Universitet va fakultet tarkibi


Download 31.52 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi31.52 Kb.
#1056247
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Universitet va fakultet tarkibi
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyul “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3153-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi 516-son buyrug’I asosida 2017 yil 4 avgustdan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan. Filial tarkibida ikkita “Energetika va mashinasozlik” va “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Bu fakultetlarda “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, ” umumkasbiy va iqtisodiy fanlar”, “Ijtimoiy- gumanitar fanlar”, “Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedralari mavjud
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Konchilik ishi;

  • Kasb ta’limi (Konchilik ishi);

  • Metallurgiya;

  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari;

  • Kimyoviy texnologiya;.

  • Mashinasozlik texnologiyalari, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish;

  • Texnologik mashinalar va jixozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish)

  • Konchilik elektromexanikasi.

Bitiruvchilarning faoliyat ko‘rsatish sohalari
Hozirgacha filialni bitkazgan 220 nafardan ziyod bakalavrlar Respublikamizning konchilik, metallurgiya, mashinasozlik sohalarida, hamda o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, xalq ta’limi kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Nazariyani amaliyotga tatbiq etish bo’yicha: Texnologik mashina va jihozlar bo’yicha, ularning dolzarb masalalarini tahlil qila olish va o’quvchilarga yetkaza olishi;
Metod va texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etish bo’yicha: an’anaviy va noan’anaviy metodlar, ilg’or pedagogik texnologiyalarni fan va mavzularni o’tish chog’ida tanlay olishi, o’z fanida metod va texnologiyalarni ijodiy qo’llay olishi, faktlarni tahlil qilishi, umumlashtirish va shu asosda xulosa chiqara olishi;
Ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish bo’yicha: har bir mavzuning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, psixologik xususiyatlarini yorita olishi, o’qitishning ilmiy asoslarini tahlil qilib borishi, metodik birlashmalarda umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunida fanning o’rnini belgilay olishi va uning ilmiy muammolari bo’yicha pedagogik o’qishlarda ma’ruzalar o’qishi, maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida differensial ta’limni yo’lga qo’ya olishi, o’quv jarayoni bilan bog’liq barcha hujjatlarni yurita olishi;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha: har bir o’quvchining ruhiy, ahloqiy holatini bilishi, o’quvchilar bilan yakka tartibda va guruh bilan ishlay olishi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtira olishi, uni tashkil etish metodikasini egallash, o’quvchilar ongiga milliy g’oyani singdirish, diniy g’oyaviy tahdidlarga jumladan ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirish metod va texnologiyalarini bilishi;
O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish bo’yicha: dars tiplarini bilishi va ularni maqsadga muvofiq tashkil etishi, o’quv reja va fan dasturi, tematik rejani tayyorlay olishi, ta’lim muassasasi metodik birlashmasi ishini rejalashtirishi va rahbarlik qila olishi, dars jadvalining tuzilish tamoyillarini bilishi, ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishni bilishi kerak.
Kasbiy mahorat bo’yicha o’z bilimi va ko’nikmasini egallagan lavozimida mustaqil faoliyat ko’rsatish talablariga va professionalizmga javob berishi kerak.

Umumiy qoidalari

Ushbu oliy ta’lim muassasasi (bundan buyon matnda filial deb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, filialning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
“Qoidalar” ishlab chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli filialning asosiy funktsiyasi ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan.

“Qoidalar” filial Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan co‘ng kuchga kiradi va unga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi.

“Qoidalar” filialning ma’muriyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ning filialga oid o‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.
“Qoidalar”ga rioya qilish filial jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir.

Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o‘z zimmasiga olib imzo qo‘yishi shart.

Filial jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’yektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabatlarda “Qoidalar”dagi ko‘rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

Maqsad va vazifalar

“Qoidalar”ning maqsadi filialda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, filialning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.

“Qoidalar”ning asosiy vazifalari:




  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tayyorlash;

  • Filial jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;



  • Yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari:




  • A) Filial hududida:

  • hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish;

  • hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;

  • ustozlar bilan duch kelganda salom berish;

  • o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

  • filial mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

  • kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;

  • mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;

  • maishiy tinchlikka rioya qilish;

  • narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi alohida qayd etiladi.

  • B) auditoriyada:

  • uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

  • dars vaqtida gaplashmaslik;

  • jihozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik;

  • qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

  • ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

  • V) umumiy ovqatlanish joylarida:

  • taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;

  • tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish;

  • ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

  • umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.

  • G) axborot resurs markazida:

  • ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish;

  • kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;

  • baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;

  • qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;

  • kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

  • D) talabalar turar joylarida:

  • mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;

  • elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;

  • sanitariya va gigiyena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;

  • talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’i rioya qilish. Ye) sport majmualarida:

  • sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;

  • sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;

  • mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;

  • sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

  • J) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida:

  • o‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;

  • ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

  • uhlab o‘tirmaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.

  • Shuningdek turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan filial haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

  • doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

  • filial manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.

  • Professor-o‘qituvchi, xodim va talabalar odob-axloqida man etiladigan holatlar

  • Professor-o‘qituvchiga:

  • jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

  • jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘htonlar uyushtirish;

  • talabalar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchilik-larini muhokama qilish;

  • talabalarni asossiz o‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;

  • o‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi o‘tkazish;

  • o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

- o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi
Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi.
O‘quv yili davomida “Qoidalar”ga to‘la rioya qilgan, filialda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari tavsiyasiga binoan filial ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari filialdagi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, Filial yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori to‘g‘risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



  1. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan tajriba-sinov tariqasida oliy ta’lim muassasalarida davlat granti va stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga (davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) stipendiyalar bazaviy miqdorda (400 ming so‘m), shuningdek, “a’lo” o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan talabalarga stipendiyalar bazaviy stipendiya miqdoriga nisbatan qo‘shimcha 15 foiz miqdorda to‘langanligi;
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olish uchun talabalarga ularning o‘z xohishlariga ko‘ra, kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash tartibi joriy etilganligi, bunda stipendiyali to‘lov-kontraktlar tarkibida bazaviy stipendiya miqdorining yillik summasi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yilining birinchi semestrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilgan ishlar natijasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning 2020-yil 1-fevraldan boshlab quyidagilarni joriy qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:

Davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli (o‘qitishning kunduzgi shakli) bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) qat’iy belgilangan miqdordagi bazaviy stipendiya bilan ta’minlash;
O‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan faqat “a’lo” o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalarning stipendiyasini bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilash;
O‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foiz va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlamaslik;
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirish;
Tegishli moliya yilida oliy ta’lim muassasalarida stipendiya to‘lovlari uchun rejalashtirilgan budjet mablag‘lariga nisbatan 10 foiz hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foiz miqdoridagi mablag‘lar hisobiga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish;alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalarni belgilangan stipendiyalarga nisbatan Jamg‘arma hisobiga qo‘shimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirish;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasasida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovini joriy etish.

  1. Quyidagilar:

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

Oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida ta’lim olayotgan “a’lo” (reyting ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) hamda “yaxshi” (reyting ko‘rsatkichi — 71 ball va undan yuqori) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan talabalarga tajriba-sinov tariqasida 2019-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-fevralga qadar haqiqatda to‘langan hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarori asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdorlar orasidagi tafovut tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga 2020-yil uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida qoplanadi;
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun 2020-yil 1-fevraldan boshlab stipendiyalar, istisno tariqasida, talabalarning o‘zlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda 3-ilovaga muvofiq to‘lanadi;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishini inobatga olib, ularga tegishli o‘quv yili uchun kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda to‘lash imkoniyati yaratiladi;
Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoxud investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar, shuningdek, ularning oila a’zolari oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya olishga haqlidirlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlashda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan belgilangan tartiblar saqlab qolinsin.

Bunda, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab nomli davlat stipendiyalarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanishi inobatga olinsin.
Dispanserning tuzilishi, qoida tariqasida, ambulatoriya bo’limi, kasalxona, diagnostika bo’limlari (laboratoriya, davolash xonasi va boshqalar) ni nazarda tutadi. Aholiga tibbiy yordam ko’rsatishni yanada oqilona tashkil etish uchun har biri 2-4 nafar shifokor ishlaydigan kam quvvatli dispanserlarni markaziy markazning ixtisoslashtirilgan bo’limlariga (kabinetlariga) aylantirish kerak. Tuman kasalxonalari va shahar klinikalar
Dispanser(inglizcha to distribute, patronize) — maʼlum profildagi bemorlarga tibbiy-profilaktika yordamini koʻrsatuvchi asosiy ixtisoslashtirilgan muassasa va muayyan hududdagi ayrim kasalliklarga qarshi kurash boʻyicha tashkiliy-uslubiy markaz; u yuridik shaxs huquqiga, muhrga, hisob raqamiga, nizomiga, ichki tartib-qoidalariga ega boʻlgan ZOning mustaqil muassasasi hisoblanadi. Dispanserni nazorat qiladi bosh shifokor, shtatlar xizmat ko’rsatilayotgan aholi soniga, kasallanish darajasiga va epidemiya holatiga bog’liq. Ish hududiy tamoyilga asoslanadi. Dispanserning vazifalari va ularning ixtisoslashtirilgan yordam sifatini oshirishdagi roli: Malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy maslahat va diagnostika yordamini ko’rsatish Bemorlarni klinik ko’rikdan o’tkazishni amalga oshirish va ularni tibbiyot muassasalarida dispanser kuzatuvini tashkil etish Umumiy tibbiy tarmoqning hududiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy boshqarish Bemorlarni ro’yxatga olish, kasallanish, nogironlik, o’limni tahlil qilish, bemorlarni hisobga olish, profilaktika va tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi vazifalari:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimining maqsadi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ – 3775 -son qaroriga muvofiq har bir oliy taʼlim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni oʼqitishni alohida oʼquv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy taʼlim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, institutda iqtidorli talabalarni maqsadli ilmiy faoliyatga jalb qilish va yoʼnaltirish, kafedralar hamda fakulьtetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat: iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish; malakali professor-oʼqituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish; ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish; iqtidorli talabalarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlimning keyingi bosqichlariga tayyorlash ishlariga jalb qilish;iqtidorli talabalar boʼyicha Institut banki va monitoringinishakllantirish; iqtidorli talabalar uchun maxsus oʼquv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish; buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.
Metalsozlik (metallurgik) va mashinasozlik korxonalarida hayotiy faoliyat xavfsizligi
Metalsozlik (metallurgik) va mashinasozlik korxonalarida ishlovchilarning zararli (xavfli) ishlab chiqarish omil(faktor)larning xavfli ta’siridan himoya qilish zarur. Zararli ishlab chiqarish omili (faktori) deb, ma’lum sharoitlarda ishlovchilarga ta’sir etib, ularning kasal bo‘lishiga va ish qobiliyatini pasaytirishga olib keladigan omil (faktor)ga aytiladi.
Zararli ishlab chiqarish omil(faktor)larning ishlovchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini oldini olish maqsadida, mashina va jihozlar bilan ishlashda, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarish binolari va inshootlarida mehnat qilayotganlarida xavfsizlik texnikasining me’yori va qoidalarini hisobga olgan holda eksplutatsiya qilinishi talab qilinadi. Ko‘p hollarda, quyidagilar:
Ishlab chiqarish sexlaridagi himoya moslamasi bilan jihozlanmagan mashinalar va jihozlar bilan ishlash;
Texnologik jarayonlar amalga oshiriladigan yopiq ishlab chiqarish xonalarida mehnat qilish;
Ishlab chiqarish binolaridan tashqaridagi atrof muhit ham inson hayotiy faoliyati uchun xavfli hisoblanadi;
Shu maqsadda, ishlab chiqarish mashina va jihozlaridagi ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar ko‘zda tutiladi:

  1. Mashinalarning konstruktiv sxemalari va ish prinsiplarini tanlash orqali (agar elektr toki urishi xavfi yuqori bo‘lgan hollarda elektryuritmalilar o‘rniga gidro- yoki pnevmoyuritmali mashinalar qo‘llaniladi) amalga oshiriladi.

    • Vibratsiyaning yuqori darajalarida – krivoship-shatunli va kulachokli mexanizmlar o‘rniga bir tekis aylanuvchi detallar bo‘lgan mexanizmli mashinalardan foydalaniladi;

    • Oson alangalanuvchan, portlash xavfi bo‘lgan va ionli moddalar bilan ishlaganda – masofadan turib boshqariladigan mashinalar va boshqalardan foydalaniladi;

  2. Yuqori darajadagi mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ishlarni bajaradigan mashinalarni qo‘llash yo‘li bilan (po‘latlarni uzluksiz quyish qurilmalari, avtomatik yoyli payvandlash qurilmalari, raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklar, bunda inson asosan naladchik (sozlovchi) yoki ta’mirlovchi funksiyani bajaradi; listli shtamplashda ko‘p pozitsiyali press; avtomatlashtirilgan prokat stanlari va boshq.) amalga oshiriladi.

  3. Mashina konstruksiyalarida himoya vositalarini qo‘llash orqali (himoyalovchi, saqlovchi va tormoz qurilmalari; signalizatsiya va avtomatik nazorat vositalari; xavfsizlik belgilari va h.k.)

4.Mashina konstruksiyalarida ekspluatatsiya sharoitlariga mos keluvchi materiallardan foydalanish ( portlash xavfiga ega bo‘lgan muhit hosil qilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarda uchqun hosil qiluvchi materiallardan foydalanmaslik lozim; bosim ostida ishlov beradigan qurilmalarda maxsus xossalarga ega materiallardan foydalanish zarur; yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishda konstruksion oson alangalanuvchan materiallar, masalan, magniy qotishmalaridan foydalanmaslik kerak) lozim.
5.Mashinalarning montaj qilishda, ekspluatatsiyasi jarayonida, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tavsiya qilingan texnika shartlari hujjatlariga xavfsizlik texnikasi talablarini ham qo‘shish hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash uchun muhim o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish xonalarida insonning hayotiy faoliyati uchun normal zaruriy sharoitlarni ta’minlashda normal mehnat sharoitini yaratish muhim ahamiyatga ega, ya’ni ishlab chiqarish omil(faktor)lari (gazlar, ortiqcha issiqlik, bug‘lar, aerozol (juda mayda suyuq va qattiq zarrachalar bo‘lgan havo)ni insonga zararli ta’sirini me’yor talablari darajasigacha tushirish yoki butunlay yo‘qotish lozim bo‘ladi.
Metalsozlik (metallurgik) sexlarining ishlab chiqarish xonalaridagi havoda uglerod oksidlari, azot, xlor, ftor, metall birikmalari, chang va boshqalar bo‘ladi.
Issiq shtamplash texnologiyasi plyonkani maxsus metall issiq shtamplash plitasi bilan isitish va bosish orqali plyonkani substrat yuzasiga o’tkazishni anglatadi; Va sovuq shtamplash texnologiyasi issiq shtamplash plyonkasini substratga o’tkazish uchun ultrabinafsha yog ‘ishlatish usulini nazarda tutadi.
Issiq shtamplash mahsulotlari sifatli, yuqori aniqlikka ega, issiq shtamplashdan keyingi tasvir yuqori sirt porlashi bilan yorqin va silliqdir. Tasvirning chekkasi aniq va ravshan. Bundan tashqari, issiq shtamplash plyonkasi tanlovning keng doirasini taqdim etadi, har xil rangdagi issiq shtamplash plyonkasi, issiq plyonkaning har xil porloq ta’siri va har xil substrat uchun mos bo’lgan issiq shtamplash plyonkasi mavjud.
Issiq shtamplash plyonkasi poliester plyonkasidan (PET) va uning yuzasida kimyoviy qoplamaning ko’p qatlamlaridan iborat. Polyester plyonka odatda 12 mikron qalinlikda bo’ladi, qoplamaning bir qismi dekorativ effektlarni ishlab chiqarish va issiq shtamplash plyonkasining xususiyatlarini boshqarish uchun ishlatiladigan qoplamaning bir qismi, har xil qoplamalar turli substratga taalluqlidir. Alyuminiy qatlamining maqsadi aks etuvchi effekt hosil qilishdir. Alyuminiy qatlam yuqori haroratda eritilgandan so’ng alyuminiy simni sublimatsiya qilishda va ultra past vakuum sharoitida issiq shtamplash plyonkasida quyultirilganda hosil bo’ladi.
Sovuq shtamplash – bu bosib chiqarish texnologiyasining bir turi. Issiq shtamplash effektiga erishish uchun taglik qatlamidan tashqari sovuq shtamplash anodlangan alyuminiyni yopishtirish uchun maxsus yopishtiruvchi (siyoh) ishlatiladi. Bundan tashqari, sovuq shtamplash texnologiyasi qizdirilgan metall plitani ishlatishga hojat yo’q, lekin metall plyonkani o’tkazish uchun bosma yopishtiruvchi vositadan foydalanadi. Sovuq shtamplash texnologiyasi arzon narxlardagi, energiya tejaydigan va yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga ega. Bu kelajakda qayta ishlash bozorining ehtiyojlarini qondiradigan yangi texnologiya.
Sovuq shtamplashning plastinka qilish tezligi tez, tsikli qisqa va issiq shtamplash plitasining ishlab chiqarish xarajatlari kamayishi mumkin va tezlik tezroq va samaradorlik yuqori bo’ladi.
Texnologik jarayon – bu tizim bir biriga bog’liq harakat bo’lib, bajaruvchi tomonidan kerakli natijalar olingungacha bo’lgan jarayondir.
“ Texnologik jarayon “ – bu ishlab chiqarishning bir qismi bo’lib , mehnat ob’ektining holatini o’zgartirish va (yoki) aniqlash uchun maqsadli harakatlarni o’z ichiga olgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi.
Deyarli har qanday texnologik jarayonni murakkabroq jarayonning bir qismi sifatida ko’rib chiqish mumkin va oddiy (elementar) texnologik jarayonlar to’plami.
Texnologik jarayonlar “texnologik (ishchi) operatsiyalar” dan iborat bo’lib, ular o’z navbatida “texnologik o’tishlar” dan iborat.
Elementar texnologik jarayon yoki texnologik operatsiya texnologik jarayonning barcha xossalariga ega boʻlgan eng kichik qismidir. Ularning keyingi parchalanishi. Operatsiya ushbu texnologiya asosidagi usulga xos xususiyatlarning yo’qolishiga olib keladi.Ko’pincha har bir texnologik operatsiya bitta ish joyida bitta xodim tomonidan amalga oshiriladi. Texnologik operatsiyalarga misol sifatida shtrix-kod skaneri yordamida ma’lumotlarni kiritish, hisobotni chop etish , ma’lumotlar bazasiga SQL so’rovini bajarish va boshqalar kiradi
Download 31.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling