Umumta‟lim maktablarining 6-sinfda takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi bmining umumiy tasnifi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
zohi to`g`irlangan 2
“O„yin” texnologiyasi. Ma‟lumki, kadrlash tayyorlash milliy dasturining
asosiy talablaridan biri ilg„or pedagogik texnologiyalarni talim jarayoniga olib kirib, o„quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o„rgatishdir. Chunonchi, maktabda o„tiladigan barcha fanlar qatori ona tili fanidan o„tkaziladigan mashg‟ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, ayniqsa, “O„yin texnologiyasi”dan foydalanish yaxshi samara berayotganligi hech kimga sir emas. Shunday ekan,ona tili mashg‟ulotlarida o„quvchi-yoshlarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta‟lim jarayoniga turli xildagi ilg‟or pedagogic texnologiyalar (ta‟limiy o„yinlarni) tatbiq etish lozim. Chunonchi, hozirgi kunda ilg‟or O„qituvchilarning ijodiy izlanishlari natijasida bir qancha zamonaviy ta‟lim usullari ishlab chiqildi 52 . Bu usullardan samarali foydalanish yo„llarini kashf eta olish va amalda qo„llay olishni talab qiladi. Shundagina o„qitish sifati ham, o„quvchilarning o„zlashtirish darajasi ham yuqori bo„ladi. “O„yin” texnologiyasidan ham takrorlash darslariga, shuningdek uyga vazifani so„rash va mustahkamlash bosqichlariga tatbiq etilsa maqsadga muvofiq.chunki umumta‟lim maktablarining 5-, 6-sinflarida bu texnologiyaning qo„llanilishi nisbatan ona tili ta‟limining boshqa bosqichlariga qaraganda samaradorlikka 50 Boqiyeva H. har darsda hamkorlik // Boshlang‟ich ta‟lim. – 2008. 2-son. – B. 28-29. 51 Biz H.Boqiyeva tavsiya etgan namunani so‟z turkumlarini takrorlashga moslashtirib o‟zgartirib berdik. 52 Umumiy o‟rta talimning davlat ta‟lim standarti va o‟quv dasturi. – Toshkent: Sharq, 1999. 1-maxsus son. erishishga qulay va oson. O„quvchilarning yoshi, fiziologik holati, psixologiyasini o„rganish va tahlil qilish natijalari hamda o„tkazilgan tajriba-sinov natijalari shundan dalolat beradi. Demak, bu texnologiyaning tatbiqi o„quvchilarning darsga va mavzuni yaxshiroq o„rganishga bo„lgan qiziqishini oshiradi, ularning faol harakat qilishlari uchun zamin yaratadi va darsning samarali bo„lishiga imkon beradi. Biz bu o„rinda darslikdagi mashq va topshiriqlarni bajartirish jarayoniga kichik guruhlar bilan ishlash metodini tatbiq etish yo„llarini ko„rsatib berishga va didaktik o„yinlar asosida tashkil etiladigan dars mazmunini ochib berishga harakat qilmoqchimiz. Buni 6-sinfda o„tiladigan “Leksikologiya va lug„atshunoslik” mavzusi misolida yoritishni ma‟qul topdik. 53 O„tgan darsda uyga berilgan vazifalar so„rab, mustahkamlangach, yangi mavzuni to„g„ridan-to„g„ri ijodiy ish bilan boshlaydi. Bunda o„qituvchi o„quvchilarga (har bir partaga) oq qog„oz tarqatib chiqadi va unga shirin, baland, katta, so„zlarini aytib quyidagi topshiriqni aytadi. Ular bu so„zlarning zid ma‟nolari haqida bilganlarini yozishlari kerak. Bunda ular shu so„zlar ishtirokida so„z birikmalarini yozishadi, hatto qobiliyatli o„qituvchilar bu so„zlarning ma‟nolari anglashilgan rasmlarni ham taqdim etadilar va ma‟nolarini izohlashadi. Shu yo„l orqali darsning yangi mavzusiga qadam qo„yiladi.Yangi mavzuga kirish bosqichi amalga oshirilgach, 2-topshiriqqa o„tadi. Unda o„qituvchi asosiy e‟tiborni ko„chma doskadagi quyidagi iboralarga qaratadi. Ko„chma doskada quyidagi iboralar yozilgan bo„ladi: tarvuzi qo„ltig„idan tushmoq, boshi osmonga yetmoq, tepa sochi tikka bo„lmoq. O„quvchilar bu iboralarning qaysi ma‟noda kelganligini aytadilar. Ikkala topshiriqni bajarib bo„lgandan so„ng, o„quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va umumlashgan fikrlardan kelib chiqqan holda shu hodisani nazariy jihatdan qoidalashtiradi va quyidagi qoidani keltirib chiqaradi: - Demak, o„quvchilar so„zlarning nutq jarayoniga bog‟liq bo„lmagan atash ma‟nosi o„z ma‟nosi sanaladi. Bu topshiriq bajarilgandan so„ng 53 N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‟raboyeva.Ona tili.6-sinf uchun darslik. Toshkent: “Ma‟naviyat”, 2004. 172-bet. o„quvchilar iboralar mavzusi yuzasidan qanchalik bilimga ega ekanliklari yaqqol namoyon bo„ladi. Iboralar ma‟nosini izohlash kichik sinf o„quvchilari uchun qiziqarli topshiriq bo„lib tuyuladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling