Glossariy
Atom(yun. atomos— bo‘lininas) —
kimyoviy elementning
barcha xossa-larini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi.
Dastlabki "bo'linmas" nomini olgan bu zarraning ichki tuzi-lishi
anchagina murakkab. A. musbat za-ryadlangan negiz (yadro) va yadro
atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tash-kil topgan. A. markazida
barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro)
joylashgan; atrofida o‘lchovlari (~ 10—8 sm) A. o‘lchovlarini
ifodalay-
digan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. A.
yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. A.dagi elektronlar
soni yadrodagi protonlar soniga teng (A.dagi barcha elektronlar
zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning dav-riy
tizimidagi tartib raqamiga teng .
Astronomiya (ostro... va yunoncha nomos— qonun)—
Koinot
jismlari va ulaming sistemalari paydo boMishini, taraqqiyoti va
tuzilishini, ko‘rinma va haqiqiy harakatlarini,
kimyoviy tarkibi va
fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini
o‘rganuvchi fan. Astronomiya yulduzlar,
sayyoralar va ulaming
yoMdoshlarini,
sayyoralararo
va
yulduzlararo
mayda jismlar
(asteroidlar, kometalar, meteor jismlar va h.k.)ni, gaz va chang tuman
liklarini,
ulardagi fizikaviy muhitni, sun’iy kosmik jismlami
(vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) o'rganadi, shuningdek osmon
jismlarini kuzatish natijalarini insonning
moddiy hayotiy talablariga
qo‘llash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning
koordinatalarini
topish,
sayyoralaming
harakatini,
sunniy
yo'ldoshlami kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar
qonuniyatlarini o‘rganish, kosmik apparatlarni
Koinot jismlariga
nisbatan orientirlash va boshqa qator ishlar shular jumlasiga kiradi.
Din - insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. Din
insonni qurshab olgan atrof muhitdan tashqarida bo‘lgan va
koinotdagi barcha narsalami yaratgan ayni zamonda insonlarga
to‘g‘ri, haqiqiy, odil yo‘lni ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy
borliqqa ishonch, maslak, qarash ta’limotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: