Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Download 2.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/214
Sana19.10.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1709590
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214
Bog'liq
-.-

shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy 
bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush 
o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi. 
Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. 
Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy 
bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha 
daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday 
qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira 
bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon 
urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, 
xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib, 
mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi 
ekanligini namoyon qilgan ekan. 
Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini 
namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z 
ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas. 
Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida 
rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun 
ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay 
olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara 
haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi. 
Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, 
hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan 
xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum 
tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘li 


54 
stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan 
yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga 
sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi. 
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, 
insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir. 
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas 
bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»
20
. Bola aynan turli 
faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil 
oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda 
boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan 
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi 
olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik 
shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri 
doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga
qaratilgan faoliyatdir. 
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik 
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday 
harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining 
rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi: 
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit 
siymo (obraz) shakllanadi; 
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi; 
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya 
vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda 
saqlashni taqozo etadi. 
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz 
bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada interiorizaiya deb 
20
1 Karimova V. Psixologiya.-Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2010.-97-bet. 


55 
nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarga 
yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ksteriorizaiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. 
Ayrim xatti- harakatlar boshida har bir harakatni jiddiy ravishda, alohida-alohida 
bajarishini va bunga butun diqqat-e'tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin 
vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning mo'him 
o'rnini alohda qayd etib, uning turlarini bir necha bosqichlarga ajratadi va amalga 
oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagi g'oyani 
ilgari suradi. Bugungi kunda zamonaviy pedagogikada insonni intellektual va 
ma'naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash masalalari ustida tinimsiz izlanishlar 
olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar samarasi har tomonlama barkamol shaxsni 
shakllantirishga mo‘ljallangan strategiyalardan iborat bo‘lib, shaxsning eng asosiy 
huquqlaridan biri - bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, aqliy jihatdan
rivojlanish, yoqtirgan kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqini ro'yobga chiqarishga 
mo‘ljallangan.
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga Davlat tomonidan
ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko'rish kafolotlanadi. Ta'lim jarayonida 
shaxs Davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. Ta'lim 
xizmatlarining amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada malaka 
darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta'lim jarayonida yosh avlodga o'rgatish, 
moddiy ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat va maishiy xizmat sohalarida faoliyat 
ko'rsatish bilan shug'ullanadi. 
Har bir odam faqat ta'lim, ijtimoiy tarbiya va ma`naviy kamolot, kasb-hunar
o'rganish tizimi vositasidagina shaxs bo'lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi- uning jamiyat uchun foydali 
funkiyalarni bajarishi, o'z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy anglab, boshqalar 
bilan teng, mustaqill munosabatlarga kirishuvi yuz beradi. 


56 
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o'rni va roli, huquq va majburiyatlari
qonuniy himoyaga olingan va tegishli hujjatlarda batartib bayon etilgan.
Pedagogikadagi eng asosiy kategoriyalardan yana biri – tarbiyadir.
Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi 

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling