Umumta‟lim maktablarining 6-sinfda takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi bmining umumiy tasnifi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana23.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1225677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
zohi to`g`irlangan 2

“Qo„sh daraxt” o„yini: bu o„yin darslikdagi leksikologiya va lug„atshunoslik 
mavzusi asosida
54
tashkil etiladi. Mayda oq qog„oz parchalariga yozilgan 
so„zlardan bir ma‟noli va ko„p ma‟noli so„zlar ajratib olinadi qo„llanilganlarini 
birinchi daraxtga, bir ma‟noli so„zlar, ikkinchi daraxtga ko„p ma‟noli so„zlarni ilib 
qo„yishlari kerak. Bunda sinfdagi o„quvchilar ikki guruhga ajratilib, musobaqa 
uyushtiradilar. Har bir o„quvchidan o„zi ilib qo„ygan qog„oz parchasidagi so„zlarni 
yodda saqlab qolish talab etiladi. To„g„ri va tez bajargan guruh rag„batlantiriladi.
1. “Uch so„z” o„yini: bu o„yinda sinfdagi uchta qator uchta jamoa sifatida 
ishtirok etadi. Bu o„yin darslikdagi ot so„z turkumi bo„yicha mustahkamlash 
mavzusi asosida
55
tashkil etiladi. Shu mashqdagi gul, bog„, bo„ston so„zlari 
doskaga yozib qo„yiladi. Har bir guruh vakillari chiqib doskadan o„zlari uchun 
ajratilgan joyga shu so„zlar ishtirok etgan maqollardan yozishi kerak. Kam vaqt 
ichida qancha ko„p topgan o„quvchi topshiriq g„olibi sanaladi. Qolganlar esa 
mustaqil ravishda daftarlariga bilganicha maqollardan yozishi shart. Ular ham 
yuqorida qo„yilgan shartga amal qilishlari lozim. Bunday o„yinlardan darsda 
unumli foydalanish mumkin, bunda, albatta, darsga ajratilgan vaqtni to„g„ri 
taqsimlash lozim. Demak, umumiy o„rta ta‟lim maktablarining va akademik 
litseylarining ona tili va adabiyot fani o„qituvchilari har bir darsda pedagogik 
texnologiyalardan, jumladan, ta‟limiy o„yin texnologiyalaridan foydalanib dars 
o„tish lozim. Zero, ona tili darslarida bilim olishni osonlashtiruvchi, qiziqtiruvchi 
ta‟lim usullaridan foydalanish ta‟lim jarayonining yanada samarali bo„lishini 
ta‟minlaydi.
 
54
H.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, D.Nabiyeva, Ona tili, 6-sinf uchun darslik. Toshkent: “Ma‟naviyat”, 
2004. 172-bet. 
55
Yuqorida nomi tilga olingan darslik.172-bet. 



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling