УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Oliy ofitserlar uchun quyidagi ta’zirlar qo‘llaniladi


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Oliy ofitserlar uchun quyidagi ta’zirlar qo‘llaniladi: 
a) hayfsan; 
b) qattiq hayfsan; 
v) xizmatga notamom noloyiqligi to‘g‘risida ogohlantirish; 
g) Qurolli Kuchlar oliy qo‘mondonligidagi kishilardan tashqarilarni 
lavozimidan pasaytarish.
 
 
INTIZOMIY TA’ZIRLARNI IJRO ETISH TARTIBI. 
Harbiy intizomni buzgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan harbiy 
xizmatchiga faqat ushbu Nizomda belgilangan va uning harbiy unvoniga tegishli 
intizomiy ta’zirlar va uni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul 
qilgan komandir (boshliq)ning intizomiy hokimiyati doirasida chora ko‘riladi.
34
Komandir (boshliq) tomonidan o‘z qo‘l ostidagiga intizomiy ta’zir berishdan 
oldin bu hol muhokama etilishi kerak. U aybdor shaxslarni voqea sodir bo‘lishiga 
olib kelgan sabab va sharoitlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi. 
Muhokamada komandir (boshliq) quyidagilarni aniqlaydi: 
- chindan ham voqea sodir bo‘lganmi; 
- qachon va qaerda, qay vaziyatda va qanday maqsad bilan u sodir etildi; 
- u qanday yuz berdi; 
- konkret shaxslar xatti-harakatidagi ayb va voqea bir necha kishi tomonidan 
sodir etilganda har birining aybi; 
34. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.T-1996y 35-36 bet


117
- voqealarning asoratlari qanday, aybdorning javobgarligini yengillatiruvchi 
va og‘irlashtiruvchi holatlar;
- voqeani sodir etishga xizmat qilgan sabab va sharoitlar. 
Muhokama chog‘ida harbiy xizmatchining xatti-harakatida jinoyat tarkibi 
borligi aniqlansa, harbiy qism komandiri harbiy prokurorni xabardor qiladi, zarurat 
taqozosidan jinoiy ish qo‘zg‘ab, tergov boshlaydi. 
Intizomiy ta’zir chorasi va aybi aniqlanayotganda quydagilar e’tiborga 
olishdi: xatti-harakatning harakteri, u sodir etilgan holat, uning oqibatlari
aybdorniig oldingi xulqi, shuningdek, o‘zining harbiy xizmatni o‘tash davomiyligi 
va uning xizmat o‘tash tartibini bilish darajasi. 
Intizomiy ta’zirning qattiqligi, agar voqea jangovar navbatchilik (jangovar 
xizmat) va boshqa xizmat vazifalarini bajarishda, mast holatda yoki tartibni jiddiy 
buzishga olib kelsa, kuchayadi. 
Nojo‘ya xatti-harakatga yo‘l qo‘ygan harbiy xizmatchiga intizomiy ta’zir 
berish yoki tavsiya qo‘zg‘ash 89-moddaga binoan qoida bo‘yicha 1 sutkadan 
keyin, lekin bu voqea haqida komandirga (boshliqqa) ma’lum bo’lgandan keyin, 
10 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Komandir (boshliq) intizomiy ta’zir 
qo‘llash chog‘ida o‘z qo‘l ostidalarning shaxsiy izzat-nafsini yerga urmasligi va 
ko‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Komandir (boshliq)ning o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchiga ogohlantirish, 
tanbeh yoki qattiq ko‘rsatma berishi xizmatdagi yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 
intizomiy ta’zir hisoblanmaydi. 
O‘zini aybdor bilmagan harbiy xizmatchi intizomiy ta’zir berilgan muddatdan 
boshlab 10 sutka ichida shikoyat qilishi mumkin. 
Sutkalik naryad tarkibidagi (harbiy jangovar navbatchilik) o‘tayotgan 
xizmatni bajarish paytida sodir etgan xatti-harakati uchun intizomiy ta’zir berish 
naryad (jangovar navbatchilik) smenasi almashgandan so‘ng yoki uni boshqa 
harbiy xizmatchi bilan almashtirilgandan so‘ng, lekin bir sutkadan keyin amalga 
oshiriladi. 


118
Mast holatdagi harbiy xizmatchiga intizomiy ta’zir qo‘llash, shuningdek, 
undan biror bir tushuntirish olish u hushiga kelguncha kechiktiriladi. Bulday holda 
zarurat taqozo qilganda u gauptvaxtaga yoki vaqtincha ushlanganlar kamerasiga 1 
sutka muddat bilan yotqiziladi, shundan keyin uning javobgarligi to‘g’risida qaror 
qabul qilinadi. 
Bir nojo‘ya xatti-harakat uchun bir necha intizomiy ta’zir berish yoki bir 
ta’zirni ikkinchisi bilan qo‘shib yuborish, bevosita aybdorlarni jazolash o‘rniga 
butun shaxsiy tarkibga ta’zir berish, shuningdek, noma’lum muddatga bandi qilish 
ta’qiqlanadi. 
Agar komandir (boshliq) o‘z qo‘l ostidagi sodir etgan xatti-harakatining 
og‘irligidan kelib chiqib o‘z intizomiy hokimiyatini yetarli deb bilmasa, unda 
aybdorga ta’zir berish uchun katta komandir (boshliq) hokimiyatiga tavsiya beradi. 
Komandir (boshliq) o‘ziga berilgan intizomiy hokimiyatni oshirib yuborsa, 
buning uchun javobgarlikka tortiladi. 
Katta komandir (boshliq) kichik komandir (boshliq) tomonidan berilgan 
intizomiy ta’zirni qattiq qo‘llik nuqtai nazaridan unga berilgan hokimiyat 
darajasidan oshmagan bo‘lsa, ta’zirni bekor qilish yoki yumshatish huquqi 
berilmaydi. 
Katta komandir (boshliq) kichik komandir (boshliq) tomonidan berilgan ta’zir 
sodir etilgan xatti-harakat og‘irligiga to‘g‘ri kelmagan, deb bilsa, uni bekor qilish 
huquqiga ega va qattiqroq ta’zir berishi mumkin. 
Sodir etgan jinoyati va davlatga yetkazgan zarari uchun intizomiy ta’zirga 
tortilgan harbiy xizmatchi jinoiy va moddiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling