiladi?

3. “5- postulat” aksiomasi kimga tegishli va bu postulat

nechanchi asrda ikki muhim natija bilan yakunlandi?

4. Qanday tasdiqlar o’zaro teng kuchli deyiladi?



JAVOBLAR.

1. Miloddan avval V- VI asrlarda yashab ijod qilgan Fales

ismli faylasuf “Teng yonli uchburchakning asosiga

yopishgan burchaklari teng bo’ladi”, “Deametr aylanani teng

ikkiga bo’ladi” kabi xossalarning to’g’riligini mantiqiy

mushohida bilan asoslagan.

2. Geometriya uchun “poydevor’ vazifasini o’taydigan xossalar

aksiomalar deb ataladi.

3. “5- postulat” aksiomasi Yevklidga tegishli va bu postulat

XIX asrda ikki muhim natija bilan yakunlandi.

4. Matematikada biri ikkinchisidan, ikkinchisi esa birinchisidan

kelib chiqadigan tasdiqlar o’zaro teng kuchli deyiladi.



III shart- Krasvord.

     Bu shartda har bir guruhga 7 ta savoldan iborat krasvord

beriladi. Bu krasvordni belgilangan vaqt ichida bajarishlari

zarur. Agar 7 ta savolga to’g’ri javob topilsa, 1- ustundan

geometriK shaklning nomi kelib chiqadi.



1- guruh uchun:

                                       1.

                                       2.

K

V



                                       4.

D

O’



B

A

T



A

R

O



I

R

A



X

O

R



A

Z

M



I

Y

P



I

R

A



M

I

D



A

                           7.

T

A

N



O

B

1. Muntazam to’rtburchaklardan tuzilgan fazoviy shakl.



2. Aylana elementi.

3. “Matematika” terminini fanga kiritgan olim.

4. Uchburchak, kvadrat, doira perimetrlari teng bo’lsa, qaysi birining

yuzi katta?

5. Buyuk matematik vatandoshimiz.

6. “Olov shaklidagi jism” ma’nosini bildiruvchi geometric shakl.

7. Qadimgi yer o’lchovi.

2- guruh uchun:

                                       1.

                                       2.

K

V



O’

B

A



T

A

R



                                       4.

D

O



I

R

A



X

O

R



A

Z

M



I

Y

P



I

R

A



M

I

D



A

                           7.

T

A

N



O

B

1. Muntazam to’rtburchaklardan tuzilgan fazoviy shakl.



2. Aylana elementi.

3. “Matematika” terminini fanga kiritgan olim.

4. Uchburchak, kvadrat, doira perimetrlari teng bo’lsa, qaysi birining

yuzi katta?

5. Buyuk matematik vatandoshimiz.

6. “Olov shaklidagi jism” ma’nosini bildiruvchi geometric shakl.

7. Qadimgi yer o’lchovi.

3-guruh uchun:

                                       1.

                                       2.

K

V



                                       4.

D

O’



B

A

T



A

R

O



I

R

A



X

O

R



A

Z

M



I

Y

P



I

R

A



M

I

D



A

                           7.

T

A

N



O

B

1. Muntazam to’rtburchaklardan tuzilgan fazoviy shakl.



2. Aylana elementi.

3. “Matematika” terminini fanga kiritgan olim.

4. Uchburchak, kvadrat, doira perimetrlari teng bo’lsa, qaysi birining

yuzi katta?

5. Buyuk matematik vatandoshimiz.

6. “Olov shaklidagi jism” ma’nosini bildiruvchi geometric shakl.

7. Qadimgi yer o’lchovi.



IV shart- “Charxpalak usuli.”

     Bu shartda 1- guruhga “Kvadrat”, 2- guruhga “To’g’ri

to’rtburchak”, 3- guruhga “Uchburchak” kabi shakllar nomlari

yozilgan varqlar beriladi. Har bir guruh a’zolari mazkur shakllarga

tegishli bo’lgan barcha so’zlarni yozishlari kerak bo’ladi.

V shart- “Qiziqarli boshqotirma”.

     v- shartda har bir guruhga bittadan qiziqarli boshqotira beriladi.



1- guruh uchun:

     1 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni har bir doiraga bittadan shunday

joylashtiringki, har bir qatordagi 4 ta son va 21 ning yig’indisi 63 ni

hosil qilsin.



2- guruh uchun:

     1 dan 13 gacha bo’lgan sonlarni bo’sh doirachalarga shunday

joylashtiringki, oltiburchakning istalgan diogonali, balandligi yoki

istalgan tomonidan uchta sonning yig’indisi 21 bo’lsin.



3- guruh uchun:

1 dan 16 gacha bo’lgan sonlarni bo’sh doirachalarga shunday

joylashtiringki, kvadratlarning har bir tomonidagi 4 ta sonning

yig’indisi hamda kvadratlarning burchaklaridagi 4 ta sonning

yig’indisi 34 ga teng bo’lsin.

VI shart-“she’riy topishmoqlar”.

1- guruh uchun:

Ildizi bor o’smaydi,

Ko’plar uni izlaydi.

Bilimi yo’q bilmaydi,

Nomi uning nimaydi?

(Tenglama).



2- guruh uchun:

Shakli har xil asli teng,

Tadbiqi ham juda keng.

Tengligi serxosiyat,

Nomi uning ….

(Ayniyat).



3- guruh uchun:

Ikki sonning qo’shuvin,

Hisoblasam 40 chiqdi.

Birining 5 foizin,

5 lantirsam 3 chiqdi.

Bu sonlarning kattasin,

Qani topchi biliboq,

Kichigidan kattasi.

Qancha ko’pdir o’ylab boq.

(12 va 28; 16 ta ko’p)



VII shart-“Aqliy hujum” usulu.

“Aqliy hujum” biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari

tomoni bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali

ma’lum bir yechimga kelinadigan samarali usuldir. U to’g’ri va ijodiy

qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga

o’rgatadi.

     “Aqliy hujum”- bitta muammo!-  Har bir “Aqliy hujum” faqatgina

bitta muammoni hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Aqliy hujum

uchun o’quvchilarning yosh xususiyatlari va aqliy faoliyati darajasiga



qarab masala tanlanadi.

O’qituvchi:- Shuning bilan darsimizni yakunlaymiz. Qani aziz

o’quvchilar, ko’raylikchi, kimning ballari yuqori ekan? Hozir har

bir guruhdan bittadan o’quvchi chu\iqib, o’zlaridan keyingi

guruhning ballarini hisoblaydilar. Hisoblash to’g’riligini eksprt

s’zolari tekshiradilar.

     O’qituvchi g’olib guruhni va yaxshi qatnashgan o’quvchilarni

rag’batlantirib baholaydilar.

     Uyga vazifa: 685, 686 va 687- misollar.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling