Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
to‘qqizinchidan, xalq ta'limi muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, «ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; o‘ninchidan, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari tomonidan davlat ta'lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish; o‘n birinchidan, ta'lim muassasalarida byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya etishni ta'minlash; o‘n ikkinchidan, ta'lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish. 106 Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab- internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilari ta'lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart- sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24- oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. 107 O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo‘yildi: o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayonining metodik ta'minotini takomillashtirib borish; kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim berish sifatini ta'minlash; o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash; mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash. Akademik litsey – o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Akademik litseyda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling