Uncha uzoq bo'lmagan o'tmishda, odamlar hali-hanuz baxtli hayot haqida shirin ertaklar to'qiydigan bir zamonlarda hamma qatori o'z kunini o'zi ko'rib yuradigan aka-ukalar bor ekan
Download 44.5 Kb.
|
Ertak
Uncha uzoq bo'lmagan o'tmishda, odamlar hali-hanuz baxtli hayot haqida shirin ertaklar to'qiydigan bir zamonlarda hamma qatori o'z kunini o'zi ko'rib yuradigan aka-ukalar bor ekan. Ularni deyarli hech kim tanimas, ba'zi asar qahramonlariga o'xshab malikalarni qutqarishmas yoki mamlakatni yovlardan asrab qolib qahramonliklar ko'rsatishmas ekan. Ikki aka-uka mamlakatning keng sarhadlaridagi qishloqlardan birida yashaydigan oddiy kulollar ekan. Ona tabiatning qudratini qarangki, ikki aka-uka tirnoqcha ham bir-birlariga o'xshashmas ekan. To'ng'ichining ismi Abdufadili bo'lib, tabiatan juda ham qobiliyatli, mehnatkash ekan. Oqko'ngilli, xushmuomalaligi va saxiyligi uchun butun qishloq ahli uni hurmat qilar ekan. Xusnda ham Alloh Abdufadilni benasib qoldirmagan ekan. Qishloq qizlari Abdufadilni ko'rganlarida bir-birlarining quloqlariga nimalarnidir pichirlab, "qiqir-qiqir" kulisharkan. Ammo, har to'kisda bir ayb deganlaridek, uning biroz ayyorligi ham yo'q emas ekan. Endi kenja o'g'ilning ham ta'rifini keltirsak. Uning ismi Akbar ekan. Tabiatan qo'pol, xasadgo'y bo'lib o'sgan bu yigit ketganning ketmonini, o'tganning o'rog'ini olar ekan. Ustiga ustak uchiga chiqqan dangasa ekan. U nafaqat iste'doddan, balki xusndan ham bebahra ekan. Qalb go'zalligi haqida-ku so'zga ham hojat yo'q. Shuncha qusurlari kamdek Akbarning anchagina go'lligi ham bor ekan. Shunday qilib, ulug'lik va hurmat uning bo'lak narsada yo'q ekan. Qizlar uni ko'rishsa burunlarini jiyirib qo'yishar ekan. Shuning uchun ham Akbarning akasiga hasadi kelar ekan. U bunga ota-onasini aybdor qilishdan ham toymas ekan. Go'yoki, ota-onasi Abdufadilni iste'dodli va ko'rkam qilib dunyoga keltirishga-nu, Akbarni esa qobiliyatdan bebahra va xunuk qilib dunyoga keltirishgan. Ana shunaqa ekan ikki aka-uka. Ularni aka-uka desangiz birov ishonmas ekan. Ota-onalarining vafotidan keyin meros qolgan hovlida birga yashay boshlashibdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay kenja o'g'il arzimagan bahonalar topib Xudo bergan kuni janjal chiqaradigan odat chiqaribdi. Akasining topganiga kun ko'rayotgani yetmagandek, ro'zg'or ishlarini ham Abdufadilning o'ziga tashlab qo'yibdi. Lekin to'ng'ich o'g'il bular haqida ukasiga bir og'iz shikoyat qilmabdi. Ota-onamdan qolgan yagona yodgorlik deb Akbarning erkaliklariga chidabdi. Uning tabini xira qiladigan yagona narsa ukasining ha deganda janjal chiqarishi, hovlini boshiga ko'tarishi ekan. Tezda qishloqda gap oralay boshlabdi. Ayollar, erkaklar bir-birlarining qulog'iga ikki aka-uka otasidan qolgan hovini har kuni talashishadi ekan, har kuni janjal qilib uyni boshlariga ko'tarishar ekan deb pichirlay boshlashibdi. Buni eshitgan Abdufadil nomusga chiday olmabdi. Gap-so'zlarga chek qo'yish uchun ham narsarini yig'ishtirib qishloqning nargi burchagidagi bir uyni ijaraga olib ko'chib ketibdi. Turgan gapki, bundan Akbarning dimog'i chog'lanibdi. Chunki hovli unga qolgan edi-da. Lekin endi u o'z kunini o'zi ko'rishi kerak. Kunlar ketidan kunlar o'tibdi, oylar o'tibdi. Vaqt hech kimga shafqat qilmay suvdek oqib o'taveribdi. Bu orada Abdufadil ko'p sopol idishlar yasab anchagina pul to'plabdi va o'zi turgan uyni sotib olibdi. Uning yasagan idishlari shunchalik chiroyli va bejrimi ekanki, hatto Abdufadilga podshoh saroyidagi amaldorlar haridor bo'lishar ekan. Akbarga kelsak, ham qobiliyatsiz, ham dangasa bo'lganidan kuniga zo'rg'a bitta idish yasarmish. Uning idishini bechora kambag'allar sotib olishar ekan. Shunday qilib u amal-taqal qilib zo'rg'a kunini o'kazar ekan. Akasining boyib ketayotganini va amaldorlar orasida ham mohir kulol sifatida tanilayotganini ko'rib, ukaning hasadi battar oshibdi. O'zicha rejalar tuza boshlabdi. Nihoyat qaror qilibd: "Akamnikiga o'g'rilikka tushaman" ,- debdi u. Bir kuni kechasi shunday qilibdi ham. Mehnatkash Abdufadil kuni bo'yi ishlab charchagani uchun qattiq uxlab qolibdi. Akbarning ko'zalarni o'g'irlab ketganini ham sezmabdi. Ertalab turib ne ko'z bilan ko'rsinki, bozorga olib borish uchun tayyorlab qo'ygan idishlari yo'q emish. Nima qilishni bilmay boshi qotibdi. Axir bugun bozorga olib borib sotgan idishlarining puliga ota-onasining xotirasiga maraka o'tkazmoqchi edi. "Na chora, podsho sarkardasiga buyurtmaga yasagan ko'zamni olib chiqib sotaman. Kelishilgan kungacha ancha vaqt bor, ungacha boshqasini yasab qo'yaman", - deb qaror qilibdi to'ng'ich o'g'il. Bozorda Akbarning o'z ko'zalarini pullab o'tirganini ko'rib qattiq xafa bo'libdi. Uning yoniga borib, " Ukajon, nega bunday qilding? Nima uchun mening ko'zalarimni o'g'irlading?" - deb so'rabdi. Shunda vijdonsiz Akbar "Nimalar deyapsan? Tuxmat qilma, uyatsiz! Men bularni o'zim yasaganman deb", - Abdufadilni quvib solibdi. Bechora Abdufadil juda xafa bo'libdi - ko'zalari o'g'irlanganidan emas, o'z jigarining unga qilgan ishidan. Endi u bu ishning oldini olishni o'ylabdi, har bir yasagan buyumining ostiga o'z ismini yozib qo'yadigan bo'libdi. Buni qarangki, oradan ko'p vaqt o'tmay Akbar yana o'g'rilik qilibdi. Abdufadil ukasini yana bozorda " tutib olibdi". Yana xuddi shunday gap-so'zlar, tortishuvlar boshlanibdi. To'ng'ich farzandning esiga o'z dasxadlari tushibdi. Hech narsani tan olmayotgan ukasiga sopil idishlar tagidagi dasxadlarini ko'rsatibdi. Akbar olomon oldida sharmanda bo'libdi. Boshqa o'g'rilik qilolmaydigan bo'libdi. Ammk bu degani u akasiga yomonlik qilishni bas qildi degani emas. Bozorda sharmanda bo'lganining "qasos" ini olishga kirishibdi. O'zicha har nimalarni rejalay boshlabdi. "Topdim, - debdi u, barcha idishlarini chil-chil qilaman debdi. Yarim tun... Qurbaqalar qurillayotgan, chigirtkalar chirillayotgan osuda bir kechada Akbar " jigarining" hovlisiga kiribdi va hamma sopol idishlarni sindirib tashlabdi. Huddi ulkan kashfiyot qilgandek o'zicha mamnun bo'lib, o'z uyi tomon yo'l olibdi. Tongda Abdufadil manzarani ko'ribdi. Darrov bu ishni ukam qilgan bo'lsa kerak, degan o'y hayoliga kelibdi. To'g'rida qishloqdoshlari unga bunday ish qilishmaydi, chunki ular Abdufadilni yaxshi ko'rishadi-da. Xafa bo'lib, xo'rsinib sopol bo'laklarini yig'ib qoplarga joylabdi. Qoplarni aravaga ortib, chiqindilarni tashlagani yo'l olibdi. Qoplarni aravadan tushirayotib ko'zi bir narsaga tushibdi. Egilib qarasa o'sha bir narsa hamyon emish. Hamyon to'la ekan. "Ichi to'la oltin tangalar bo'lsa kerak", - deb o'ylabdi Abdufadil. Ha.yonning u yer bu yerinin aylantirib ko'rib, bejirimgina qilib yozilgan ismga ko'zi tushibdi. Unga " lashkarboshi Normuhammad" deb yozilgan ekan. "Darrov uni egasiga qaytarish kerak. Bechora hamyonini qidirib yurgandir", - hayolidan o'tkazibdi Abdufadil. Darhol lashkarboshining uyiga tomon jo'nabdi. Normuhammadning uyi ota hovlisi yaqinida joylashgan ekan. Yo'lda ukasi Akbarni uchratibdi. Akbar: " Ha, aka huddi oltin topib olgan odamdek qayerga shoshyapsiz", - debdi masxaromuz. Shunda Abdufadilning ayyorligi tutibdi. "Ha, uka, oltinim borlikka bor. Lekin men uni topib olmadim. Ishlab topdim. Kimdir kechasi kelib barcha yasagan sopollarimni sindirib ketibdi. Endi nima qilaman deb xafa bo'lib turgandim, bozorda singan sopol parchalarini juda qimmatga sotib olishayotganini eshitdim. Darhol bozorga chopdim. Boshida ishonmagandim, borib ko'rsam rost ekan. Bir qop singan sopolni 20 tangadan kamiga sotmadim. Mana o'zing ko'rib turibsan", - deb qo'lidagi hamyonni havoga otib ilib olibdi. " Rrrrostanmiii", - so'rabdi uka shuncha oltinni ko'rib so'lagi oqib. "Ha, aytyapman-ku, men ham avval ishonmadim.. Mayli, uka men shoshayotgan edim. Xayr..." Oxirgi aytilgan gaplar ukaning qulog'iga kirmabdi. Turgan joyida qanday qilib mo'may pul topishni o'ylay boshlabdi. Oyog'ini qo'liga olib uyiga otilibdi. Hamma idishlarni bitta-bittalab astoydil "mehr bilan" sindiribdi. Shunchalik berilib ketgandan uyda birorta ham butun idish qolmabdi. Singan bo'laklarni darhol qoplarga joylab aravaga ortibdi. Bir arava singan sopollarni bozorning o'rtasiga qo'yib sota boshlabdi. Ovozining boricha " Singan sopol bo'laklari sotiladi. Qopi 25 tangadan. Kep qoling, op qoling", - deb baqiribdi. Uning gapini eshitgan olomon Akbarning atrofini o'rab olishibdi. "Hoy o'g'lim, nega buncha baqir-chaqir qilasan? Anqoning urug'ini sotyapsanmi?" - deb so'rabdi mo'ysafid chol. "Ha anqoning urug'idan ham qadrliroq narsa sotyapman, singan sopol bo'laklarini sotyapman, qopi 25 tillatangadan", - deb javob beribdi laqma kenja. Bu gaplarni eshitib olomon qotib-qotib kishibdi, Akbarni bozordan " aqldan ozgan ahmoq" deya urib haydashibdi. Akasi ayyorlik ishlatganini tushunibdi. Alamidan yorilib o'lay debdi. "Hali shoshmay tur. Boplab o'chimni olaman. Hamma mol-dunyoyingga ega chiqmasammi..." deb tishlatini g'ichirlatibdi. Tuban bir reja tuzibdi. Abdufadilni jarlik yonidan oqib o'tadigan daryoga olib borib, uyerdan itarib yuborishni o'ylabdi. Akasiga xat yozibdi. Xatda quyidagilar yozilgan ekan: "Akajon, men nodon ukangizni kechiring! Oramizdagi barcha gina-kudratlarni unutaylik. Sizni uyimda kutaman". Xatni o'qib Abdufadil xursand bo'libdi, albatta. Hatto, ko'zlarida yosh ham ko'rinibdi. Aytilgan vaqtga ukasining uyiga yetib boribdi. Ikki aka-uka kechki ovqatni tanovvul qilishibdi, subbatlashishibdi. "Aka, qarang, qanday ajoyib havo! Sayr qilib kelmaymizmi?" - deb akasini sayr bahona jar tomonga boshlabdi. Ukasining mash'um rejalaridan bexabar mamnun aka bu taklifga tozi bo'libdi. Ular yurib-yurib jar yoniga kelishibdi. U yerda ham turib yoshlikni eslashibdi. Qo'qqisdan Akbar Abdufadilni jarlikdan daryoga itarib yuboribdi. Reja puxta tuzilgan edi. Ammo Akbar akasining suzishda ham mohirligini unutib qo'ydan edi. Suvga "shalop" etib yiqilgan Abdufadil bir zum o'zini boshqara olmay qolibdi. Hatto, cho'kishiga bir bahya qolibdi. Lekin tezda nima bo'layotganini anglab vaziyatni qo'lga olibdi. Suzib-suzib oqim bo'ylab bog' tomonga suzib ketibdi. Suvdan chiqib, sovuq qotib qaltirab o'tirsa kimningdir "yordam! yordam!" degan qichqirig'ini eshitibdi. Bu ovoz suvdan kelayotganini anglab o'zini suvga otibdi. Cho'kayotgan odamni qo'ltiqlab qirg'oqqa olib chiqibdi. Qarasaki, qarshisida huddi inson qiyofasidagi farishtadek bir qiz turgan emish. U qo'rquvdan va sovuqdan qaltirab, oxudek ko'zlarini tez yumib ochar, ko'zlarini har yumib ochganda kamon o'qidek kipriklari orasida tonggi shudringdek ko'z yoshlari yaltirar, g'uncha misol lablari orasida marvaridek tishlari taqillab, bir-biriga urilib yaltirab ketarmish. Tamom. Shu onda Parvardigor Abdufadilning dil rishtalarini abadul-abad shu qizga uzilmas qilib bo'g'ladi. Qiz ham qaltirashdan biroz to'xtab o'z qahramoniga zimdan nazartashladi. "Huddi ertaklarda ta'riflanganidek ko'rkam yigit", - ekan deb hayolidan o'tkazdi u. Alloh oqko'ngil yigitni muhabbat bobida ham siyladi. Qizni ham unga muhabbat bilan bog'ladi. Taqdirning ajoyibotlarini qarang-ki, o'lim yoqasidan qaytgan ikki yoshni Tangrining o'zi muhabbat bilan siyladi. - Ismingiz nima go'zal qiz. - Marjona - Nima qilib yurgan edingiz kecha bo'lganda, Marjona. - Sayr qilishga chiqqan edim. Birdan shamol ro'molimni uchirdi. Daryo yuziga, qirg'oqqa yaqin joyga tushgan ekan. Olaman degan edim, oyog'im toyib yiqildim, oqim oqizib ketdi. Bu yog'i o'zingizga ma'lum. Ikkisi Marjonaning uyiga borishdi. Marjonaning otasiga bo'lgan gaplarni aytib berishdi. Uning otasi Abdufadilga qizining hayotini qutqarib qolgani uchun ko'pdan ko'p rahmatlar aytibdi. "O'g'lim, tila tilagingni. Sen qizimning emas, mening hayotimni saqlab qolding", - debdi ota. Barchaga ma'lumki, yigitning so'raydigani bitta. U Marjonaning qo'lini so'rabdi. Qizining bu yigitda ko'ngli borligini va u kasb-hunarli, oqko'ngil ekanligini bilib, ota ikki yoshga oq fotiha beribdi. Ular shu qishloqda to'y tomosha qilishibdi. To'yga hamma kelibdi. Dasturxonda turli noz ne'matlar tortilibdi. Fayzli va chiroyli bir to'y bo'lib o'tibdi. Baxtli juftlik Abdufadilning uyiga qaytib kelishibdi. Endi Akbarga qaytsak. Qilgan qilmishidan og'zi qulog'iga yetgudek bo'lib uyiga qaytdi. Kelajak rejalarini tuza boshladi. " Hmm.. Abdufadilning hovlisi kattaroq. U yerga o'zim ko'chib o'taman. O'zimning hovlim ham chakki emas. Bu yerga ijarachi qo'yaman. Ishlamasdan ijara pullarini xarjlab yotaveraman", - hayol suribdi o'zicha. Shunday qilibdi ham. Darhol ijarachi topib, ularni o'z hovlisiga joylashtiribdi. İjara pullarni qarzlarini to'lashga ishlatibdi. Kayfi chog' bo'lib, yangi "uyi" tomon otlanibdi. Darvoza yoniga yetganda uy ichidan shodon kulgu ovozlarini eshitibdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, hovli ichida akasi va bir go'zal turgan emish. Xushi boshidan uchib qanday qilib hovli ichiga kirib qolganini ham bilmay qolibdi. Abdufadil ukasidan xafa edi, albatta. Ammo uning bu qilmishini ham yaxshilikka yo'yibdi. Axir Akbar uni suvga itarib yubormaganda Marjonani uchrata olmas edi-da. Qalbini bir vaqtning o'zida ham gina, ham quvonch chulg'ab ukasini qarshi olibdi. Akasi bilan ko'rishishni-da unutgan uka savollar yog'dira boshlabdi. "Qanday qilib bu yerdasiz? Axir cho'kib ketgan edingiz-ku? Bu kim? Bu yerda nima qilyapti?" Shu zumda Abdufadilning ayorligi yana qo'zg'abdi. Hayolida bir narsa yilt etibdi. O'z "hikoya" sini boshlabdi. "Ukajon, senga kattakon rahmat. Meni suvga itarib yuborib qanday katta yaxshilik qilganingni bilmaysan. Suvga yiqilib cho'kdi. Ko'zimni ochsam, dengizlar podshosining saroyidaman. Atrofimni uning ikki go'zal qizi va dengiz podshosi o'rab olgan ekan. Dengiz hukmdori qizlarini quruqlikdagi yigitlarga turmushga berishni niyat qilgan ekan. Ammo ancha vaqtdan beri yerliklar suv ostiga tushmayotgani uchun, qizlar o'z juftlarini kutishayotgan ekan. Meni ko'rib uchovlari ham xursand bo'lishdi. Podsho to'ng'ich qiziga uylanishimni va qizining sepiga zeb-ziynatlar qo'shib berishini taklif qildi. Men rozi bo'ldim", - deb tugatibdi hikoyasini. Endi Akbarning hasadi o'zining avj nuqtasiga chiqibdi. U ham akasi ega bo'lgan narsalarga ega bo'lishni butun vujudi bilan istabdi. O'sha jarlikka borib, o'zini suvga otibdi. Akbar cho'kib halok bo'ldimi, yoki tirikmi bunisi qorong'u. Balki u chindan ham, dengiz podshosining qarorgohiga borib qolgandir, balki suzib-suzib qayerlargadir borib qolgandir, balki u ham qaysidir go'zalning hayotini qutqarib qolgandir. Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling