Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Talim usuli
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Hozirgi vaqtda ta'limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan? 2. Ta'limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering. 3. Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? 4. Ma'ruza-seminar tizimining o‘ziga xosligini izohlang. 5. Dars deb nimaga aytiladi? 6. Darsning qanday turlari mavjud? 7. Darsga qo‘yiladigan talablarni tushuntirib bering. 8. O‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rishi qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi? 9. Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi? ADABIYOTLAR: 1. Selevko G. K. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii.- M., Narodnoe obrazovanie, 1998g. 2. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. -Toshkent: Turon- Iqbol, 2006. -592 b. 3. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya . -M., «Logos»,2012.132-186 betlar. 4. Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, -Toshkent: O‘qituvchi, 2006.-296 bet. 10-§. TA'LIM METODLARI VA VOSITALARI REJA: 1. Metod, usul, texnologiya va metodika haqida tushuncha 2. Ta'lim metodlari tasnifi 196 3. Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni Tayanch tushunchalar: metod, ta'lim metodi, ta'lim usuli, qoida, interfaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta'limning texnik vositalari. Metod, usul va texnologiya. Ta'lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta'riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta'lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta'rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma'noda – maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta'lim usuli – ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling