Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy omillar Ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tafakkur, turmush tarsi, shaxslararo, guruhlararo, millat va
2-rasm. Shaxsning kamol topishidagi asosiy omillar Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog'liqligiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda Ijtimoiy omillar Ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tafakkur, turmush tarsi, shaxslararo, guruhlararo, millat va halqaro munosabatlarning muvofiqligi Biologic omillar Genlar, irsiy, anatomic, fiziologik, ruhiy tashkiliy jihatlar orqali o’tadigan birliklar Ruhiy omillar Inson psixikasidagi hissiy, aqliy faoliyat sohalaridagi o’zgarishlar 51 emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. (1920 yilda hindistonlik doktor Singx Midnapur shahri yaqinidagi bo'ri uyasidan topib olgan qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo'ladi) 18 . Yoki Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qaxramon- Robinzon yashagan orol sohillariga uning xaloskor kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga 19 uchragan bo‘lardi. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o'rni mo'him bo'lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug'bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste'dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta'lim -tarbiya mo'him o‘rin egallaydi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida muhitning o'rni muhimligi ko'rsatiladi. Ta'lim - tarbiya insonning shakllanishida etakchi o‘rin egallaydi.Ta'lim - tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta'sirini o'qish, ¸zizish, mehnat qilish, musiqa bastalash va boshqa malaka va ko'nikmalar egallanishi evaziga o‘zgartirish, xatto tug'ma kamchiliklar(karlik, zaif ko‘rish, soqovlik)ni bartaraf etish mumkin. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda qobiliyatli, iste'dodli va iqtidorli bolalarga aloqida e'tibor berila boshlandi, ularning iqtidori yoshligidan aniqlanib rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda “Nihol”, Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va Prezident stipendiyalarining ta'sis etilganligi ham yoshlarga berilayotgan e'tiborning timsolidir. Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy meros – ularning asarlarida komil insonni ma'naviy rivojlantirish g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “Avesto”, Qur'oni Karim, Sharq mutafakkirlarining noyob asarlaridagi komil inson g‘oyasi, Sharqona axloq kodeksi va bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasi 18 Pedagogika. O'quv qo‘llanma // A.Munavvarov tahririda.- Toshkent: "O'qituvchi", 2006.- 29- bet. 19 Degradatsiya – shaxsning rivojlanishida tubanlik holati, ya'ni insonning shaxs sifatida tanazzulga uchrashi (muallif) 52 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o'lmas g'oyalar keltirilgan. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'lar ekan, uning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, insonlar va jamiyatga bo'lgan munosabati, faollik darajasi, axloq-odob borasidagi etukligi turlicha bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga amal qiladi va voyaga yetadi. Pedagogikada shaxsning kamolotga etishishi murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida qaraladi. Shaxsning kamolotga erishishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim -tarbiya va albatta o‘zining mustaqil faoliyati, iroda safarbarligi mo'him ahamiyat kasb etadi. Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Inson organizmidagi anatomik tuzilish, fiziologik harakat, asab tipi, asosiy shartsiz reflekslarni ota-onasidan meros qilib oladi. Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida odam shaxsi va xulqi rivojlanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi bixeviorizm, progmatizm, biogenetik oqimlar mavjud bo'lib, ularning ayrim vakillari (E.Torndayk ) odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi, degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o'tadi,- degan g‘oyani ma'qullaydilar. Ba'zi olimlar shaxsning axloqiy jihatdan o'sishini ham irsiyatga bog'laydi.Shunday qilib, irsiylik shaxsning o‘ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali o‘tadigan birliklardir. Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta, irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos amiyat kasb etadi. 53 Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi zarurdir. Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling