Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur shakllar
Download 21.88 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Umumtalim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur shakllar
- Maktab pedagogik kengashi bayonnomalari daftari (maktabda doimiy saqlanadi).
- Buyruqlar daftarlari (saqlanish muddati 75 yil)
- Maktab hujjatlari tarkibida yuqorida qayd etilgan o`quv pedagogik hujjatlardan tashqari
- Maktabdagi tashkiliy va boshqaruv hujjatlari
- Maktabning yangi o`quv yiliga tayyorligi haqidagi aktlar (2 yil saqlanadi);
- Moritoring natijalarini qayd etish daftari (saqlanish muddati 3 yil) va boshqalar.
Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur shakllar Umumta'lim muassasida bolani o`qishga qabul qilish uchun yuqorida qayd etilgan hujjatlar asosida maktab rahbarining buyrug`i chiqariladi va ushbu buyruq bilan bola maktabga qabul qilinadi. har o`quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug`i asosida birinchi sinfga qabul qilingan o`quvchilar "O`quvchilar harakati daftari"ga belgilangan sahifalarga qayd etiladi. O`quv yili davomida direktor buyrug`i bilan maktabga qabul qilingan o`quvchilar sinf jurnali sahifalariga bir haftadan kechiktirilmasdan qayd etiladi. Barcha o`quvchilarning familiyasi va ismlari sinflar bo`yicha alifbo tartibida to`liq yoziladi.
zarur shakllar
o`quvchilar harakati daftari, buyruqlar daftarlari, o`rta ma'lumot to`g`risidagi shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari, tayanch ma'lumot to`g`risidagi guvohnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari (9 yilik umumiy o`rta ta'limga to`la o`tgunga qadar), maktab pedagogik kengashining bayonnomalari daftari, maktab pedagogik jamoasi shaxsiy tarkibini qayd etish daftari, o`qituvchilar tomonidan qoldirilgan va qoplangan darslarni qayd etish daftari, sinf jurnallari, kuni uzaytirilgan guruh jurnallari, o`quvchilar shaxsiy hujjatlari va boshqalar. O`quvchilar harakati, buyruqlar, pedagogik ketgash bayonnomalari, o`rta ma'lumot to`g`risidagi shahodatnomalar va tayanch ma'lumot haqidagi guvohnomalar, pedagogic jamoa shaxsiy tarkibini qayd etish daftarlari qat'iy nazoratdagi hujjatlar bo`lib, maktab rahbari almashilganda akt asosida yangi direktorga topshiriladi. Akt yangi va sobiq maktab direktorlari va xalq ta'limi bўlimining mas'ul xodimi tomonidan imzolanadi.
O`quvchilar harakati daftariga barcha o`quvchilarning familiyasi va ismlari sinflar bo`yicha alifbo tartibida to`liq yoziladi. (Masalan, Ibrohimova Feruza). Har o`quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug`i asosida birinchi sinfga qabul qilingan o`quvchilar belgilangan saрifalarga йayd etiladi. O`quv yili davomida direktor buyrug`i bilan maktabga qabul qilingan o`quvchilar sinf jurnali sahifalariga bir haftadan kechiktirilmasdan qayd etiladi. Har bir sinf uchun ajratilgan sahifa maktabga qabul qilingan o`quvchilarni qayd etish uchun 15 qatordan kam bo`lmagan bo`sh joy qoldiriladi.
Maktab pedagogik kengashi bayonnomalari daftari (maktabda doimiy saqlanadi). Bayonnomalar daftarida pedagogik kengashga kiritilgan masala muhokamasining borishi, kengash a`zolarining bildirgan taklif va mulohazalari hamda har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Bayonnoma matni ikki qismdan iborat bo`lib, kirish va asosiy qismlarni o`z ichiga oladi. Bayonnomaning kirish qismida kengash o`tkazilayotgan sana, bayonnoma raisi va kotibining familiyasi va ismlari, qatnashayotgan o`qituvchilar soni yoziladi Pedagogik kengashga taklif etilganlan, shuningdek kengashda qatnashmayotgan o`qituvchilar qatnashmaslik sabablari ko`rsatilgan holda familiyalari bo`yicha yozib chiqiladi. Bayonnomaning kirish qismi kun tartibi tugatiladi. Kun tartibida "turli masalalar" yoki "boshqa masalalar" kabi mavzudagi masadadarni kiritish tavsiya etilmaydi. Buyruqlar daftarlari (saqlanish muddati 75 yil) Odatda maktablarda ikkita buyruq daftari yuritiladi. Birinchi daftarga o`quvchilarga ta`luqli buyruqlar yozilsa, ikkinchisiga kadrlar haqida buyruqlar yoziladi.
(saqlanish muddati 75 yil).
Mazkur hujjat barcha maktablarda yuritiladi. Kitobga o`qituvchilar birdan boshlab umumiy tartibda raqamlanib kiritiladi. Yangi qabul qilingan o`qituvchi navbatdagi raqam bilan belgilanadi. O`qituvchilar haqidagi hamma kerakli ma'lumotlar qayd etilishi munosabati bilan kitobga har bir o`qituvchiga kamida uch satp ajritiladi. O`qituvchilar haqidagi barcha yozuvlar tegishli hujjatlarga asoslanishi shart. Kitob sahifalari raqamlanadi, tikiladi, maktab rahbari tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Mavjud tuzatishlar maktab rahbari tomonidan izohlanib imzolanadi. Umumiy o`rta (9 yillik) ma'lumot to`g`risidagi shahodatnomalarni hisobga olish va o`quvchilarga topshirishni qayd qilish kitobi (saqlanish muddati 75 yil). Kitobning birinchi qismi sahifalarida qabul qilib olingan va burilgan shahodatnoma (oddiy va a`lo darajali namunadagi) blanklari, ularning seriyalari va raqamlari, olingan sanasi, qabul qilib olish yoki burish asoslari ko`rsatilgan holda alohida-alohida qayd etiladi.
Ushbu daftarni barcha maktablarda o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari yuritadi. Daftarga tegishli hujjatlar asosida (maktab bo`yicha buyruq, sinf jurnallarinig yozuvlar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqalar) o`qituvchilar tomonidan qoldirilgan darslar va o`rni to`ldirilgan darslar qayd etiladi. Darsni o`tkazgan o`qituvchi kitobga imzosini qo`yadi. Kitobdagi yozuvlar ish vaqtini va ish haqini hisobga olish tabeli yozuvlariga mos bo`lishi shart.
quyidagilar bўlishi kerak: chegaralari aniq ko`rsatilgan mikrouchastkalarning maktabga biriktirilganligi haqida mahalliy hokimiyat idorasining qarori nusxasi, maktab mikrouchastkasi huzuridagi maktab yoshidagi bolalarni hisobga olish bo`yicha hujjatlar; sinfdan-sinfga ko`chirish va maktabni tugatish imtihonlari hujjatlari (imtihon komissiyasining bayonnomalari, baholar vedomosti, o`quvchilarning yozma ishlari va h.k.) maktabda 5 yil saqlanadi (o`quvchilarning 1 yil saqlanidigan yozma ishlari bundan mustasno); OSh-1, OSh-83 - statistik hisobotlar nusxalari maktabda 3 yil davomida saqlanadi.
maktabning hujjatlari tarkibida quyidagi tashkiliy va boshqaruv hujjatlari bo`lishi shart. Maktabning ustavi - tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limlari tomonidan tasdiqlanadi va ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organida ro`yxatdan o`tkaziladi; Maktab pasporti; Ichki mehnat tartibi qoidalari; Maktab rahbariyati o`zgargan taqdirda tuzilgan, sobiq va yangi maktab direktori, xalq ta'limi boshqaruv organlari vakillari tomonidan imzolangan topshirish va qabul qilish akti (maktabda doimiy saqlanadi).
saqlanadi); Muassasaning attestasiya va akkreditasiyadan o`tishi haqidagi hujjatlar (saqlanish muddati 5 yil); Maktabning o`quv yiliga mo`ljallangin va istiqbol rejalari; hukumatning ta'lim sohasidagi asosiy me`yoriy hujjatlari: "Ta'lim to`g`risida" gi qonun. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, asosiy qaror va farmoyishlar; Barcha fanlardan Davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturlari; Xalq ta`dimi organlarining maktab faoliyatiga ta`lluqli qaror va buyruqlari (yoki ulardan ko`chirmalar), yo`riqnomalar, xatlar; Moritoring natijalarini qayd etish daftari (saqlanish muddati 3 yil) va boshqalar. Maktabga kelayotgan va maktabdan chiqayotgan hujjatlar (kirim-chiqim hujjatlari) hamda maktab faoliyati jarayonida qabul qilingan boshqa qujjatlar maxsus kitoblarda (daftarlarda) qayd etiladi. Maktabning o`quv - tarbiya jarayonida, moliya-xo`jalik faoliyatida foydalanishni, belgilangan vazifalarning bajarilishini, hisobga olishni va boshqa jihatlarni talab etuvchi hujjatlar albatta qayd etilishi lozim. Download 21.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling