Umurtqasizlar


Download 3.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana01.03.2020
Hajmi3.24 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
88175

О.  MAVLONOV,  SH.  XURRAMOV,

X.  ESHOVA





'

UMURTQASIZLAR'>UMURTQASIZLAR

ZOOLOGIYASI

>1  ' 



j



Oliy o‘quv yurtlari 

uchun darslik

V


О .  M A V LO N O V ,  S H .  X U R R A M O V , 

X. E S H O V A



UMURTQASIZLAR 

ZOOLOGIYASI

Oliy  o ‘quv  yurtlari  biologiya  ixtisosligi 

bakalavr  bosqichi  talabalari  uchun  darslik

0 ‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 

Davlat ilmiy nashriyoti

Toshkent 2006


Darslikda umurtqasiz hayvonlaming  barcha asosiy  sistematik guruhlariga 

tavsif  berilgan.  Undagi  o'quv  materiallari  solishtirma  evolyutsion  nuqtai- 

nazardan tahlii qilingan; hayvonlaming tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati 

keng yoritilgan. Bir qancha zoologik tushunchalarning o'zbek tilidagi nomlariga 

tuzatishlar kiritiigan.

Darslik oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi bakalavr yo'nalishi talabalari 

uchun mo‘ljallangan.

Taqrizchilar:

S. D. DADAYEV -  biologiya fanlari doktori, Nizomiy nomidagi Toshkent 

davlat pedagogika universiteti professori;

N. H. H AKIMOV -  biologiya fanlari nomzodi, Alisher Navoiy nomidagi 

Samarqand davlat universiteti dotsenti.

0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, professor 

J. A. AZIMOVning umumiy taxriri ostida.

NAsVl

D A V L A T



UNiVERSIT'  Г!

Ahborot-rasurs  markazl 

...... 


"

K IR IS H

Zoologiya  (-grekchadan  zoon  -   hayvon,  logos  -   ta’limot,  fan)  -  

hayvonlar to‘g ‘risidagi fan;  hayvonlaming xilma-xilligi, tuzilishi, hayot 

kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek 

ulaming xususiy va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganadi.  Bu fan 

inson  hayoti  va  uning  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  chambarchas 

bog'langan.

Zoologiya juda keng tarmoqli kompleks fan bo ‘lib, bir qancha musta­

qil fanlami o ‘z ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ulaming 

o'zaro o ‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar 

o'rtasidagi  iyerarxik (tobelik)  munosabatlarini  o ‘rganadi.  Sistematikan- 

ing pirovard maqsadi  hayvonlaming tarixiy rivojlanishini  aks ettiruvchi 

tabiiy sistemani ishlab chiqishdan iborat. Morfologiya hayvonlaming tash­

qi,  anatomiya  -   ichki  tuzilishini  o'rganadi.  Solishtirma  va  evolyutsion 



morfologiya  turli  sistematik  guruhlarga mansub  bo'lgan  hayvonlaming 

tuzilishi va ulaming tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini tekshiradi. Embri- 



ologiya hayvonlaming embrional rivojlanishi  (ontogenez) ni, filogeneti- 

ka  esa  hayvonot  dunyosining  evolyutsion  taraqqiyot yo'lini,  ekologiya 

hayvonlaming tashqi muhit bilan va o'zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. 



Etiologiya  hayvonlam ing  turq-atvorini  solishtirib  o'rganadi.  Zoo- 

geografiya zoologiya va fizik geografiya fanlarining bir tarmog'i bo'lib, 

hayvonlaming yer yuzasida tarqalishi qonuniyatlarini tekshiradi. Qadimgi 

geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlami paleozoologiya 

o'rganadi.  Bu  fan  filogenetika  va  evolyutsion  morfologiya  bilan  uzviy 

bog'langan. Fiziologiya esa hayvonlar organizmi funksiyasini uning tuz- 

ilishi bilan bog'lab o'rganadi.

Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlar- 

ga ajratish  mumkin.  Masalan, protozoologiya  bir hujayrali  hayvonlami, 



gelmintologiya  parazit  chuvalchanglami,  eniomologiya  -   hasharotlar- 

ni,  akarologiya  -   kanalarni,  ixtiologiya  -   baliqlam i,  ornitologiya  -  

qushlarni, teriologiya -  sut emizuvchilarni o'rganadi.


Zoefagiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya 

raqssMtaq xo'jaiigi bilan uzviy bog'liq. Zoologiyaning ko‘pginabo‘limlari 

e»parm atologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi 

Ikempildks  fan lar tarkibtga  kiradi.  Odam  va  hayvonlaming  parazitlarini 

©‘й^ишЫ! tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun juda muhim aha- 

m$ya£ kasb etadi. Tuproqda yashovchi  hayvonlami o ‘rganish esa tuproq 

йтей f o lis h  jaorayonini tushunib olish  va tuproq  imumdorligini  oshirish 

y e rfa rM  isWab chiqish imkonini beradi.

Ekoiogo-zoologik tadqiqotlar baliqchilik xo‘jaligi va chorvachilikni 



yamada fivqjjlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali 

tayvraiiliarai iqlimlashtirish va ko'paytirish, shuningdek qishloq  xo‘jaligi 

z*anrkmandalangaqarshi kurashni to ‘g !ri tashkil etishga yordam beradi. 

Тшшй feayvonlar o  rtasidagi o ‘zaro munosabatlami, shuningdek hayvonlar 

biofcimyoviy o ’zgarishlami tekshirish parazit va zararkunan- 

А !и р о т 1 а г§ а  qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim 

©“ratmuffladi.

Zoologiya fani 

yutuqlari tabiyotga ilmiy-materialistik dunyoqarashning 



nrepanashkJa 

ham 


katta 

ahamiyatga 



ega. 

Zoologiya fani to ‘plagan ilmiy 



dlalMSarojrgamR olamning 

rivojlanishi to ‘g ‘risidagi evolyutsion ta’limotni 

yaraltish oehun  asos  bo ‘lib  xizmat  qildi.  Inson  ham  uzoq  davom  etgan 

Iaraijttara|tpyxjt natijasida hayvonot dunyosidan kelib chiqqan va evoly- 



musion 

txaqqpyotning eng yuqori pog'onasiga ko" tari lgan ongli mavjudot 



imsojbfaradi.

4

I-BOB

HAYVONLAR  TO‘G‘RISIDA  UMUMIY 

MA’LUMOT

Z O O L O G IY A N IN G   R IV O J L A N IS H   T A R IX i

Insoniyat tarixining ilk davrlaridanoq kishilar hayvonlar hayoti W an 

qiziqqanlar. Hayvonlar to'g'risidagi dastlabki yozma m a'lum otiarшйшЯ- 

dan avval V -  IV asrga oid Misr, Xitoy  va Yunon adabiyotlarida radtanay- 

di. Lekin zoologiyaga taalluqli ilk ilmiy asarlami miloddai? IV a s ra w a l 

yashab  o lg a n   Arastu  (Aristotel)  yaratgan.  U ning  asarlarida 452 ta r 

hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi tushuntirib foarifflgam. 

Arastu  hayvonlami  ikki  katta guruh  -  qonlilar va qonsizlarga ainMgam. 

Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqajilar va ummiqasizlaiga 

yaqin  keladi.  Hayvonlar yana 8 ta kichik guruhlarga: to ‘rtoyoqliibr((sait 

emizuvchilar), tuxum qo'yuvchi ikkioyoqlilar (qushlar), tuxum ор*ушгссйш 

to ‘rtoyoqlilar (sudralib yuruvchilar), hasharotlar, qisqichbaqasimonfar va 

boshqaiarga  ajratilgan.  Arastu  asarlarida  organlar  tuzilishining ©"ждаэ 

muvofiqligi  (korrelyatsiya)  va gradatsiya to ‘g ‘risida ham sodda S i i b r  

bayon etilgan.

Qadi mgi Rim tabiatshunoslari orasida Gay Pliniy (miloddao so'‘ng23^- 

79 yillar) mashhur bo'lgan. U o'zining 37 kitobdan iborat “Tabiat Sans?’ 

asarida o'sha davrda m a’lum bo'lgan barcha hayvonlarga tavsif beBg». 

Xurofot hukm surgan Q ‘rta asrlarda tabiatni о 'rganish qatiyan a a  

ilm-lan namoyondalari esa ta’qib ostiga olindi. Ana shu sababli zoola^iya 

fanining rivojlanishi batamom to'xtab qoldi; Aristotel va Gay Рйшу isMari 

unutib yuborildi.

Uyg ‘onish davrida (XIV -  XV asrlar) ilm-fan taraqqi yotming m®1ka- 

zi G'arbiy Yevropaga ko'chdi. Bu davrda barcha tabiiy fanlar,jffinaladaim 

zoologiya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi. Xristofor Katemb, 

Marko Polo, Magellan va boshqa bir qancha sayyohiaming draglzliarssfea 

sayohatlari natijasida ilgari noma’lum bo'lgan yangi hayvon turlari IkaAIF 

etildi. Dunyoning turli burchaklaridan yig'ib keltirilgan behisob тайезМ -


larni sistemaga solish va umumlashtirish zarur edi.  Ayni shu davrda sh- 

veysariyalik  vrach  va  naturalist  K.  Gesneming  (1516-1565)  17  jildli 

“Hayvonlar tarixi” asari paydo bo'ladi.  Asar ko ‘p jihatdan sodda yozil- 

gan va unda noaniq m a’ lumotlar ko ‘p bo‘lsa-da, eng qadimiy ensiklope- 

dik manba hisoblanadi.

Zoologiya fanining taraqqiy etishida XVII asrda mikroskopning ixtiro 

etilishi beqiyos katta ahamiyatga ega bo ‘ldi. Golland olimi Levenguk (1632- 

1723)  “Mikroskop  yordamida ochilgan  tabiat  sirlari”  kitobi  bilan  ko ‘z 

ilg‘amas hayvonlar dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M.Malpigi (1628- 

1694) umurtqali hayvonlar qon aylanish sistemasi kapillarlari, ayirish or­

ganlari va hayvonlar terisining mikroskopik tuzilishini tasvirladi. Angliya- 

lik U.  Garvey  (1578-1657)  odamning qon aylanish sistemasini birinchi 

bo ‘lib tushuntirib berdi.

Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to‘g ‘risidagi ta’limot XVIII 

asrda paydo bo‘ldi. Bu ta’limotning negizini shved olimi K. Linney (1707- 

1778)  ishlari  tashkil etadi.  Uning  “Tabiat sistemasi”  asarida tur,  urug1, 

turkum va sinf kabi sistematik kategoriyalar asoslab beriladi. Olim tumi 

urug*  va tur nomi bilan atashni taklif etishi bilan binar nomenklaturaga 

asos soldi. K. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, dar- 

randalar, baliqlar, hasharotlar va chuvalchanglar sinflariga ajratadi. Lekin 

Linney turli sistematik guruhlar o'rtasida hech qanday bog‘lanish y o ‘q, 

degan g ‘oyani himoya qilib chiqadi.

K.  Linney zamondoshi  fransuz  olimi J.  Byuffon  (1707-1768) o ‘sha 

davrda zoologiya sohasida m a’lum bo ‘lgan barcha m a’lumotlami umum- 

lashtiruvchi 36 jildli ‘Tabiat tarixi” asarini yaratdi. Asarda u birinchi bo'lib 

turlaming o'zgarishi to'g'risida o 'z fikrini bildiradi.

XIX asr boshlarida fransuz olimi J. Kyuve (1769-1832) paleontologik 

qazilmalarni o'rganib, qadimda yashagan, lekin hozir qiiilib ketgan hayvon­

lar xususidama’lumot beradi. U organizmning bir butunligi va turli organ- 

laming o'zaro bog'langanligiga asoslanib, o'zining organlar korrelyatsi- 



yasi to'g'risidagi ilmiy g'oyasini ilgari surdi. J. Kyuve zoologiya faniga 

tip tushunchasini kiritadi.  U hayvonot dunyosini to 'rt tipga umurtqalilar 

(sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar), yumshoq tanlilar 

(mollyuskalar), bo'g'imlilar (halqali chuvalchanglar vabo'g'ilnoyoqlilar), 

nurlilar (ninaterililar, chuvalchanglar, infuzoriyalar)ga va 19 sinfga ajrata­

di.  Lekin  Kyuve  ham  xuddi  Linney  singari  turlaming  o'zgarm asligi 

to'g'risidagi  metafizik g ‘oyani  himoya qilib chiqqan  edi.  Uning  vatan-



6

doshi va zamondoshi  Sent-Der (1772-1844) esa turlaming tashqi muhit 

ta’sirida o'zgarishi borasidagi g'oyani ilgari surgan.

XIX asr biologiya fanida tirik tabiatdagi murakkab formalami eng 

sodda formalardan kelib chiqishi to'g'risidagi g'oyalam ing ustun kelishi 

bilan xarakterlanadi. Bu davrda evolyutsion g'oyalam i rivojlanishida T. 

Shvan (1810-1882) va M.  Shleyden (1804-1881) yaratgan tiriklikning 



hujayraviy  tuzilishi  *a’limoti  katta  ahamiyatga molik bo'ldi.  Turlam- 

ing  o'zgarishi,  murakkab  formalami  oddiy  formalardan  taraqqiy  etib 

chiqishi to'g'risidagi ta’limotni birinchi bo'lib fransuz naturalisti J. B. 

Lamark  (1744-1829)  ishlab  chiqqan.  U  “Zoologiya falsafasi”  asarida 

turlaming o'zgarm asligi xususidagi metafizik qarashlarga zarba berib, 

o'zining gradatsiya to'g'risidagi ta’limotini asoslab beradi. Lekin Lamark 

evolyutsion jarayon sabablarini ochib berolmadi. Olimning asosiy ishlari 

umurtqasiz  hayvonlami  o'rganishga  bag'ishlangan  edi.  U  K.  Linney 

sistemasini yanada takomillashtirdi va umurtqasiz hayvonlami  14 sinf­

ga ajratishni taklif etdi.

Zoologiya fanida evolyutsion g'oyalar faqat CH. Darvinning (1809- 

1882) 'Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlaming kelib chiqishi” (1859) asari 

bosilib chiqqandan so'ng to'la-to'kis o 'z asosini topdi. CH. Darvin turlam­

ing o'zgarishi va organik olam evolyutsiyasini tushuntirib qolmasdan, evoly- 

utsiyaning asosiy omillarini ham ochib berdi. U tirik mavjudotlar tuzilish- 

ining murakkablashib borishi va tashqi muhitga moslashuvining sababi 

uzoq davom etgan tabiiy yoki sun’iy tanlanish ekanligini bayon etdi. Darvin 

ta’limoti barcha fanlarining taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. 

Bu ta’limot biologiya fanlari oldiga hayvonlar evolyutsiyasi yo'nalishlari 

va sabablarini ochib berishdek yangi vazifalami qo'ydi. XIX asming ikk­

inchi yarmida nemis olimlari E. Gekkel (1834-1919) va F. Myuller (1821 - 

1897)  hayvonlaming  individual  rivojlanishi  bilan  tarixiy  taraqqiyoti 

o'rtasidagi  bog'lanishni  ko'rsatib  bemvchi  biogenetik  qonunni  kashf 

qilishib, evolyutsion ta’limotni muhim dalillar bilan boyitishdi.

XIX asr oxiri va XX asr davomida quraqlik, dengiz va okeanlar fau- 

nasini o'rganish uchun bir qancha yirik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Bu 

sohada ayniqsa “Chelenjer” kemasida (Angliya,  1872-1876), “Galateya” 

kemasida (Daniya  1950-1960)  va “Vityaz” kemasida sovet ekspeditsiy- 

alari juda keng miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Rus oli­

mi  A. V. Ivanov ekspeditsiya materiallari  asosida vangi hayvonlar tipi -  



pogonoforalami  tasvirlab  berdi.  Ingliz  o b n i  D.  Srnit  esa  Afrikaning

7

janubiy -  sharqiy qirg‘og ‘idan tutilgan, ilgari qirilib ketgan latimeriya deb 

atalgan panja qanotli baliqni tavsiflvb berdi.

Rossiyada zoologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar Pyotr 1 davrida bosh- 

langan. U chet mamlakatlardan turli hayvonlaming kolleksiyasini keltirib, 

kunstkamera tashkil etadi. Rus olimlaridan birinchi bo ‘lib K. F. Volf (1734- 

1794)  turlar  o'zgarm asligi  to ‘g ‘risidagi  metafizik  qarashlarga  qarshi 

chiqqan va organizmlami tuxumhujayradan asta-sekin o ‘sib rivojlanishi 

haqidagi  o'zining  epigenez  nazariyasini  metafizik  nazariyaga  qarama- 

qarshi qo‘ygan.

Zoologiya sohasidagi tadqiqotlaming rivojlanishida ayniqsa, XVDI as- 

rda Rossiya Fanlar Akademiyasi tomonidan mamlakatning uzoq hudud- 

lariga uyushtirilgan ko'plab ekspeditsiyalar katta ahamiyatga  ega bo‘ldi. 

P. S. Pallas (1741-1811) -Povolje, Sibir, Qozog'iston vaUral; G. V. Steller 

(1709-1746) -  Uzoq; Sharq; I. G. Gmelin (1745-1774) -Rossiyaning jan­

ubiy hududlari, I. Goldenshtedt (1745-1781) -  Kavkaz; 1.1. Lepexin (1740- 

1802) 0 ‘rta va Shimoliy hududlar hayvonlari hayotini o ‘rganib, juda ko‘p 

zoologik kolleksiyalar yig‘ishdi.  Ana shu materiallar asosida P.  S.  Pallas 

“Rus Osiyosi zoogeografiyasi” nomli  yirik asami yaratdi.  Kitobda o ‘sha 

davrda ma’lum bo'lgan barcha umurtqali hayvonlar tavsiflab beriladi.

Rossiya hayvonlarini o'rganish XIX asming birinchi yarmida ham tez 

sur’atlar bilan davom etdi. Bu sohada ayniqsa, akademik A. F. Midden- 

dorfning (1815-1894) Sibir bo'ylab uch yillik ekspeditsiyasi diqqatga sa- 

zovor b o ‘ldi. XIX asrdan boshlab Rossiyaga chegaradosh mamlakatlam- 

ing  faunasini o'rganishda ham  bir qancha tadqiqotlar amalga oshirildi. 

Mashhur sayyoh N. M. Prjevalskiy (1838-1888) O 'rta Osiyoni tekshira­

di va fanga noma’lum bo'lgan hayvon turlarini aniqlaydi. N. P. Knipovich 

(1862-1939) esa Shimoliy muz okeani, Kaspiy, Qora va Azov dengizlari 

havzalari  hayvonlarini  o'rganadi.  N.  N.  Mikluxo-Maklay  (1846-1888) 

Kanar orollari, Yangi Gvineya, Mikroneziya, Malakka yarim orollari va 

Qizil dengizda olib borgan tekshirishlarida zoologiyaga oid juda ko'p ma­

teriallar to'plagan.

Rossiyada ilg ‘or evolyutsion dunyoqarashlami rivojlanishida K.F.Rule 

(1814-1858) ishlari katta ahamiyatga egabo'ldi. Olim turlami o'zgarmasligi 

to'g'risidagi g'oyalargakeskin qarshi chiqib, hayvon organizmi bilan tashqi 

m uhitning  bir  butunligi,  yashash  m uhitining  o'zg arish i  hayvonlar 

o'zgarishiga sabab bo'lishini tushuntirib beradi. K. F. Rulening shogirdi 

N.  A.  Seversov  (1827-1885)  ekologiya  va  zoogeografiya  sohasida  bir

8


qancha ajoyib asarlar yaratdi. U o 'z  hayotini xavf ostida qoldirib,  0 ‘rta 

Osiyo tog1 va sahrolari hayvonot dunyosini o'rganadi.

Zoologiya fanining rivojlanishida atoqli rus olimi К. M. Beming (1792- 

1876)  xizmatlari  katta  bo'ldi.  U  hayvonlaming  individual  rivojlanishi 

to'g'risidagi embriologiya faniga asos solganlardan biri hisoblanadi. Shun­

ingdek К. M. Beming Azov va Kaspiy dengizlariga qilgan ekspeditsiyalari 

bu havzalarda baliqchilikni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo 'ldi. 

Olim  hayvonlar  embrionining  o'xshashligi  to'g'risida  qonunni  ochdi. 

Bu qonunga binoan embrionning rivojlanishida dastlab tipning, so'ng sinf va 

turkumning belgilari, oxirgi navbatda esa turga xos belgilar yuzaga chiqadi.

Zoologiya sohasidagi ishlar ayniqsa,  XIX asming ikkinchi yarmida 

CH. Darvin ta’limoti e ’lon qilingandan so'ng tez rivojlana boshladi. Aka- 

demik A. O. Kovalevskiy (1840-1901) paleontologiya fani dalillari asos­

ida hozirgi bir barmoqli ot zotlarini qadimgi to 'rt va uch barmoqli ajdodlar- 

dan kelib chiqqanligini ko'rsatib berdi. Uning bu tekshirishlari evolyutsion 

paleontologiyaning rivojlanishi uchun asos bo'ldi. Nemis olimi E. Gekkel 

va rus olimi 1.1.  Mechnikov  (1845-1916) ko'p hujayrali hayvonlaming 

kelib chiqishini izohlab berishdi.

Zoologiya sohasidagi tadqiqotlaming miqyosi XX asrda ayniqsa ken- 

gayib ketdi. Hayvonot dunyosini o'rganish rejali asosda va kompleks rav- 

ishda olib boriladigan bo'ldi. Bu sohada A. N. Seversov (evolyutsion mor- 

fologiya), N.  K.  Kolsov (genetika),  YE. N. Pavlovskiy (parazitologiya), 

К. I. Skryabin (gelmintologiya), V.A. Dogel (parazitologiya, protistologiya), 

V. N. Beklemishev (solishtirma anatomiya), L. A. Zenkevich (sistemati- 

ka), G.  YA. Beybiyenko (entomologiya) va boshqa zoologlaming ilmiy 

maktablari  katta yutuqlami  qo'lga kiritdi.  Akademik A.  A.  Zenkevich 

(1889-1970) rahbarligida Shimoliy dengizlar va Tinch okeani umurtqasiz 

hayvonlarini o'rganish borasida yirik ilmiy tadqiqotlar olib borildi; 5 jildli 

“SSSR dengizlari faunasi” va 7 jildli “Hayvonlar hayoti” asarlari yaratil- 

di. YE. N. Pavlovskiy (1884-1965) organizm bilan uning yashash muhiti 

o'rtasidagi  munosabatlami  o'rganish  asosida  o'zining  transmissiv  ka- 

salliklarning  tabiiy  manbalari  to 'g 'risid ag i  ta ’limotni  yaratdi.  S.  S. 

Shvars (1919-1976) evolyutsion jarayoning ekologikmexanizmini; V. A. 

Dogel (1882-1955) evolyutsion jarayonda gomologik organlar sonining 

kamayib borishi (oligomerizatsiya) to'g'risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. 

A. A. Zaxvatkin (1906-1950) ko'p hujayralilarning kelib chiqishi muam- 

mosini tadqiq qildi.



9

Keyingi  davrda  sistem atika  sohasida  tadqiqotlarda  solishtirm a 

anatomiya, paleontologiya, embriologiya kabi an’ anaviy usullar bilan bir 

qatorda tobora ko ‘proq biokimyoviy, serologik, kariologik, molekulyar va 

genetik usullar keng tadbiq etilmoqda. Atoqli rus biokimyogar olimi A . N. 

Belozerskiy  sistematik  va filogenetik  tadqiqotlarda dezoksiribonuklein 

kislotasi (DNK) tarkibini o ‘rgandi. M.S  Gilyarov ekologik tekshirishlar 

asosida hayvonlarining tuproq hosil b o iish  jarayonidagi va tuproq diag- 

nostikasidagi ahamiyatini ko'rsatibberdi. M. S. Gilyarov tadqiqotlari tup­

roq  zoologiyasini  shakllanishiga  sabab  b o ‘ldi.  A.  S.  Serebryakov 

zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning genetik usuliga asos soldi.

0 ‘rta Osiyo mamlakatlarida zoologiya sohasidagi dastlabki tadqiqot- 

lar kishilar sog‘ligini saqlash uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar tayyor- 

lash bilan bog'liq bo‘lgan. XI asming buyuk mutafakkirlaridan biri Abu 

Rayhon Beruniy (973-1043) o ‘zining tibbiyot sohasidati asarlarida 101 xil 

hayvon va ulardan olinadigan dori-darmonlar to ‘g ‘risida yozib qoldirgan. 

Olim o ‘zining “Hindiston” (1030) asaridakarkidon, fil, kiyik, delfin kabi 

Hindistonda uchraydigan hayvonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar keltira­

di. Ayniqsa, uning delfinlar tanasining tuzilishi, ulami tovush orqali o ‘zaro 

munosabatda b o ‘lishi,  karkidonning tuzilishi va tarqalishi to ‘g ‘risidagi 

ma’lumotlari e’tiborga loyiq.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) о ‘zining “Kitob ash-shifo” asarida odam- 

laming ichagida parazidik qiluvchi chuvalchanglar keltirib chiqaradigan ka- 

salliklar va ulami davolash to‘g ‘risida juda ko‘p ma’lumodar keltiradi. Olim 

ulaming  turlarga  ajratib  “katta  va  uzun  qurt”,  “dumaloq  qurt”,  “qovoq 

urug'iga o'xshash qurt”,  “mitti qurt”  deb ataydi.  Qovoqsimon qurt,  mitti 

qurt (kichik zanjirsimon) tushunchalari zoologiyaga oid asarlardahozirham 

saqlanib qolgan. Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” risolasi yirik falsafiy asar 

bo‘lib, unda geologiya, botanika, matematika, astronomiya, mantiq, ilohiy- 

otga oid ma’ lumodar ham keltirilgan. Olimning tabiiy fanlarga oid ilmiy ishlari 

K. Linneyga ham ma’lum bo'lgan.  Ana shu boisdan ham K. Linney o ‘zi 

tasvirlagan o'simliklardan biriga “Avitsenna” (Ibn Sino) deb nom bergan.

Hayvonot dunyosi to‘g ‘risida ilmiy ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad 

Bobuming (1483-1530) shoh asari “Bobumoma”da ham keltirilgan. Asar- 

da Bobur hukmronlik qilib turgan Hindistonda uchraydigan 60 dan  ortiq 

umurtqali hayvonlar to'g'risida yozib qoldirilgan. “Bobumoma”da keltiril­

gan hayvonlar yashash muhitining xususiyatlariga ko'ra quruqlik hayvon­

lari, suv yaqinida uchraydigan hayvonlar va suv hayvonlariga ajratiladi.



Download 3.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling