Universitetda ta’lim sifatini tahlil qilish va samaradorligini oshirish oyligi
Download 43 Kb.
|
ta\'lim sifati oyligidagi hisobot
“Universitetda ta’lim sifatini tahlil qilish va samaradorligini oshirish oyligi” (20-yanvardan 20-fevralgacha) davomida astrofizika kafedrasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar qisqacha hisoboti Barcha ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslari qat’iyan dars jadvali asosida o’tkazilishga, hamda darslarning sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Barcha fanlar bo’yicha joriy va oraliq nazoratlar qat’iyan grafik asosida o’tkazilgan va natijalar o’qituvchilar jurnaliga qayd etib borildi. I-semestrda yakuniy baholash rejalashtirilgan barcha fanlardan variantlar namunadagidek tayorlanib, konvertga solinib, o’quv-uslubiy boshqarmadan konvertni muhrlatib dekanatlarga topshirildi. Kafedrada barcha o’quv jarayonga tegishli bo’lgan me’yoriy hijjatlar: namunaviy o’uv rejalari va fan dasturlari, ishchi o’quv rejalari va ishchi fan dasturlari tayorlandi. Kafedrada o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha, o’quv va uslubiy adabiyotlar ta’minlanganlik holati tekshirildi. Natijalar axborot resurs markaziga va o’quv-uslubiy boshqarmaga tag’dim etishga tayorlandi. Kafedrada talabalarni zamon talabiga javob beruvchi adabiyotlar bilan ta’minlash fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar yaratishga e’tibor qaratildi. Natijada quyidagi majmualar yaratildi: Umumiy fanlar Umumiy astronomiya Astronomiya tarixi Galaktik astronomiya Ixtisoslik fanlari Yulduzlar fizikasi Quyosh fizikasi Galaktikalar fizikasi Hozirgi paytda yaratilayotgan majmualar Umumiy va amaliy astrofizika Astrometriya va kosmik dasturlar Astrometriya o’qitish uslubiyati Astronomiya va astrofizika asoslari Kafedradagi barcha professor o’qituvchilarning darslari tahlil etildi va mavjud nizom asosida baholandi va quyidagi ballar qo’yildi.
Kafedrada “Yosh astronom” deb ataluvchi ilmiy to’garak tashkil etildi. To’garakni ishchi dasturni tuzib, to’garak a’zolariga ilmiy mavzular berib, ilmiy rahbarlar tayorlandi. Oyiga ikki marotaba to’garak tag’dimotini o’tkazish yiliga qo’yildi. 407 guruh astronomiya yo’nalishidagi talabalarning pedagogik amaliyoti hisoboti universitet vakili ishtirokida kompyuterda tayorlangan tag’dimot yordamida o’tkazilgan va vakili tomonidan yuqori baholandi. Kafedraga ilmiy-metodik seminar yuritilgan bo’lib unda “Gnomon yordamida Quyoshni yuqori kulminatsiyada bo’lgandagi balandligini aniqlash”, “Fizikani o’qitishda zamonaviy pedtexnologiya asoslaridan foydalanish” va u “Ta’lim jarayonida Senergetika asoslaridan foydalanish” mavzulari bo’yicha ma’ruzalar ta’lim sifatini va samaradorligini oshirishda o’z ta’sirini o’tkazadi deb o’ylaymiz. 2-fevral 2012 yilda 2 talabalar turar joyida “kafedra kuni” tadbiri o’tkazildi. Ushbu tadbirda 2 talabalar turar joyiga yashovchi fizika fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda “Talabalarning muomila madaniyati, keyinish madaniyati va “Talabalarning oldida turgan muhim ilmiy muammolar” to’g’risida so’z yuritildi. Bugungi kunda kafedra qoshida “Yosh astronom” deb ataluvchi to’garak faoliyati ko’rsatgani takidlandi, talabalarni ushbu to’garakga faol ishtirok etishga taklif etildi. Kafedra professor-o’qituvchilar hamda magistrlarning ilmiy ishlariga ham katta e’tibor berilmoqda. Prof. Mahmudov B.M. dots. Alimov T va Zohidov U. tomonidan ikkita “Koinot rivojlanishning kosmologik modellari” va “SamDU neytron supermonitorida Quyosh-Yer orasidagi o’zaro bog’lanisgni kosmik nurlar neytron komponentasi fluktuatsiyasi orqali o’rganish” mavzularidagi ilmiy maqolalar yozib nashga tayorlashdi. Kafedra mudiri: dots.Alimov A.A Fakultet dekani: dots.Eshbo’riyev R.M Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling