3. Ot so„zlar gapda qanday sintaktik vazifalarda keladi?
4. Sifat va son so„zlarqaysi gap bo„laklar vazifasida kelishi mumkin?
Misollar keltiring.
5. Ravishlar gapda ko„pincha qaysi gap bo„laklariga bog„lanib keladi?
6. Fe‟l so„zlarining gapdagi asosiy vazifasi nimadan iborat?
7. Mustaqil so„z turkumlarini o„rganish nega fe‟l turkumidan boshlanadi?
8. Gapda ot so„zlarga bog„lanib keluvchi va ot o„rnida qo„llanuvchi so„z
turkumlari qaysilar?
9. Otlashuv hodisasiga misollar keltira olasizmi?
Xullas, bu savollarga javob topgan kichik guruhlar yuqoriga qarab
ko„tariladi va marraga yetadi. Oxirgi savolgacha birinchi va to„g„ri
javob bergan
guruh g‟olib sanaladi. Ko„rinib turganidek, samaradorlikka
erishish uchun
texnologiyalarni to„g„ri tanlash va uni darslikda berilgan nazariy malumotlar
hamda amaliy mash va topshiriqlar bilan uyg‟unlashtira olish muhim ahamiyatga
ega.
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, maktab va akademik litsey ona tili
ta‟limida qo„llaniladigan
qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va ijodiy
xarakterdagi mashq va topshiriqlarning
mazmuni va mohiyati, tatbiq etish yo„l
yo„riqlari kichik guruhlar bilan ishlash metodiga moslashtirilsa, albatta,
samaradorlikka erishish imkoniga ega bo„lish mumkin.
Bajariladigan har bir
mashq va topshiriq kichik guruhlarning a‟zolari tomonidan hamkorlikda amalga
oshirilsa, o„z o„zidan darsda o„quvchilar faolligi yuzaga
keladi va bu darsning
yanada samarador bo„lishini taminlaydi.