Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba-sinov metodi
Bolalar ijodini o'rganish. Bolalar ijodini o'rganish ko‘p qirrali
jarayondir. Bunda ta'lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Ularrning turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she'r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (san'at, musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda, g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta'lim va tarbiya muassasalarida iste'dodli, iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan olimpiadalari, mavzular bo'yicha ko‘rgazmalar, qushiq va raqs tanlovlari, maktablar bo'yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Tajriba-sinov metodi – tajriba- («eksperiment» so'zi lotincha «sinab ko'rish», «tajriba quyish» ma'nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta'lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini 88 tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tajriba –sinov metodi sharoitga qarab 3 xilda o'tkaziladi: 1. Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling