Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ona tili takrorlash darslarini
tashkil etishning, vositalari va metodlari shu jarayonda o„quvchilarning og„zaki
nutqini o„stirishga va ularda nutq madaniyatini shakillantirish mashq va topshiriqlar
tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotning bosh vazifasi sifatida ta‟lim
bosqichlari
ona tili ta‟limi jarayonida takrorlash darslarning tashkil etish metodikasining o„ziga
xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi belgilanadi. Shunga ko„ra tadqiqot ishini
yoritish davomida:
Ta‟lim bosqichlarida takrorlash darslarining tashkil
etilishiga doir turli
qarashlarni o„rganish, takrorlash bilan bog‟liq ilmiy- nazariy va metodik
adabiyotlarni
tadqiq qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud
muammolarni
aniqlash;
Amaldagi “Ona tili” o„quv dasturi va darsliklarning ona tili mavzularini
o„tish jarayonida mavjud bo„lgan imkoniyatlarini o„rganish, tahlil qilish va
xulosalar
chiqarish;
Ta‟lim bosqichlarida o„quvchilarning ona tili yuzasidan bilim, ko„nikma va
malakalarini takrorlash yo„li bilan tiklash va rivojlantirishga olib qilayotgan
ishlarning hozirgi holatini yoratish va tegishli xulosalar chiqarish.
Ona tilini o„qitish jarayonida takrorlashga doir yondashuv va tamoyillarni
belgilash;
Ta‟lim bosqichlarida oldingi bosqichda egallangan, ammo unutila olinmagan
bilim, ko„nikma va malakalarni o„sha grammatik
tushuncha va bilimlarni
takrorlash yo„li bilan tiklashning usul, metod
va vositalarini ishlab chiqish;
Ta‟lim bosqichlari ona tili darslarida takrorlash bilan bog„liq samarali
mashqlar
tizimini yaratish, o„quvchilarning matn yaratish ustidagi ishlar va
muomala odobini egallashlari bilan bog„lab tashkil etish mazmuni, samarali
usullari, o„quv topshiriqlari va mashqlar tizimini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: