Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari. Zamonaviy pedagogika nazariyasida nimani o'rganish va o'rgatish, kimni va qanday tarbiyalash lozim, degan masalalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasdan, o'zaro uzviy bog'liqlikda yechimini kutmoqda. Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o'rganadi. Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan pedagogika fani ta'lim-tarbiya masalalariga aloqador jarayonlarning mohiyatini 22 N.Saidahmedov. Zamonaviylik, metodologiya, pedagogika.//UZLUKSIZ TALIM, 2004 yil 2-son, 17-26-betlar. 82 yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus metodlar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb yuritiladi. Zamonaviy fanning ilmiy -tadqiqot metodlari yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning aniq jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini bilish yo'llari, usullari va vositalarini o‘rganadi. Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot metodlari qanchalik to'gri tanlansa ta'lim - tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Fanning salohiyati va nufuzi avvalambor mazkur metodlar yordamida to'plangan ma'lumotlarning ob'ektivligi va ishonchliligiga bog'liq bo'ladi. Metod (lotincha «metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta'lim - tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. Pedagogika fanining ilmiy- tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri qo‘llansa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Suhbat metodi. 3. Anketa metodi. 4. Intervyu metodi. 5. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi. 83 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematikaviy statistika metodi. 11. Bashorat (prognoz) Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling