Uning lavozimi vazifalari. Menejer va uning vazifalari Menejer
Menejerlarning ishbilarmonligini baholash
Download 275.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Menejer va uning vazifalari Menejer
Menejerlarning ishbilarmonligini baholash
Boshqaruv lavozimida ishlayotgan xodimning insoniy xususiyatlari, intellektual salohiyati, ishbilarmonlik va professional qobili- yatlarini adolatli baholash bugungi kunning eng dolzarb va asosiy talablaridan biridir. Baholashning belgilab qo‘yilgan tartibi «at- testatsiya» deb ataladi. U mutaxassislarning lavoziinga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berishga, shuningdek, ishdan chetlatish- ga xizmat qiladi. Attestatsiya jarayonida xodimlaming malakasiga, bajarayotgan ishiga yoki lavozimiga loyiqligigaxolisona baho berilishi kerak. Attestatsiya qilinayotgan xodimning ishiga baho berishda uning reja topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi kabilar inobatga olinishi zarur. Bunda asosan, menejerning intellekti, bilimdonligi, kasbiy bilimi va tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati va tajribasi, kirishimliligi, shaxsiy xislatlari va qobiliyati, sogMigM va ish qobiliyati, tashqi ko‘rinishi va o‘zini tuta bilishi kabi xususiyatlariga baho beriladi. Ana shular asosida attestatsiya o‘tkazuvchilar ochiq ovoz berish yoMi bilan quyidagi baholami berishi mumkin: - bajarayotgan lavozimiga loyiq; -xodim ko‘rsatilgan nuqsonlami keyingi o‘tkaziladigan attestatsiyagacha yo‘qotsa, bajarayotgan lavozimiga loyiq; -egallab turgan lavozimiga loyiq emas. Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususi- yatlarini baholash usuli boMishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan ham chambarchas bogMiqdir. Menejerlar ishbilarmonligini nafaqat attestatsiya orqali balki reyting orqali ham baholash mumkin. «Reyting» so‘zi ingliz tilida «baho» ma’nosini anglatadi. Uni qo‘llash zamirida xodimlarni ularning malakasi, bilim darajasi, ish tajribasi, xulq-atvori va xislatlari darajalariga qarab reyting ballarini aniqlash va ularga baho berish g‘oyasi turadi. Reyting usuli orqali menejerlaming ijtimoiy va ishchanlik, kasbiy mahorati va bilimi, shaxsiy sifatlari va obro‘si kabi xususiyatlariga baho berish mumkin. Ijtimoiy va ishchanlik sifatlari: prinsipialligi; burchini bilishi; ishga prinsipial yondashuvi; uddaburonligi; ishbilarmonligi; irodasi; matonati; ishni qiyomiga yetkazish qobiliyati; o‘ziga nisbatan talabchanligi; qo‘l ostidagilarga nisbatan talabchanligi; mas’uliyatni sezish darajasi; mehnat unumdorligi; mehnat sifati; dadillik, qat’iylik darajasi; g‘ayratliligi; mehnatsevarligi; jamoani jipslashtirish qobiliyati; vijdonliligi; intizomliligi; jamoada yuqori darajada intizomni saqlay olish qobiliyati; qaror qabul qilishdagi mustaqilligi; kishilar tashvishi haqida o‘ylashi; tashabbuskorligi. Kasbiy mahorati va bilimi: novatorligi; ish tajribasi; texnika va texnologiya sohasini bilish darajasi; iqtisodiyot sohasini bilish darajasi; boshqarish sohasini bilish darajasi; psixologiyani bilish darajasi; sotsiologiyani bilish darajasi; pedagogikani bilish darajasi; lavozimiga oid bilimlami bilish darajasi; umumiy ma’lumoti; madaniyatliligi; o‘z mahoratini oshirishga bo‘lgan intilishi; qo‘l ostidagi xodimlar malakasini oshirishga munosabati. Shaxsiy sifatlari: sog‘lig‘i; ish qobiliyati; o‘z qadrini bilishi; adolatliligi; halolligi; o‘zini tuta bilishi; sabrliligi; murakkab, og‘ir vaziyatdan chiqa olish qobiliyati; kirishimliligi; axloqiy barqarorligi; kamtarinligi; hazilkashligi. Obro‘si: mutaxassis sifatida; rahbar sifatida; tarbiyachi sifatida- inson sifatida. Menejerlaming ishbilarmonligi va shaxsiy xususiyatlarini yana ham obyektiv baholash uchun attestatsiya va reyting usulidan tashqari boshqamv amaliyotida uch guruhga boMinadigan turli xil usullar qo’llaniladi: 1-guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholaydigan, obyektiv xususiyatga ega bo'lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini o‘z ichiga oladi. Ularga «Xodimlar shaxsiy varag‘i» va «Tarjimai hol»dagi boshqaruvchi lavozim iga da’vogarlik qiluvchi nomzodning tarjimai holini o‘rganish yoki rahbarlardan o‘sha odam haqida ma’lumot yig‘ish kiradi. 2-guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi obyektivlikdan miqdoriy bahosi aniqlanadi. eng ko‘p tarqalgan usul ball bo‘yicha baholash usulidir. Bu usul bo‘yicha xodimning har bir bajargan vazifasi va erishgan yutuqlariga qarab ballar qo‘yib boriladi va o‘rtacha ball chiqarib aniqlanadi. 3-guruh. Yuqoridagi 2 ta guruhni, ya’ni ta’rif beruvchi va miqdoriy usullami o‘z ichiga oladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani test usuli boiib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan masalalar natijalariga qarab baho beriladi. Ishbilarmonlik o‘yinlari usuli — qo‘yilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan to‘g‘ri javobga qarab baho qo‘yiladi. Rahbarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholash uchun kamida 2 ta qo‘l ostida ishlovchi xodim, 2 ta yuqori turuvchi rahbar va 2 ta hamkasbining bergan bahosi hisobga olinadi. Oxirgi natijaviy bahoni komissiya beradi. Umuman olganda, har bir rahbar, menejer yoki xodim ish jarayonida doimo bilimini kengaytirib, tajribasini oshirib, yangilikka intilib, ish uslubini doimo takomillashtirib borishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling