Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks
ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. Ijtimoiylashuvning a’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv mexanizmlari mavjud 69 Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma'naviy-axloqiy me'yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqyega ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me'yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me'yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish. MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. «Individ» tushunchasi nimani ifoda etadi? 2. Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil etadi? 3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering. 4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta'sir ko‘rsatadi? 5. Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang. 6. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering. 7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi? 8. Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling