Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
-.-
“Pedagogika fani metodologiyasi -pedagogik nazariya asoslari va
tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishning yondashuvlarini, pedagogik voqyelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, bu bilimlar tizimini qo‘lga kiritish bo‘yicha faoliyat tizimini mujassamlashtiradi” 12 ,-deydi G. I. Saransev. Demak, bunda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta'minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlarini, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish tamoyillarini, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi – metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadigik muammolarning umumnazariy savollar yechimiga qaratiladi 11 N.Saidahmedov. Pedagogika fani metodologiyasi xususida. // Xalq ta’limi, 2000 yil 1-soni, 34-37-betlar. 12 G.I. Saransev. Metod obucheniya kak kategoriya metodiki prepodovaniya// Pedagogika, 2008 g., №1, s. 28-34. 29 O‘zbek olimi, faylasuf S. Shermuhamedov fikricha: “metodologiya – (yunoncha-metodlar haqida ta'limot) ijodiy jarayon sifatida ilmiy bilish yo‘llari va vositalarining, ilmiy tadqiqot qonuniyatlarining, ularni taqqoslash va tizimlashtirish zamirida yuzaga kelgan 13 ”.. Demak, metodologiya ilmiy bilish faoliyatining mohiyatini, yo‘llari va vositalarining nazariy muammolarini, shuningdek, ijtimoiy jarayon sifatida ilmiy tadqiqot qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq fanlar metodologiyasi umumiy metodologiyaga tayangan holda: -birinchidan, uning talablarini muayyan fan ob'ekti tashkil etadigan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tatbiq etadi; -ikkinchidan, o‘zida bilishning aniq ilmiy metodlari haqidagi nazariyani o‘rganilatyogan hodisa va jarayon qonuniyatlarining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda mujassamlashtiradi. Bu boradagi karashlar, nazariyalar va adabiyotlar taxlili, yondashuvlarga tayangan xolda pedagogika fani metodologiyasini quyidagicha ta'riflashga imkon beradi: Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling