Umurtqasizlar zoologiyasi “ fanidan tayyorlagan taqdimoti mavzu: O’rgimchaksimonlar sinfi
Download 1.08 Mb.
|
O\'rgimchaksimonlar sinfi
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo`nalishi sirtqi A2-guruh talabasi AZIMOVA NILUFARning,, UMURTQASIZLAR ZOOLOGIYASI “ FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIMavzu: O’rgimchaksimonlar sinfiO'rgimchaksimonlar o'rgimchaklar, solpugalar, chayonlar, soxta chayonlar, pichano'rarlar, qiloyoqlilar, kanalar turkumlariga bo'linadi. Ularning tipik vakili butli o'rgimchak hisoblanadi. O'rgimchaksimonlar keng tarqalgan va har xil muhitda yashashga moslashgan bo'g'imoyoqliiar bo'lib, hozirgi vaqtda ularning 60000 dan ortiq turi bor. Ko'pchilik o'rgimchaklarning tanasi bosh —ko'krak va qorindan iborat ikki bo'limga bo'linadi. Lekin bular orasida tanasi yaxlit bo'lgan kanalar bor. O'rgimchaklar o'pkasi yoki havo o'tkazuvchi maxsus naychalar ham traxeyalari yordamida nafas oladi. Yurish oyoqlari 4 juft bo'ladi. Bosh qismidagi oyoq paypaslagichlari sezish vazifasini bajaradi. Ulaming mo'ylovlari va murakkab fasetkali ko'zlari bo'lmaydi. Ko'rish organi bir necha juft oddiy ko'zchalardan iborat. Butli o'rgimchak (Araneus diadematus) ning qorin bo'limi yumaloq va silliq bo'ladi, uning orqa tomonida oqish rangli butsimon chizig'i bor . Qomining keyingi uchida to'r hosil qiladigan uch juft so'gallari bor. So'gallarga to'r bezlarining uchi ochiladi. Ulardan chiqadigan suyuqlik havoda tez qotib, to'r hosil qiladi. O'rgimchak orqa oyoqlari yordamida bu iplaming hammasmi bir—biriga qo 'shib, bitta umumiy ipga aylantiradi.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling