“Umumta’lim muassasalarida pedagog faoliyatidagi konfliktlarni mohiyati va oldini olish imkoniyatlari ” mavzusida


Download 60.08 Kb.
bet15/16
Sana19.03.2023
Hajmi60.08 Kb.
#1283886
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ostonova Dildora

O‘z amallariga mas’ul bo‘lish. Eng qadimgi davrlardan boshlab inson sivilizatsiyasi tarbiya va axloq masalalariga e’tibor bilan qaragan. Inson axloqiy normalari ichida o‘z so‘zida turish, burch, mas’uliyatli bo‘lish, birovlarga berilgan va’dalarga hurmat va ularni so‘zsiz bajarish inson komilligining oliy qadriyatlaridan hisoblangan. Ammo hayotda har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Ko‘pincha biz o‘z va’dalarimizni esdan chiqarib qo‘yamiz, o‘z so‘zimiz ustida turmaymiz. Bu – juda yomon odat. Ba’zan, boshqalarning bizga bergan va’dasini o‘z vaqtida bajarmagani uchun aziyat ham chekamiz. Insonning eng halokatli xatolaridan biri – yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod etishdir. Konfliktlar sharoitida o‘z so‘zi ustida turish - konflikt yechimiga qaratilgan va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi ichida siz o‘z xohishingiz bo‘yicha o‘zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz, ularni bajarishga sayi-harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan chiqolmayotgan bo‘lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so‘zlab, ishni bajara olmayotganligingiz haqida o‘rtoqlashishingiz lozim bo‘ladi. Konflikt sharoitida kuyidagi amallarga rioya qilish maslahat beriladi:

  • tomonlar o‘rtasidagi turli shartnomalar va o‘z mas’uliyatingizdagi vazifalarni albatta bajaring.

  • agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz bilan samimiy o‘rtoqlashing.

Bob bo’yicha xulosa
Konflikt sharoitida har ikki tomon ham ishonchga muhtojdir, o‘zaro ishonch esa konflikt yechimini topishga imkon beradi. Yuqoridagi holatda, kechqurun uyga qaytgandan so‘ng, (aslida ko‘chada yurganda ham bir telefon qilib ahvol so‘rasangiz bo‘ladi), “Dada, mayli hafa bo‘lmang. Bu masalalar birdaniga hal bo‘lmaydi. O‘ylashib ko‘rarmiz... Biror chorasi chiqib qolar... Siz menga yaqin odam.. O‘zingizni avaylang...”, desangiz, otangiz yurak xuruji bezovta qilayotganligini ochiq aytadi. O‘rtada, ikki tomon orasida yana ishonch vaziyati tug‘iladi. Inson insonga har jihatdan zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki inson axloqi uning boshqalarga bo‘lgan munosabati orqali bilinadi, o‘zini ko‘rsatadi, ammo uning axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan bo‘lsagina, u yuzaga chiqadi.


XULOSA
So’ngi xulosamizda konfliktlar odamlarning ijtimoiy munosabatlar doimo mavjud bo’lib kelgan va ularni hal etish yo’llari va mexanizmlari bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Turli konfliktlardagi taraflar hatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat ekanligini tushunish qiyin emas. Faraz, o’ch olish, hasadgo’ylik, ko’rolmaslik, nosamimiylik, araz, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o’zini moddiy jihatdan ta’minlashga bo’lgan intilish amaliyotda uchrab turadigan turmush konfliktlari sabablarining aksariyati hisoblanadi. Adabiyotlarda konfliktlarni hal qilishning maqsadga muvofiq asoslariga quyidagilar kirishi haqida fikr beriladi, ya’ni : konflikt sabablari; taraflar xulqatvor motivlarini o’z ichiga olgan qarama-qarshi kurash diagnostikasi; vaziyatli va pozisiyaviy tahlilni amalga oshirish (vujudga kelgan vaziyat va taraflar nuqtai nazarlarini aniqlashtirish) ; konfliktlar borishini va oqibatlarini bashorat qilish (shu jumladan konflikt u yoki bu tarzda tugaganda har bir taraf uchun foyda yoki zararni aniqlash). Konfliktlarni hal etishning “Men-tasdiq” usuli ziddiyat sharoitini yashirmay, ro’yrost va aniq belgilab olinishiga ko’mak beradi. Shu bilan birga o’z munosabatlaringizni “men –tasdiqlar” orqali bildirishga urinish jarayonida xohlang-xohlamang, siz samoanalizi bilan shug’ullanishga majbur bo’lasiz. Buning oqibatida siz o’zingiz haqingizdagi real haqiqatni ham bilib olasiz, o’zingizni qayta anglash jarayoni yuz beradi. Eng muhimi, siz uchun nima narsalar qadrli, nima narsalar kerak emas, aynan ―men-tasdiq va samoanalizi jarayonlarida bu savollarga ham javob topasiz. Agar birinchi marta men tasdiqlarni ishlatish momentini qo’ldan bergan bo’lsangiz, boshqa sharoitlarni poylang hamda ularni bir emas, doimiy ishlatib borishga harakat qiling. Agar biror kim sizga qattiq baqirayotgan, sizni xo’rlayotgan bo’lsa, uning jahliga jahl bilan javob berish, unga ham baqirish, unga ham aziyatli va nafsoniyatga tegadigan gaplarni qaytarishdan o’zingizni tuting.

Download 60.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling