Umurtqalilar kenja tipi-vertebrata
Download 450.5 Kb.
|
SUYAKLI BALIQLARNING UMUMIY TASNIFI.
Mavzu: SUYAKLI BALIQLARNING UMUMIY TASNIFI. RЕJA: KIRISH: Asosiy qism: 1.Suyakli baliqlar sinfini tasnifi. 2.Tashqi va ichki tuzilishi. 3To’garak og’izlilar. XULOSA BAliqLAR Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi. Yashash muhiti va tashqi ko’rinishi. Zog’ora baliq O’rta Osiyoning tog’ daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko’l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o’zanida uchratish mumkin. Zog’ora baliqning kattaligi 1 m gacha, og’irligi 8 - 16 kg gacha boradi. Zog’ora va boshqa ko’pchilik baliqlar tanasi suyri shakla; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo’ladi. Baliqlarning boshi tanasiga harakasiz qo’shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakatlanayotgan jismga ko’proq qarshilik ko’rsatishini bilasiz. SHuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi. Suzgichlari. Zog’ora baliq tanasini o’ngga va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko’krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to’xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi. Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o’zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq o’sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqaradigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi. Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bogliq. CHuchuk suv havzalarida yashaydigan ko’pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o’xshash to’q yashil, qorin tomoni oqish bo’ladi. SHu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan qaralganda suv qatlarnining oqish rangidan ajratib bo’lmaydi. Gavda rangi atrof-muhitga mos bo’lganida hayvonlar yirtqichlar ko’ziga tashlanmaydi. Bu hodisa himoya rangi deyiladi. Siz o’tgan darslardan hasharollar himoya rangiga ega bo’lishini bilasiz. Skeleti. Zog’ora baliq skeleti asosini tana bo’ylab o’tadigan umurtqa pog’onasi tashkil etadi. Umurtqa pog’onasi chala harakatchan birikkan 39 - 42 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama-qarshi yoylar o’zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil bo’ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana bo’limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurgalar birikadi. qovurg’alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovurg’alar bo’lmaydi; ular ostida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa pog’oaasi kalla suyagi bilan harakatsiz birikkan. Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar umurtqa pog’onasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Bosh skeleti bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og’iz bo’shlig’ini o’rab turadigan jag’lar. jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat. Skelet muskullar uchun tayanch, ichki organlarni himoya qilish vazifasini bajaradi. Muskullari baliq terisi ostida joylashgan bo’lib, suyaklarga birikkan. Muskullarning qisqarishi va bo’shashishi tufayli baliq tanasini egib harakatlanadi. Baliqlar gavdasining orqa tomonida va dumida joylashgan muskullar kuchli rivojlangan. Suzgich pufagi qorin bo’shlig’ida ichagining ustida joylashgan. Pufak o’rtasidan tortilib ikkiga bo’lingan, gaz bilan to’lgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgich pufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan bo’ladi. Tuxumdan chiqqandan 2-3 kun o’tgach, lichinka suv yuzasiga ko’tarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to’ldirib oladi. Pufak yuzasi kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Baliqning suv yuzasiga ko’tarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi hajmining o’zgarishi bilan bog’liq. Suzgich pufagining kengayishi qondan ajralib chiqadigan gazlarning pufakni to’ldirishi bilan bog’liq. Pufak gazga to’yganida baliq yuqoriga ko’tariladi. Gazlar pufakdan ingichka nay bilan ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga chiqqanida pufak puchayadi. Tanasi birmuncha og’irlashgan baliq suv tubiga tushadi. Suzgich pufagining hajmi o’zgarmasa, baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi. Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan rezonator vazifasini ham bajaradi. Bu esa tovushni yaxshiroq eshitish imkonini beradi. Baliqlarning tashqi tuzilishi va tanasining rangi suvda yashash va harakailanishga moslashgan. Gavdasining suyri shakli, ikki yon tomondan yassilashganligi, boshining tanasiga harakatsiz qo’shilganligi, terisining shilimshiq modda bilan qoplanganligi baliqning suv qarshiligini yengishiga yordam beradi. Baliqlar ikki juft va uchta toq suzgichlari yordamida suzadi. Gavdasi rangining alrof-muhtt rangiga mos bo’lishi ularning yirtqich hayvonlar ko’ziga tashlanmasligiga yordam beradi. Baliqlarning ichki tuzilishi Hazm sistemasi. Zog’ora baliq suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o’tlari, yashil o’simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach va ichakdan iborat. Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilo’ngach orqali ichakka tushadi. Zog’ora baliqning oshqozoni bo’lmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak bo’shlig’iga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o’t suyuqligi ajraladi. O’t suyuqligi o’t pufagida to’planadi. Hazm shirasi va o’t suyuqligi ta’sirida hazm bo’lgan moddalar ichak devori orqali qonga so’riladi. Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og’zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg’ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan. Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o’tayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapillarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Kislorod kam bo’lgan suvda baliq uzoq vaqt yashay olmaydi. SHuning uchun qahraton qishda muz tagiga kislorod o’tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar ko’plab halok bo’ladi. Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va boimasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog’ora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan. Baliqlarning qon aylanish sistemasi ham tutash bo’ladi. Yurak bo’lmasi va qorinchasining galma-gal qisqarishi tufayli qon yurak bo’lmasidan qorinchasiga, undan esa - qorin aortasiga chiqariladi. qon qorin aortasidan jabralarga olib boruvchi arteriyalarga o’tadi. Jabralarda arteriyalar juda mayda kapillarlarga ajraladi. Kapillarlardagi qon karbonat angidridni suvga chiqarib, kislorod bilan boyiydi. Kislorod bilan boyigan qon arteriya qoni deyiladi. Bunday qon qip-qizil bo’ladi. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog’onasi ostidan butun tana bo’ylab o’tadigan orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tana organlarida esa mayda kapillarlarga ajraladi. Kislorod va ichakdan so’rilgan oziq moddalar kapillarlar devori orqali to’qimalarga. karbonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa to’qimalardan qonga o’tadi. To’qimalarda qon karbonat angidrid bilan to’yinib to’q qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga to’planib, yurak bo’lmasiga quyiladi. Ayirish sistemasi. To’qimalarda hosil bo’ladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo’ng’ir-qizg’ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yo’li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqariladi. Moddalar almashinuvi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo’lgan moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar organizmning o’sishi, nasl qoldirishi va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo’ladi. Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Ular tanasi harorati doimiy bo’lmasdan, atrof-muhit harorati ta’sirida o’zgarib turadi. Baliqlar ozig’i ichakda hazm shirasi va o’t suyuqligi ta’sirida hazm bo’ladi. Baliqlar jabralar yordamida suvda erigan kislorod yordamida nafas oladi. qon aylanish sistemasi tutash bitta doiradan iborat. Yuragi ikki kamerali. Ayirish sistemasi bir juftdan. Buyragi tasmasimon, chiqarish teshigi bor. Baliqlar - sovuqqonli hayvonlar, ularning tana harorati tashqi muhit ta’sirida o’zgarib turadi. Bosh miya va orqa miya markaziy nerv sistemasi deyiladi. Bosh miya oldingi miya, oraliq miya, o’rta miya, miyacha va uzunchoq miyadan iborat. Orqa miya uzun naydan iborat bo’lib umurtqa pog’onasi nayi uchida joylashgan. Bosh miya va orqa miya barcha organlar ishini boshqaradi. Ko’z, eshitish, ta’m bilish organlari, yon chiziqlar sezgi organlari deyiladi. Ular yordamida baliqlar atrof-muhitdagi narsalarni payqaydi, oziqning ta’mini biladi, suv bosimi, harorati, tarkibini payqaydi. Baliqlarning tashqi ta’sirga javobi, ya’ni xatti-harakati shartiz (instinkt) va shartli reflekslar bilan bogliq. SHartsiz reflekslar tug’ma, shartli reflekslar esa ular hayoti davomida tashqi muhit ta’sirida hosil bo’ladi. Bosh suyaksizlar kam xrakat qilib xayot kechiradigan, suv oqimi bilan kirgan ovqatlarni еb, jinsiy maxsulotlarini suvga tashlab passiv ravishda ko’payadigan xayvonlar bo’lsa, umurtqalilar aktiv xayvonlardir. Umurtqalilarning ana shu muxim biologik belgilari ularning birmuncha yuqori tuzilganligidadir. Umurtqalilarning nerv sistemasi bosh suyaksizlarga nisbatan ancha takomillashgan, ya'ni nerv nayi bosh va orqa miyalarga ajragan. Bosh miya xar xil funktsiyalarni bajaruvchi bo’linmalarga bo’lingan. Bular uchun tirik organizm bilan tashqi muxit o’rtasida aloqani yuzaga keltiruvchi xar xil va murakkab tuzilgan sezuv organlarining bo’lishi xarakterlidir. Bosh miya va organlarning taraqqiy etishi bilan bu organizmlarni ximoya qiladigan bosh qutisi xosil bo’ladi. O’q skeleti bo’lib ko’pchilik umurtqali xayvonlarda tanaga tayanch va orqa miyani ximoya qiluvchi tog’aydan yoki suyakdan tashkil topgan umurtqa pog’onasi xosil bo’ladi. Ichak nayining oldingi bo’limida ovqatni tutib turadigan, uzib oladigan va maydalaydigan og’iz va jaq apparatlari xosil bo’ladi. Yana yaxshi shakllangan yurak xamda ayirish organi-buyraklar rivojlanadi. Umurtqali xayvonlar tuzilishining umumiy xarakteristikasi. Gavdasining shakli xilma-xil. Suvda yashaydigan tuban umurtqalilarning gavdasi bosh, tana va dum qismlarga bo’linadi. Bularda toq orqa, dum osti xamda juft ko’krak va qorin suzgich qanotlari bor. quruqlikda yashovchi umurtqali xayvonlarning gavdasida yana bo’yin qismi xosil bo’ladi, toq suzgich qanotlari bo’lmaydi, juft suzgich qanotlari o’rniga besh barmoqli oyoqlari paydo bo’ladi. Teri qoplagichlari. Terisi gavdani ximoya qilishda termoregulyatsiya ayrish va sezuv protsesslarida ishtirok etadi. Teri tashqi epidermis va ichki chin teri (korium) qavatlaridan tashkil topgan. Umurtqalilar tuzilishining sxemasi: 1. Bosh qismining uzunasiga kesimi. 2. Bosh qismining ko’ndalang kesimi. 3 Tana qismining ko’ndalang kesimi. 4. Dum kismining ko’ndalang kesimi: 1—xordasi; 2— orqa miyasi; 3— bosh miyasi; 4— jabra yoriqlari; 5— yuragi; 6— o’pkasi 7— pronefros yoki bosh buyragi; 8— mezonefros yoki tana buyragi; 9— metanefros; 10-jinsiy bezlar; 11—me'dasi; 12—ichagi; 13— me'da osti bezi; 14—jigari; 15— taloqi 16— siydik pufagi; 17— kloakasi; 18— anal orqasidagi teshik; 19— uzunchoq miyasi; 20— muskullari;21-bosh miya qutisi;22-jabra yaproqchalari; 23-xalqumi; 24-qorin aortasi; 25-ichki jabra tеshiklari; 26-tashqi jabra tеshiklari;27-jabra xaltachasi;28-o’ng tomon orqa qardinal vеnasi; 29-orqa aortasi; 30-bosh buyrak oqimi; 31-tsеllom yoki tananing ikkilamchi bo’shlig’i; 32-o’ng yon tomon vеnasi; 33-suzgich nuri; 34-umurtqa pog’onasining uchki qismi; 35-umurtqa pog’onasining pastki qismi; 36-dum artеriyasi; 37-dum vеnasi. Epidermis ko’p qavatli epiteliydan tuzilgan. Xayoti suv muxiti bilan bog’liq bo’lgan to’garak og’izlilar, baliqlar va amfibiyalarning lichinkalari epidermisida shilimshiq modda ajratuvchi bezlar bo’ladi. Shilimshiq moddalar bu xayvonlarning suvda xarakatini yеngillashtiradi. Quruqda yashovchi umurtqali xayvonlarda (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) epidermisining tashqi qavati shoxlanadi. Bular terilarining yuzalarida xar xil shox xosilalar, tangacha, qalqoncha, pat, jun va boshqalar xosil bo’ladi. Chin teri qattiq tolali biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan. Bu to’qimada tog’ay va suyak tangachalar, qoplovchi suyaklar joylashadi. Skeleti. Umurtqali xayvonlarning skeleti o’q skeletiga, bosh skeletiga va oyoq skeletiga bo’linadi. B aliqning va quruqlikda yashovchi hayvonning qon aylanish sxemasi: 1— jabra arteriyasi; 2—uyqu arteriyasi; 3—orqa aortasi; 4—qorin aortasi; 5— o’pka arteriyasi; 6— kyuverov okimi; 7—oldingi kardinal vena; 8— orqa kardinal vеna; 9— orqa kovak vena; 10— buyrak venasi; 11—o’pka venasi; 12— jigar qopqa venasi; 13— ichak osti venasi. Umurtqali hayvonlar skeletining sxemasi: 1—baliqning skeleti; 2—kuruklikda yashovchi xayvonning skeleti. O’q skeleti umurtqalilarning embrionida xordadan iborat va u segmentlarga bo’linmaydi. Xordani va markaziy nerv sistemasini biriktiruvchi to’qima pardasi tashqaridan o’rab turadi. Bu skeletogen parda xisoblanadi. Parda xisobidan tog’ay yoki suyakdan tuzilgan umurtqalar taraqqiy etadi. Minogalarning umurtqalari murtak xolda bo’lib, umurtqa pog’onasi bo’limlarga bo’linmaydi. Baliqlarning umurtqa pog’onasi ikkita bo’limga-qovurg’ali tana va qovurg’asiz dum bo’limlariga bo’linadi. Quruqda yashovchi umurtqali xayvonlarning umurtqa pog’onasi besh bo’limga: bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. Bunda ko’krak bo’limning qovurg’alari to’sh bilan qo’shilib, ko’krak qafasini xosil qiladi. Umurtqa pog’onasi bir tomondan butun gavdaga tayanch bo’ladi, ikkinchi tomondan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof bo’lib xizmat qiladi. Bosh skeleti. Miya va yuz yoki vistseral bo’limlardan iborat. Miya qutisi bosh miya va sezuv organlarini mexanik ta'sirotlaridan ximoya qiladi. Vistseral skelet to’garak og’izlilarda tog’ay panjaralardan tuzilgan bo’lsa, baliqlarda vistseral yoydan 1)jag’ yoyi, 2) til osti yoy, 3) jabra yoylaridan tuzilgan. quruqda yashovchi umurtqali xayvonlarning jag’ yoyining ustki qismi miya qutisining tarkibiga kiradi. Til osti yoyining ustki qismi eshitish suyagiga, ostki qismi jabra yoylarining oldingi til osti apparatiga aylanadi. To’garak og’izlaridan tashqari xamma umurtqalilarda juft oyoqlar va ularning kamar skeleti bo’ladi. Baliqlarda juft suzgich qanotlari skeleti bo’lsa, quruqda yashovchi umurtqali xayvonlarda besh barmoqli oyoqlar skeleti bo’ladi. Nerv sistemasi. 1) bosh va orqa miyadan tashkil topgan markaziy nerv sistemasiga 2) bosh va orqa miyadan chiqqan nervlardan tuzilgan periferik nerv sistemasiga xamda vegetativ nerv sistemasiga bo’linadi. Bosh miya embrion taraqqiyotining ilk davrida nerv nayining oldingi bo’limida uchta pufakcha ko’rinishida bo’ladi. Keyinchalik birinchi pufakchadan oldingi va oraliq miyalar, ikkinchi miya pufagidan o’rta miya, uchinchisidan miyacha xosil bo’ladi. Miyachaning tagida uzunchoq miya joylashadi. Bosh miyadan xammasi bo’lib 10-12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miya umurbod nay shaklda bo’ladi. Uning ichki qismi kulrang, tashqi qismi esa oq miya moddalaridan tashkil topgan. Orqa miya metamer bo’lib undan orqa miya nervlari chiqadi. Ular ikki ildiz bilan boshlanadi: sezuvchi- orqa va xarakatlantiruvchi qorin. Bu ildizlar orqa miyadan chiqqandan keyin o’zaro qo’shilib, orqa miya nervlarini xosil qiladi. Umurtqali xayvonlarning periferik nerv sistemasi bosh miya va orqa miya nervlarining murakkab sistemasi xisoblanadi va bu nervlar gavdaning turli organlariga boradi. Vegetativ nerv sistemasi xayvonning ichki organlarini ishini yurakning urishini, ichakning qisqarishini, bezlarning sekrtsiyasini idora qiladi. Sezish organlari: xilma-xil bo’lib, murakkab tuzilgan. Turli sezuv organlari mexanik ta'sirlarini qabul qilib oladigan nerv uchlaridan iborat bo’lib, bular teri yuzalarida xamda ichak va boshqa organlarning shilimshiq pardalari yuzasiga tarqalgan. Yon chiziq organlari faqat birlamchi suvda yashovchi umurtqali xayvonlarga xos. To’garak og’izlilarda va amfibiyalarda bu organlar teri yuzasida joylashadi. Baliqlarda esa uzunasiga qator ketgan chiziqlar ko’rinishida gavdaning ikki yon tomonida o’rnashadi. Yon chiziq organlari tufayli hayvon suvning oqish tezligini va yo’nalishini, o’z gavdasining xarakatini sezadi. Eshitish organi xamisha juft bo’lib, muvozanat organi vazifasini bajaradi. To’garak og’izlilarda va baliqlarda u faqat ichki quloqdan iborat bo’ladi. Ichki quloq oval xaltachasidan va pastki to’garak xaltachadan to’garak og’izlilardan tashqari qamma umurtqali xayvonlarda uchta yarim doira kanallar chiqadi.To’garak xaltachadan yuqoriga qarab uchi berk endolimfatik kanal chiqadi. Amfibiyalardan boshlab o’rta quloq xosil bo’ladi. Uning ichida uzangi suyagi, sut emizuvchilarda yana tashqi quloq xosil bo’ladi. qo’ruv organi bir juft ko’z soqqasidan iborat.Buning oldingi qismida shox parda joylashadi. Ko’z soqqasining devori tomirli, pigmentli va to’r pardadan tuzilgan. Xid bilish organi to’garak og’izlilardan tashqari qamma umurtqalilarda juft bo’ladi. Bu organ tuban umurtqalilarda ikkita xid bilish xaltachasidan iborat va burun teshiklari orqali tashqi muqitga ochiladi.O’pka bilan nafas oluvchi umurtqalilarda xid bilish bo’shlig’i tashqi burun teshiklar orqali tashqi muxit bilangina tutashmay, ichki burun teshiklari yoki xoanalar orqali og’iz bo’shlig’i va nafas yo’li bilan tutashadi. Xazm organlari nay shaklida bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat: 1) og’iz bo’shlig’i, 2) xalqum-baliqlarda, xalqumga jabra yoriqlari ochilsa, quruqlikda yashovchi umurtqalilarda xalqumga xiqildoq yoruqi ochiladi, 3) qizilo’ngach, 4) oshqozon, 5) ingichka ichak yo’g’on va to’g’ri ichak, 6) orqa chiqaruv teshigi yoki kloaka. Xazm qilish bezlariga jigar oshqozon osti bezi va boshqalar kiradi. Qon aylanish sistemasi tutash bo’lib, u yurak, yurakdan turli organlarga qonni olib boruvchi arterial tomirlar, qonni yurakka olib keluvchi venoz tomirlar va kapillyarlardan tashkil topgan.Umurtqalilarning qoni rangsiz, yopishqoq plazmadan va unda osilgan qizil xamda oq qon tanachalaridan iborat. Jabra bilan nafas oluvchi umurtqalilarda faqat bitta qon aylanish doirasi bo’ladi, ya'ni yurak qorinchasidan venoz qon jabralarga boradi. U еrda qon kislorod bilan to’yinadi, keyin arterial qon tomirlari bilan butun tanaga tarqaladi. Tanadan venoz qon tomirlari bilan kelib yurak bo’lmasiga quyiladi. Bu hayvonlarning yuragi ikki kamerali yurak bo’lmasidan va yurak qorinchasidan iborat bo’ladi. quruqda yashovchi umurtqali hayvonlarda o’pka bilan nafas olganligi sababli ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi. Bularning yuragida ikkita yurak bo’lmasi bo’ladi. Kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan venoz qon o’pka arteriyasi bilan o’pkaga va o’pkadan arterial qon o’pka venasi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi. Katta qon aylanish doirasi yurakdan kislorodga to’yingan arterial qon aortalar orqali butun tanaga tarqatiladi. Gavdadan karbonat angidridga to’yingan venoz qon kardinal (baliqlar) va kovak venalar bilan kelib yurak bo’lmasiga quyiladi. Ayirish organlari bo’lib maxsus organ buyrak xizmat qiladi. Umurtqali xayvonlarning buyragi evolyutsiya natijasida uch davrni boshidan kechiradi; 1) Bosh buyrak-pronefros, 2) Tana buyrak-mezonefros, 3) Chanoq buyrak-metanefros. Buyrakdan siydik yo’li chiqadi, bu o’z navbatida kloakaga yoki siydik tanosil yo’liga ochiladi. Jinsiy organlari odatda jinsiy bezlardan iborat bo’ladi va bir juftdan joylashadi. Urqochilik jinsiy bezlari-tuxumdon donador bo’ladi. Juft tuxum yo’llarining uchi voronka shaklida gavda bo’shlig’iga ochiladi. Еtilgan tuxumlar tuxumdon devorini yorib chiqib gavda bo’shlig’iga tushadi, u еrdan tuxum yo’li voronkasiga o’tadi. Erkaklik jinsiy bezlari - uruqdon silliq yuzali jism shaklida bo’ladi. Ularning chiqarish yo’llari bir juft naydan iborat. Umurtqalilarning sistematikasi. Umurtqali hayvonlar kenja tipi ikkita bo’limga bo’linadi; 1. Juft suzgich qanotlari bo’lmagan va xozirgi zamon faunasida to’garag og’izlilarni o’z ichiga olgan jaqsizlar katta sinfi Agnata. Jaqsizlar katta sinfi o’z ichiga faqat bitta to’garak og’izlilar sinfi Cuclostomata ni oladi. 2.Jaglilar bo’limi o’z navbatida ikkita katta sinfga bo’linadi. 1. Baliqlar katta sinfi. PiscesG` Ular o’z navbatida ikkita sinfga bulinadi; 1. Tog’ayli baliqlar Chonodrichthyes 2. Suyakli baliqlar.Osteichthyes. 2. To’rtoyoqlilar katta sinfi. Tetrapoda. Bular 4 sinfga bo’linadi. 1. Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar - Amphibia 2. Sudralib yuruvchilar yoki reptiliyalar-Reptilia. 3. qushlar-Aves 4. Sut emizuvchilar-Mammalia Jaqlilar bo’limi sistematikasiga bog’liq bo’lmagan xolda 2 gruppaga bo’linadi. 1. Anamniyalar. Bularga birlamchi suvda yashovchi umurtqali (baliqlar va amfibiyalar) hayvonlar kiradi.2. Amniotalar. Bu gruppaga quruqda yashaydigan umurtqali hayvonlar; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Umurtqali hayvonlar fiziologik xolatiga ko’ra 2 gruppaga bo’linadi. 1. Sovuq qonlilar yoki poykilotermli hayvonlar.Bularga baliqlar, amfibiyalar va sudralib yuruvchilar kiradi. Bu hayvonlarning tana temperaturasi o’zgaruvchan tashqi muxit temperaturasiga qarab o’zgarib turadi. 2. Issiq qonlilar yoki gomoytermli hayvonlar. Bu gruppaga qushlar va sut emizuvchilar kiradi. U hayvonlarning gavda temperaturasi yuqori va o’zgarmas. Tashqi muxit temperaturasiga deyarli bog’liq emas. To’garak og’izlilar sinfi- Cyclostomata ni umumiy xarakteristikasi. Umurtqali hayvonlarning primitiv gruppasi bo’lib, minoga va miksinalarni o’z ichiga oladi. To’garak og’izlilarning gavdasi silindrsimon cho’ziq, terisi yalanqoch shilimshiq. Juft suzgich qanotlari bo’lmaydi. og’zi jaqsiz bo’lib, og’iz so’rqichining to’rida joylashadi. Burun teshigi bitta. Xordasi umrbod saqlanadi. Orqa miyasining yon tomonlarida juft tog’ay o’simtalari metamer xolda joylashadi. Bu o’simtalar umurtqalarning ustki yoylarining kurtagidir. To’garak og’izlilarning tuzilishini minoga Lampetra fluviatilis misolida ko’rib chiqamiz. Tashqi ko’rinishi. Gavdasi uzun ilonga o’xshaydi va uch qismga-bosh, tana va dumga bo’linadi. Boshining oldingi pastki qismida og’iz oldi voronkasi bor. Og’iz oldi voronkasida shox tishlari bo’ladi. Ikki ko’zining orasida toq burun teshigi bor. Boshining ikki yon tomonida еttitadan jabra teshiklari bo’ladi. Orqa tomonida oldingi va keyingi toq orqa suzgich qanotlari xamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Dum suzgich qanoti birlamchi teng pallali prototserkal tipda bo’ladi. Gavdaning ostida, tana bilan dum qo’shilgan еrda orqa chiqaruv teshigi va siydik tanosil teshigi o’rnashgan. Teri qoplagichlari yumshoq bo’lib, unda tashqi skeletning asari xam yo’q. Terisida talaygina bir xujayrali bezlar juda ko’p. Skeleti asosan tog’aydan tashkil topgan. O’q skeleti bo’lib umrbod saqlanadigan xorda xizmat qiladi. Xordani va orqa miyani biriktiruvchi to’qimali parda o’rab turadi. Orqa miya kanalining tashqi devorlarida xordaning chetlari bo’ylab mayda tog’aylarning juft qatori bor. Bu tog’aylar umurtqalar murtagi xisoblanadi. Bosh skeleti miya qutisi, og’iz oldi voronkasi skeleti va vistseral apparat skeletidan iborat. Minoganing boshi va jabra apparatining skeleti: 1— xordasi; 2— umurtqaning yuqorigi yoyi; 3— sezish kapsulasi; 4— eshitish kapsulasi; 5— so’rqich voronkalarining skeleti; 6— til osti tog’ayi; 7— jabrasi; 8— yurak oldi tog’ayi; 9—til osti yoyi, Dengiz minogasi bosh qismining sagеttal kesimi: 1— xalqasimon tog’ay; 2— oldingi yuqorigi tog’ay; 3— orqa yuqorigi tog’ay; 4— xalqasimon tog’ay; b— til tagi tog’ayi; 6— sezish kapsu-, lasi; 7—xordasi; 8—bosh miyasi; 9—orqa miyasi; 10— burun te-shiklari; 11— pitiutar xalta; 12— til plastinkasi tishlari; 13— me'dasi; 14— jigari; 15— oldingi o’rta jabra yoriqlari; 16— yurak bo’lmasi; 17— yurak qorinchasi; 18— qorin aortasi; 19— orqa aorta; 20— tuxumdoni. Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va ustidan o’rab oladi. Miya qutisining ensa bo’limi taraqqiy etmagan. Miya qutisining tagida asosiy plastinka, oldingi tomonida xidlov kapsulasi, keyingi qismida eshituv kapsulasi joylashadi. Og’iz oldi voronkasi skeleti faqat to’garak og’izlilarga xosdir. U voronka devorining yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog’aylardan tuzilgan. Vistseral skelet jabra qutisidan tog’aydan va ko’z osti yoyidan iborat. Jabra qutisining o’zi tog’ay panjaradan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog’ayi tegib turadi. Dengiz minogasining og’zi va nafas, olish organi: 1—jabra xaltalari; 2— shox tishlari; 3— umumiy jabra yo’li; 4— ichki jabra yo’llari; 5—tashqi jabra yo’llari; 6— og’zi; 7— tashqi jabra teshiklari; 8— jabra xaltalari orasidagi teri to’siqlar. 12-rasm. Minoga qon aylanish sistemasining sxemasi: 1 — orqa aorta ildizi; 2— chiqaruvchi jabra arteriyalari; 3— oldingi kardinal vena; 4— orqa aorta; 5—orqa kardinal vena; 6— ichak arteriyaen; 7—keltiruvchi jabra arteriyalari; 8—qorin aortasi; 9— jabra yoriqlari; 10— me'dasi; 11—yurak qorinchasi; 12— venoz sinusi; 13— jigar venasi; 14— ichak osti venasi; 15— dum venasi va arteriyasi. Minoganing bosh miyasi (1—yuqoridan; 2—pastdan ko’rinishi): 1—oldingi miya yarim sharlari; 2--xid- lash kismi ; 3-xidlash nervi; 4— oralik miya; 5—6— o’ng va chap gabenulyaar gangliyalar: 7—gipofiznn berkitib turuvchi tepa organ; 8— ko’rish nervi; 9— miya voronkasi; 10— ko’rish kismi; 11— o’rta miya teshigi; 12— o’rta miya; 13— ko’zni qarakatlantiruvchi nerv; 14—uchlamchi nerv; 15-D—eshitish nervi; 16— uzunchoq miya. Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajralgan. Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miya nisbatan kichik, miyacha uzunchoq miyadan ajralmagan bosh miyaning bo’limlari bitta gorizontal tekislikda joylashgan. Oldingi miya yarim sharlarining tagi tarqil tanadan tuzilgan, usti yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyasi lentasimon shaklda bo’ladi. Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari boshqa umurtqalilarga qarshi o’laroq bir-biri bilan qo’shilib, aralash nerv tanasini xosil qilmaydi. Sezuv organlari past taraqqiy etgan. Eshitish organi quloqdan tashkil topgan va unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko’zida shox parda rivojlanmagan. Xid bilish organi toq. Yon chiziq organi teri yuzasida joylashgan. Ovqat xazm qilish organlari og’iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og’iz bo’shlig’iga ochiladi. Og’iz bo’shlig’ida shox tishlar va til bo’ladi. Og’iz bo’shlig’idan faqat to’garak og’izlarga xarakterli ikkita nay pastda nafas nayi va ustida qizilo’ngach nayi ketadi. qizilo’ngach ichakka va ichak anal teshigiga ochiladi. Ichakning ichida oldingi past tomonida jigar joylashadi. oshqozon osti bezi ichakning butun devoriga tarqalgan. Nafas olish organlari. Yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarining ichki tomoniga yaproqsiz jabra yo’llari ochiladi. Ichki jabra yo’llari nafas nayiga chiqadi. To’garak og’izlarning jabra xaltachalari va ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda entodermadan rivojlanadi. Nafas olishda suv tashqi jabra teshiklaridan jabra xaltachalariga va shu yo’l bilan orqaga qaytib tashqariga chiqib ketadi. qon aylanish sistemasi-lantsetnikning qon aylanish sistemasiga o’xshash tuzilgan. Lekin minogalarda yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat ikki kamerali yurak bor. Yurak qorinchasidan qorin aortasi chiqadi. Uning xar qaysi tomonidan qon olib keluvchi-jabra arteriyalari chiqib, jabra oraliq to’siqlardagi jabra yaproqlariga keladi. Oksidlangan qon olib ketuvchi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga yig’iladi. Aorta ildizidan oldingi tomonga qarab gavdaning bosh tomonini qon bilan ta'minlovchi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab, butun gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta'minlovchi orqa aortasi chiqadi. Gavdaning bosh tomonidan venoz qon bir juft kordinal venalarga yiqiladi va ular mustaqil ravishda vena sinusiga quyiladi. ichakdan venoz qon-jigar qopqa venasiga yiqiladi. Bu еrdan venoz qon jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi. Vena sinusi yurak bo’lmasiga, yurak bo’lmasi esa yurak qorinchasiga ochiladi. Ayirish organi bir juft mezonefritik buyrakdan iborat. Bu buyrak gavda bo’shlig’iga joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldiqi bor. Siydik kanali bo’lib Volf kanali xizmat qiladi va siydik tanosil teshigiga ochiladi. Ko’payish organlari toq bo’ladi. Еtilgan jinsiy xujayralar gavda bo’shlig’iga tushadi va siydik tanosil teshigi orqali tashqariga chiqariladi, uruqlanishi suvda o’tadi. Suyakli baliqlarning tuzilishini. Sazan-Cyprinus carpio balig’i Teri qoplagichlari: Sazanning terisi suyak tangachalar bilan qoplangan. Terisi shilimshiq modda ishlab chiqaruvi bezlarga boy bo’ladi. Shilimshiq modda suzganda gavdasining suvga ishqalanishini kamaytiradi. Skeleti. Umurtqa pog’onasi amfitsel tipdagi umurtqalardan tashkil topgan, tana va dum umurtqalariga bo’linadi. Umurtqalardan ustki va pastki yoylar chiqadi. Tana bo’limidagi umurtqalarning ustki yoylari qo’shilib orqa miya kanalini xosil qiladi. Pastki yoylar ko’ndalang o’simtalarga qo’shiladi. Ko’ndalang o’simtalar pastki yoylardan xosil bo’ladi. Dum bo’limining pastki yoylari qo’shilib qon tomirlari o’tadigan gemal kanal va gemal o’simta xosil qiladi. Bosh skeleti o’z navbatida miya qutisi skeleti va vistseral skeletlarga bo’linadi. Miya qutisining tog’ay xisobidan xosil bo’lgan almashuvchi suyaklari quyidagilar xisoblanadi, ensa qismida toq ustki ensa suyaklari, eshitish kapsulasini tashkil qiladigan quloq suyaklari bor. Ular beshtadan bo’ladi. Ko’z kosasining devorini toq ponasimon, juft qanot-ponasimon va ko’z ponasimon suyaklar tashkil qiladi. Xidlov kapsulasining o’rnida toq oraliq xidlov suyagi va juft yon xidlov suyaklari rivojlanadi. Miya qutisining koplovchi suyaklariga bosh miyani ustki tomonidan yopib turuvchi juft burun, peshona va tepa suyaklari va miya qutisini ostidan tutib turuvchi toq parasfenoid suyaklar kiradi. Parasfenoid suyagining oldida toq dimoq suyagi joylashadi. Vistseral skeletida yoy xosil qiluvchi suyaklardan tashqari jabra qopqoqi bo’ladi. Jabra yoylari va til osti yoyi xuddi akulalarnikidek qismlardan tashkil topgan, lekin suyakka aylangan jaq yoyining ustki qismi akuladagi tanglay-kvadrat tog’ayiga gomolog bo’lgan birlamchi ustki jaqi bir juft tanglay suyagi bilan bir juft kvadrat suyagidan iborat, bu suyaklarning orasida uchta qanotsimon suyaklar bor. Bulardan bittasi almashinuvchi, ikkinchisi qoplaqich suyagidir. Bu suyaklar sistemasi ustki jaq funktsiyasini bajarmasdan miya qutisini ostini xosil qiladi. Ustki jaq rolini juft qoplovchi suyaklar-ustki jaq va jaq aro suyaklari bajaradi. Pastki jaq teridan xosil bo’lgan va mekkel tog’ayini yopib turadigan katta tish suyagidan, burchak suyagidan va almashinuvchi qo’shilish suyaklaridan tashkil topgan. Ko’krak suzgich qanotlarining skeletida bazaliylari bo’lmaydi va suyak to’g’ridan to’g’ri kamar suyagiga birikadigan radialiy suyaklaridan va suyak shulalaridan iborat. Ko’krak kamari juft qoplovchi korakoid va kurak suyaklaridan tashkil topgan. Birlamchi kamar xisoblangan bu suyaklarga ikkilamchi kamar suyagi almashinuvchi suyak kleytron tegib turadi. qorin suzgich qanotlarining suyak skeleti faqat bir juft plastinkadan iborat. Bazaliy va radialiy bo’limlari yo’qolib ketib, tashqi suyak shulalar bevosita chanoq plastinkalariga tegib turadi. Nerv sistemasi va sezuv organlari. Bosh miyasi tog’ayli baliqlarning bosh miyasiga nisbatan ancha sodda tuzilgan, avvalo uning o’lchami kichik, oldingi miya yarim sharlarining qopqoqi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, nerv moddasi bo’lmaydi. Ko’rish organi ko’z xamma baliqlardagi singari yumaloq ko’z gavxari, yassi shox pardadan iborat bo’lib, uzoqdan ko’rolmaydi. ko’z kosasining orqa tomonida joylashgan o’roqsimon o’simta ko’z gavxarini siljitib turadi. Eshituv organi faqat ichki quloqdan iborat va baliqlarning o’zaro kontaktida katta axamiyatga ega. Ko’pchilik baliqlar tishlari suzgich qanotlarining ishqalanishi, xavo pufaklari yordamida xar-xil ovozlar chiqaradi. Yon chiziq organi teri ostida kanal xosil qiladi. Bu kanal tashqi muxit bilan qator teshikchalar bilan boqlanadi. Kanal devorida nerv uchlari joylashadi. Yon chiziq organi suvning oqimi va bosimini aniqlaydi. Ovqat xazm qilish organlari. Og’iz bo’shlig’ida bir qancha konussimon tishlar bo’lib, bu tishlar jaq oraliq ustki jaq, tish va xatto tanglay qanotsimon dimoq xamda parasfenoid suyaklarga joylashgan. Tishlar og’izdagi ovqatni ushlab turish uchun xizmat qiladi. Til yo’q. Og’iz-xalqum bo’shlig’idan ovqat qizilo’ngachga so’ngra oshqozonga o’tadi. Oshqozondan boshlangan ichak takomillashgan va uning ichida spiral klapani yo’q. Lekin uning o’rniga shu funktsiyani bajaruvchi pilorik o’simtalar chiqadi. Ichak boqichiga taloq o’rnashgan. Katta jigarida o’t pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak tutqich bo’ylab tarqalgan. Xavo pufakchasi qorin bo’shlig’ining butun orqa qismini to’ldirib turadi. Uning ichi asosan azot va karbonat angidrid va kislorod gazlari bilan to’lgan. Xavo pufakchasi gidrostatik vazifani bajaradi, ya'ni u kengayganda baliqning solishtirma oqirligi kamayada, kichrayganda esa ortadi. Nafas olish organlari. Ola buqa baliqida barcha suyakli baliqlar singari jabraaro to’siqlar bo’lmaydi. Shu sababli jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Jabra yoriqlarini tashqi tomondan jabra qopqoqi yopib turadi. Nafas olish akti jabra qopqoqlarining xarakati va suvni jabra bo’shlig’iga yutish xamda undan tashqariga itarib chiqarayotgan og’izning xarakati tufayli yuzaga keladi. qon aylanish sistemasi. Yuragida arterial konus yo’q. qorin aortasining oldingi qismi kengayib, aorta so’qonini xosil qiladi. Bu silliq muskuldan tuzilgan, shuning uchun xam u yurak singari mustaqil ravishda urib turolmaydi. Jabralar to’rt juft bo’lganligi sababli jabraga olib keluvchi va jabradan olib ketuvchi arteriyalar xam to’rt juft bo’ladi. Venoz sistemasi uchun faqat chap kordinal venasi buyrak qopqa sistemasini xosil qilishi xarakterlidir. Ayirish organlari. Bir juft uzun lentasimon shakldagi tana mezonefritik buyraklardan tashkil topgan bo’lib, xavo pufakchasi ustida umurtqalarning yoni bo’ylab joylashadi. Buyraklarning ichki qirrsidan bir juft siydik yo’li -Volf kanali boshlanadi. Bu kanallar pastroqda o’zaro qo’shilib siydik pufagiga qo’shiladigan bitta umumiy kanal xosil qiladi. Urchish organlari. Erkagining juft uruqdonlari ichida bo’shlig’i bo’ladi. Urug’donlarida maxsus teshiklari bilan siydik tanosil so’rgichi orqali tashqariga ochiladigan umumiy chiqarish yo’li bo’ladi. Urqochisida aloxida chiqarish yo’li yo’q. Akula (1) va suyakli baliq (2) yuragining tuzilishi: 1— vena qo’ltiqi; 2— yurak bo’lmasi; 3— yurak qorinchasi; 4— arterial konus; 5— arterial konus rudimenti; 6— aorta so’qoni. Shunga ko’ra ularning tuxumdoni tuqridan-to’g’ri jinsiy teshikka ochiladi. Shunday qilib, urqochilarida akuladagi singari tuxum yo’li vazifasini bajaruvchi Myuller kanali yo’q. Erkaklarida esa uruqdonlari buyrak bilan boqlanmagan. Volf kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajara oladi. Ikralari kichik; uruqlanishi odatda tashqi bo’ladi. Suyakli baliqlar sinfining sistematikasi. Suyakli baliqlarni sistemaga solish ancha qiyin, shu sababli xozirgi kunga qadar bu masalada olimlar o’rtasida umumiy fikr yo’q. Ko’payishi. Suyakli baliqlarning deyarli xammasi ayrim jinsli va uruqlanishi tashqi bo’ladi. Baliqlar boshqa umurtqali xayvonlarga nisbatan nixoyatda serpusht bo’ladi. Ko’pchilik baliqlar yuz minglab oy baliq 30 mln. ikra qo’yadi. Bu ikralar yumshoq bo’lib, yaxshi ximoya qilinmagan va ko’pchiligi uruqlanmaydi. Shu sababli ikralarning ko’pchiligi xalok bo’lib ketadi. Uruqlangan tuxumning voyaga еtgan baliqqa aylanishi nixoyat past bo’lib, sevryuga baliqida 0,13-0,58 foizni tashkil qiladi. Baliqlar boshqa ko’pgina umurtqalilardan aniq ko’payish mavsumiga ega emasligi bilan farq qiladi. Baliqlar nerest vaqtiga qarab uch gruppaga bo’linadi. 1. Baxor va erta yozda ko’payuvchi baliqlar. Bu gruppaga osyotrlar, zoqora baliqlar, laqqa baliqlar, seldlar, cho’rton baliqlar, olabuqa baliqlar kiradi. 2.Kuzda va qishda ko’payuvchi baliqlarga losos, gulmoy (forel ) treska va boshqalar kiradi. 3. Tropik dengizlarda yashovchi baliqlar yil davomida ko’payadi. Ba'zi baliqlarda nasl uchun qayqurish xodisasi xosil bo’ladi, natijada ular juda kam ikra qo’yadi. Masalan, tikan baliqlarning erkagi suv tagida еrdan chuqurcha qaziydi va shar shaklida uya quradi. Urqochisi 20-100 ikra qo’yadi. Lekin erkagi 10-15 kun uyani qo’riqlaydi. Dengiz toychasi va igna baliqlar erkagining qorin tomonida teri burmasi bo’ladi. Shu burmada uruqlangan ikralarni olib yuradi. Amerika laqqa baliqi esa 50-100 ikralarini oqziga solib yuradi. Ba'zi baliqlarda esa (Boyqal golomyankasi) tirik tuqish kuzatiladi. A.G.Bannikov, N.A.Bobrinskiy va B.S.Matveevlarning “Zoologiya kursi” 2 tomida keltirilgan sistematikaga asosan suyakli baliqlar 3 ta kenja sinfga bo’linadi. 1 -Shu'laqanotlilar. Actinopterygii. 2.-Cho’tka qanotlilar. Crossopterygii 3.-Ikki xil nafas oluvchilar. Dipnoi. Shu'la qanotli baliqlar kenja sinfi. Gavdasining shakli xilma-xil bo’lib, еr yuzining xamma suv xavzalarida tarqalgan. Shu'la qanotlilar to’rtta katta turkumga bo’linadi. Tog’ayli gonoidlar, suyakli gonoidlar, suyakdor baliqlar, ko’p qanotlilar. Tog’ayli ganoidlar katta turkumi-Chondrostei. Tog’ay-suyakli baliqlar: 1—osyotr; 2—beluga; 3— sevryuga; 4— sterliad; 5—soxta kurakburun. Suyakli baliqning yon chiziqi bo’ylab ko’ndalang kesigi: 1— yon nervi; 2-yon chiziq organlari; 3—kanal; 4— kanalning tashqi teshigi, Bu katta turkum o’z ichiga faqat osetrsimonlar turkumini oladi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra osetrsimon baliqlar akulalarga ancha o’xshab ketadi. Boshining uchida qazqich (rostrutm) bor, uning tagiga og’iz teshigi ko’ndalang bo’lib joylashadi. Dum suzgichi geterotserkal tipda juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangachalari o’ziga xos bo’lib, katta -katta suyak bo’rtmalaridan iborat. Bu bo’rtmalar gavdasi bo’ylab besh qator bo’lib joylashadi. Suyakli baliqlar bosh suyagining sxemasi. 1— pastki ensa suyagi; 2— yon ensa suyagi; 3— tepa ensa suyagi; 4— quloq suyagi; 5— asosiy ponasimon suyak; 6—qanotsimon-ponasimon suyak; 7— ko’z ponasimon suyagi; 8— sezish suyagi; 9— yon sezish suyagi; 10— tepa suyak; 11—peshona suyagi; 12— burun suyagi; 13— parasfenoid; 14— soshnik; 15— tanglay suyagi; 16— kvadrat suyak; 17— qanotsimon suyak; 18— jaqlararo suyak; 19— yuqorigi jaq; 20— birikuvchi suyak; 21— tish suyagi; 22— burchak suyagi; 23— giomandibulyariya; 24— simplektikum; 25—29-1—V— jabra yoylari; 30— gioid. O’q skeletining asosini biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralgan xorda xamda ustki va ostki umurtqa yoylari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog’aydan tashkil topgan bo’lib, lekin uning qopqoqi bosh skeletining yon tomonlari va tagini qoplovchi suyaklardan iborat. Ichagida spiral klapan, yuragida arterial konus bor. Osyotrsimonlarning turlari uncha ko’p emas, ularning xammasi Shimoliy yarim sharda yashaydi. Bu turkum ikkita oilani o’z ichiga oladi. Osyotrlar oilasiga qora, Kaspiy dengizlarida yashaydigan rus osyotri va sevryuga, Pechora, Kalim daryolaridan to Shimoliy muz okeani qirqoqlarigacha uchraydi. Sibir osyotri, Amur daryolarida yashovchi Amur osyotri, Uzoq Sharq belugasi va boshqalar. O’rta Osiyo daryolarida yashaydigan qalati fil bo’yinlar xam shu oilaga mansub. Osyotrsimon baliqlar ovlash uchun muxim axamiyatga ega bo’lib, juda qimmatbaxo go’sht va qora ikra beradi. Suyakli ganoidlar katta turkumi-Holostei. Bu katta turkumdan xozirgi vaqtda faqat ikkita vakil Kayman baliq yoki Pantsirli cho’rtan baliq va loyqa baliq (amiya) saqlanib qolgan. Bu baliqlarda xam osyotrsimon baliqlardagi singari ichaklarida spiral klapan, yuraklarida arterial konus saqlangan, ustki ensa suyagi yo’q. Kayman baliqi va loyqa baliq Shimoliy Amerikada yashaydi. Suyakdor baliqlar katta turkumi-Teleostei Suyakdor baliqlar-baliqlar ichida eng ko’p turlisi bo’lib, xozirgi zamon baliqlarini 90% tashkil etadi. Bular еr yuzidagi xamma suv xavzalarida tarqalgan. Tangachalari xamma vaqt suyakdan tuzilgan, dumi gomotserkal tipda, arterial konusi va spiral klapani yo’q. Suyakdor baliqlar katta turkumi ko’p turkumlarga bo’linadi. quyida shulardan eng muximlarini ko’rib chiqamiz. a) Seldsimonlar turkumi-Clupeiformes Bu turkumga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi, bularning bosh skeletini anchagina qismi tog’aydan tuzilgan. Suzgich qanotlarining shu'lalari yumshoq va bo’qimli bo’lishi xarakterlidir. Bu turkumga seldlar va lososlar oilalari kiradi. Seldlar oilasiga 150 tacha tur baliqlar kiradi. Bular asosan dengiz va okeanlarda yashaydi, ba'zilari esa ko’payish uchun daryolarga kiradi. Seldlar dunyoda tutilayotgan baliqlarning 37 % tashkil qiladi. Bularning tipik vakili bo’lib shimoliy va Uzoq sharqdagi dengizlarda yashovchi shimol seldi, Kaspiy dengizi va Volga xamda Ural daryolarida yashovchi qora orqali seld, Boltiq va qora dengizlarda yashovchi kilkalar xisoblanadi. Lososlar orqa va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz, yoq suzgich qanotlari bo’lishi bilan bilan xarakterlanadi. Bu baliqlar qimmatbaxo go’sht va qizil ikra beradi. Lososlar Shimoliy yarim sharda tarqalgan bo’lib, Dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Lososlarga Uzoq Sharq dengizlarida yashaydigan keta, gorbusha, nerka, ko’l va soylarda yashaydigan gulmoy va forel baliqlari kiradi. b) Karpsimonlar turkumi-Cypriniformes. Karpsimon baliqlarning aksariyat ko’pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkumga ikkita oila, karplar va laqqa baliqlar kiradi. Karplarning og’zida tishlari bo’lmaydi, lekin orqa jabra yoylariga o’rnashgan xalqum tishlari bor. Bu oilaga ko’l va daryolarda yashaydigan plotva, Kaspiy Volga xavzasida yashaydigan vobla, leshch, zoqora baliqlari kiradi. v) Ilon baliqlar turkumi-Angulliformes. Gavdasi uzun ilonsimon bo’lib, qorin va ba'zan esa ko’krak suzgich qanotlari bo’lmaydi, anal,dum va orqa toq suzgich qanotlari bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Ilon baliqlarning turlari ko’p bo’lmaydi, asosan suptropik va tropik zona suvlarida yashaydi. Rossiyaning Еvropa qismida daryo ilon baliqi yashaydi. Bu baliqning qiziq tomoni shuki, u ikra tashlash uchun daryolardan dengizga o’tadi va dengizda urug’langan ikradan chiqqan lichinka qayotining uchinchi yilida baliqqa aylanib daryolarga kiradi. v) Cho’rtonsimonlar turkumi-Esociformes. Bu baliqlarning turlari kam bo’lib yirtqich qayot kechirishi, o’tkir tishli jaqlarining kuchli tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Bu turkumning tipik vakili cho’rtan baliqdir. Boshqa baliqlar, qushlarning jo’jalari va baqalar bilan ovqatlanadi. Baliqchilik rayonlarida sezilarli darajada zarar keltiradi. Daryo va ko’llarda yashaydi. d) Olabuqasimon yoki okunsimonlar turkumi- Periciformes. Turlari juda ko’p 6500 ga yaqin bo’lib, asosan dengizlarda va ba'zilari chuchuk suvlarda yashaydi. Bu baliqlarning suzgich qanotlarida uchi o’tkir va bo’qinlarga bo’linmagan shu'lalar bo’ladi, qorin suzgich qanotlari ko’krak suzgich qanotlarining ostida yoki sal oldinroqida turadi. Okunsimonlar turkumiga qora va Kaspiy dengizlarida eng ko’p ovlanadigan sudak tipik vakil xisoblanadi. Skumbriya va buqa baliqlar xam shu turkumga mansubdir. е) Treskasimonlar turkumi-Gadiformes. Bularning xamma suzgich qanotlari yumshoq va bo’qimlarga bo’lingan shu'lalar bo’lishi, qorin suzgich qanotlarining ko’krak qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Treskasimonlarning juda ko’p turlari dengizlarda yashab ko’p ovlanib kelinadi. Tipik vakili treska, piksha va navaglar Barents dengizlarida ko’p tutiladi. XULOSA Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq ovlash uchun maxsus kemalar - traulerlardan foydalaniladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmatsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O’zbekistonda baliqlar ichki suv havzalaridan ovlanadi. Zog’ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh asosiy ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig’i va chavoqlari ko’plab nobud bo’ladi. SHuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitiladi va ma’lum davrgacha boqilib, so’ng tabiiy suv havzalariga qo’yib yuboriladi. Baliqlar tuxumi va yosh baliqchalarai boshqa suv havzalariga ko’chirib o’tkazish mumkin. Masalan, Uzoq sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan. Baliqlarning kelib chiqishi. Baliqlarning qadimgi ajdodlari Lantsetnikka o’xshash sodda tuzilgan xordalilar bo’lgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo’lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O’lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borgan. SHu yo’l bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlarning gavdasi yon tomondan yassilashgan; gavdasi bo’limlari o’zaro harakatsiz qo’shilgan; tangachalar bilan qoplangan terisi shilimshiq bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan ho’llanib turiladi. Ular utrhta toq va 2 juft suzgichlari yordamida suzadi. Baliqlar tog’ayli baliqlar va suyakli baliqlar sinflariga ajratiladi. Tog’ayli baliqlarga akulalar va skatlar; suyakli baliqlarga bakra baliqlar, losossimonlar, karpsimonlar, panjaqanotlilar va boshqa turkumlar kiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Лаханов Ж.Л. “Ўзбекистоннинг умуртқали ҳайвонлари аниқлагичи” T. 1968. Лаханов Ж.Л. «Умуртқалилар зоологияси» T. ЎАЖБНТ Mаркази. 2005. Mуратов Д.M. «Умуртқали ҳайвонлар зоологиясидан практикум. T-1980. Mavlonov O., Kamolov G.K «Zoologiya» maktab darsligi . T. 2006. Наумов С.П. « Умуртқалилар зоологияси », дарслик. T., «Ўқитувчи», 1995. www.ZiyoNET REF.ARXIV.UZ Testing.uz Rebooks.uz . Download 450.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling