Undan foydalanish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1678556
1   2   3   4   5
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2 (10) removed (1)

tushuntirib borish kerak-da» degan ta’kidiga qanday munosa-
bat bildirasiz?» – savoli o‘quvchilarni bir oz o‘ylantirishi tabiiy. 
O‘zbek bolalari nazarida kattalar hamma narsani bilishadi va ular 
ko‘pincha haq bo‘ladilar. Ekzyuperining qahramoni esa kattalar-
ning haqligiga shubha qilyapti. Endi o‘quvchilarda ikki xil nazar 
paydo bo‘ldi. Ular asar qahramonini o‘zlari bilan solishtirishlari 
mumkin. Ayrimlar qay biri to‘g‘ri ekanini ajratolmay, mavhum bir 
holatda tahlilda ishtirok etaveradi. Lekin bu ikkilanish ham uning 
shaxsiyati shakllanishida ahamiyatga egaligi tayin. Bu va keyingi 
topshiriqqa bolaning kattalarga o‘zi chizgan suratini sharhlab beri-
shi bilan bog‘liq lavhasi modul vazifasini o‘taydi.
Asardagi: «Kattalar hech qachon o‘zlaricha biron narsani 
tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib berave-
rish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegib ketadi» tasvi-
riga munosabat bildiring» – singari hazilomuz yo‘sindagi bu fikrda 
ham asar qahramoni haqdir (bu parcha ham alohida modul shak-
lida ko‘rsatiladi). Bolalar o‘zlarining har bir qilgan nojo‘ya ishlari 
uchun kattalarga hisob beraverishdan qiynalganlarini eslab, qah-
ramonni yaxshi ko‘rib qolishlari ham tabiiy hol. Va bu, ehtimol, 
yaxshidir. Chunki o‘quvchilar va adabiy qahramon bir-birlarini 
tushunib borishyapti.
O‘quvchini mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan navbat-
dagi topshiriq, ya’ni hikoyachining: «Kattalar orasida uzoq vaqt 
yashadim. Ularni yaqindan ko‘rdim, bildim. Va bundan, tan oli-
shim kerakki, ular haqidagi fikrim yaxshi tomonga o‘zgarmadi», 
– degan xulosasiga e’tibor qiling (alohida modul). Asarda kat-
talar va bolalarning bu tarzda qarama-qarshi qo‘yilayotganligi 
sababi haqida o‘ylab ko‘ring – topshirig‘i bolalarni aqlan ancha 
zo‘riqtiradi. Avvalo, «kichkina rassom»ning kattalar haqidagi fikri 


180
181
qanaqa ekanini bolalar matnga murojaat qilib, bir esga olishadi. 
So‘ng ular o‘rtasidagi munosabatlarga, qarama-qarshiliklarning 
sabablariga e’tibor qaratiladi. Uning nazarida, kattalar bolalarni 
tushunmaydilar. Ularning o‘z belgilab olgan yo‘llari bor va bolalar 
xohlaydilarmi yo‘qmi, bundan qat’i nazar, shu yo‘ldan borishlarini 
talab qiladilar. Kattalar hayotiy tajribalari, bilimi va aqli yetovida 
bolaga nisbatan uzoqroqqa qaraydilar, kichiklarning fe’l-atvori, 
qiziqishlari, intellektual imkoniyatlarini hamisha ham hisobga olib 
o‘tirmay, o‘z mantiqlaridan kelib chiqib, talab qo‘yadilar. Holbuki, 
bolakaylar – xayolot kishilari. Oradagi qarama-qarshiliklarning sa-
babi ham shunda. 
Har bir topshiriqqa asardagi yaxlit bir hodisa tasviri modul 
qilib olinadi. Ajratilgan modul mazmunidan kelib chiqib: «Men 
shu tariqa yolg‘izlikda yashardim, dilimni anglay digan biror 
hamdardim yo‘q edi…», – shaklidagi anduhli xulosaga munosabat 
bildiring. Hikoyachi yolg‘izligining sabablari haqida o‘ylab 
ko‘ring» topshirig‘i beriladi. Uni bajarish uchun ham bolalar 
fikrlashga majbur bo‘lishadi. Kattalardek mulohaza yuritadigan 
«kichkina shahzoda» qarashlarini o‘ziday qabul qiladigan hamdardi 
yo‘qligi tufayli o‘zini yolg‘iz sezadi. Chindan ham, kishining 
atrofida hamfikr, dildosh odamlar bo‘lmasa, u o‘zini yolg‘iz his 
qiladi. Uning bu holatini, vaziyatidan kelib chiqib, kattalar ham, 
kichiklar ham tushunishi, anduhli xulosasiga qo‘shilishi mumkin. 
Buning uchun ular bolani to‘la his qilishlari lozim.
«Kichik shahzodaning hikoyachidan aynan qo‘zichoq chizib 
berishni so‘raganligi sababi haqida mulohaza yuriting. Sizning-
cha, qo‘zichoqda qanday ramziy ma’no bor?» savoliga javob be-
rish uchun bolalar matnga murojaat qiladilar. Bu savolga asardagi 
shu epizod modullik qiladi. Kichik shahzoda iltimosining sababi 
va qo‘zichoqdagi ramziy ma’no ular o‘rtasidagi suhbatda anglashi-
lishi zarur. Agar bolalar buni ilg‘ay olmasalar, o‘qituvchi shu top-
shiriqni uy vazifasi sifatida qo‘yishi ham mumkin. Ular o‘ylashda 
davom etsinlar.
«Shahzodaning bo‘g‘ma ilon va fil suratini ko‘rib: «Yo‘q, 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling