Garnizonlar tarkibida bir necha qo‘shilmalar (harbiy qismlar) bo‘lgan
paytda mansabdor shaxslar ichidan katta mansab egallaganlari 9-moddada
ko‘rsatilgandan tashqari:
- garnizon boshlig‘ining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
- garnizon aloqa xizmati boshlig‘i;
- garnizon kimyo xizmati boshlig‘i;
- garnizon tibbiyot xizmati boshlig‘i;
- garnizon veterinariya xizmati boshlig‘i;
- garnizon moliya xizmati katta boshlig‘i;
- garnizon yong‘inga kdrshi ximoya va kutkdruv ishlari xizmatining boshlig‘i
- garnizon harbiy dirijyori lavozimlariga tayinlanadilar.
Garnizon gauptvaxta boshlig‘i vazifasiga ofitser tayinlanadi. U bir vaktning
o‘zida garnizon harbiy komendantining yordamchisi xisoblanadi. Gauptvaxta
boshlig‘i shtata yo‘q joylarda bu vazifani harbiy komendantning yordamchilaridan
biri bo‘lgan ofitser bajaradi.
Garnizon boshlig‘i
Garnizon boshlig‘i garnizonda harbiy intizom o‘rnatilishiga, garnizon va
qorovullik xizmatlari tashkil qilinishiga; fuqaro mudofaasi tashkilotlari bilan
birgalikda
ishlashga,
garnizon
safarbarlik
tadbirlarining
bajarilishiga;
qo‘shinlarning turmush va tayyorgarligi uchun zarur shartsharoitlar yaratilishiga;
yong’inga qarshi ximoya vositalarining saqlanishiga; garnizon harbiy qismlarini
jalb etgan xolda garnizon tadbirlarining o‘tkazilishiga javob beradi.
Garnizon va qorovullik xizmatlari masalalari bo‘yicha garnizon boshlig‘i
Mudofaa vaziriga bo‘ysunadi va yuqoridagi masalalar bo‘yicha garnizonning
barcha harbiy xizmatchilariga, jumladan, garnizon tarkibiga kiruvchi bo‘linmalar
va harbiy qismlar komandirlariga ham bevosita boshliq xisoblanadi.
Garnizon boshlig‘i uning majburiyatlarida ko‘rsatilgan holda egallab turgan
lavozimi bo‘yicha o‘zi komandirlik qilayotgan birlashma (harbiy qism) shtabi
kuchi, garnizonning boshqa harbiy qismlari komandirlari hamda shtablarini jalb
etgan holda ko‘rsatmalar va rejalar ishlab chikadi.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |